Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
8 kapitalni boshqarish

korporativ obligatsiyalar
— aksiyadorlik jamiyatlari va har qanday tashkiliy-
huquqiy shakldagi tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar 
hisoblanadi. Mamlakatimizda korporativ obligatsiyalarni faqat tijorat banklari, 
shuningdek auditorlik tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining 
obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida; 
oxirgi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va 
likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy 
koʻrsatkichlariga ega boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
mustaqil reyting bahosini olgan boʻlsa; investorlarga tegishli mablagʻlarning 
emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat 
banklari ishtirokida ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ham muomalaga chiqarishlari 
mumkin.


151 
Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga aksiyadorlik jamiyatini va boshqa 
tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini boshqarishda ishtirok etish 
huquqini bermaydi. 
Oʻzbekistonda korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish keng miqyosda 
qoʻllanilmaydi. Qimmatli qogʻozlar bozori yuqori darajada rivojlangan AQShda 
korporativ obligatsiyalar bozorining jami kapitallashuvi 3,5 trln dollarni tashkil etadi. 
“Korporativ obligatsiyalar korporativ tuzilmalar tomonidan emissiya qilinadi. 
Xazina majburiyatlaridan farqli korporativ obligatsiyalarda risk yuzaga chiqish 
ehtimoli mavjud. Agar emitent moliyaviy holati muammoli bo‘lsa, belgilangan foiz 
va asosiy qarzni to‘lash imkoniyati shubha ostida qoladi va obligatsiya egalari 
yo‘qotishlarga duch kelishi mumkin
31
”. 
Umumiy holda korporativ obligatsiyalarning quyidagi afzalliklarini alohida 
keltirish mumkin: 
- xalqaro amaliyotda keng doirada qoʻllaniladigan qarz amal qilish muddati 
uzaytirilishi mumkinligi; 
- ochiq kredit tarixi shakllantiriladi, bu oʻz navbatida kelgusida jalb qilinishi 
mumkin boʻlgan qarz mablagʻlarining bahosini pasaytirish va ularni jalb qilish 
muddatini uzaytirish, shuningdek xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatini 
beradi; 
- kreditorlar (investorlar) sonini oshirish hisobiga qarz olish manbalarini 
diversifikatsiyalash va bitta kreditorga bogʻliqlikning oldi olinishi imkonini beradi; 
- ikkilamchi bozorda operatsiyalar oʻtkazish hisobiga qarz tarkibini operativ 
boshqarish; 
- korxona aksiyalarini ochiq joylashtirish uchun sharoit yaratish va boshqalar. 
Lekin alohida ta’kidlash kerakki, obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va 
joylashtirish bank krediti olishga qaraganda yuqoriroq miqdorda xarajat talab qiladi. 
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirish amaliyotiga koʻra obligatsiyalarni 
muomalaga chiqarish va joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish jarayoni bir necha 
bosqichlarni amalga oshirishni talab etadi. Bunda obligatsiyalarni muomalaga 
chiqarish boʻyicha moliyaviy konsultant (tashkilotchi) tanloviga aniqlik kiritilishi, 
moliyaviy konsultant tomonidan korxonaning talabidan kelib chiqqan holda 
obligatsiyalarning asosiy parametrlari va uning tarkibiy tuzilmasi, obligatsiyalarga 
talab boʻyicha bozorning real qobiliyati, shuningdek potensial investorlarni topish 
boʻyicha masalalarga e’tibor qaratiladi. 
Mamlakatimizda korporativ obligatsiyalar orqali moliyaviy ta’minot holatini 
tahlil qilish maqsadida korporativ obligatsiyalar bozorini tahlil qilib chiqamiz. Bunda 
oxirgi ikki moliya yili (2015 va 2016 yillar) davomida korporativ obligatsiyalar 
emissiyasi kuzatilmaganligi bois 2007-2014 yillar bo’yicha tahlil qilamiz (5-rasm). 
31
Brigham, Houston/Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th edition/2015-219 p. 


152 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə