Obligatsiyalar va aksiyalar bozori



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34



OBLIGATSIYALAR VA AKSIYALAR BOZORI
Reja:
1. 
Obligatsiyalar moliya bozorining muhim instrumenti
2. 
Obligatsiyalar emitentlari. Obligatsiyalar tasnifi.
3. 
Davlat obligatsiyalari. Munitsipal obligatsiyalar. Korporativ obligatsiyalar va ularni
muomalaga chiqarish shartlari.
4. 
Aksiyalar va ularning qo‘llanish xususiyatlari. Aksiyalar bozorini o‘ziga xos
xususiyatlari
Tayanch so‘z va iboralar

Obligatsiya, xorijiy obligatsiyalar, kupon stavkasi, diskont, korporativ
obligatsiyalar, obligatsiyalar reytingi, obligatsiyalar qiymati, obligatsiyalar dyuratsiyasi.
1 – savol bayoni:
Qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarning kengroq
tarqalgan turi obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari
berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatini ularda
ko‘rsatilgan muddatda, belgilangan foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi
qimmatli qog‘ozdir.
Obligatsiya
– lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “majburiyat” degan ma’noni bildiradi.
Obligatsiya chiqargan tashkilot (emitent) qarzdor rolida qatnashadi. Aksiya va
obligatsiyalarni investitsiya qimmatli qog‘ozlari deb atashadi. Obligatsiyalar aksiyalardan
farq qiladi. Bular quyidagilar: Aksiyani sotib olgan aksiyador, korxona mulkining bir
qismiga egalik qilish huquqiga ega bo‘lsa, obligatsiya sotib olgan sarmoyador buday
huquqga ega bo‘la olmaydi, u faqat kredit beruvchi sifatida qatnashadi. Bundan tashqari,
obligatsiya faqat unda ko‘rsatilgan muddatda amal qiladi va shu muddatda daromad (foiz)
keltiradi.
Obligatsiya odatda o‘z egasiga oldindan belgilangan foiz keltiradi. Aksiyadorlik
jamiyati obligatsiyasi uning egasiga mazkur jamiyatining umumiy yig‘ilishida ovoz berish
huquqini bermaydi, lekin obligatsiyalarning nisbatan ustunligi ham bor. Obligatsiyalarni
sotib olish aksiyalarni sotib olishga nisbatan kamroq xatarli ish hisoblanadi. Chunki,
kompaniya (emitent) qashshoqlikka uchragan holda obligatsiya egasi kreditor sifatida
nafaqat oddiy aksiyalar, balki imtiyozli aksiyalarning egalaridan ham oldin qarzlarini olish
huquqiga egadir.
Obligatsiyalarni chiqarishdan maqsad ham davlat ichki qarzini pul emissiyasi
hisobiga emas, balki bozor munosabalariga tayangan vositalar yordamida, ya’ni qimmatli
qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan qoplashni ko‘zda tutadi. Bu esa pul qadrsizlanishi darajasini
pasaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, korxonalar vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larini
muomalaga kiritish evaziga qo‘shimcha daromad oladi. Markaziy bank obligatsiyalar
yordamida pul-kredit siyosatini o‘tkazishda ham foydalaniladi. Markaziy bank ikkilamchi
bozorda obligatsiyalarni xarid qilish yoki sotish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshira
turib, muomalada bo‘lgan pul muassasasi hajmini tartibga solib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi
qonuniga ko‘ra obligatsiyalarning quyidagi turlari chiqarilishi mumkin:
- respublika ichki zayomlarining, mahalliy zayomlarning obligatsiyalari;
- korxonaning obligatsiyalari.
Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli va foizsiz (maqsadli), erkin muomalada
yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin. Maqsadli
obligatsiyalarning rekviziti obligatsiyalar qaysi mollar (xizmatlar) uchun chiqarilgan bo‘lsa,
shu mollarni (xizmatlarni) aks ettirishi shart. Respublika ichki zayomlarining va mahalliy
zayomlarning obligatsiyalar taqdim etuvchiga tegishli qilib chiqariladi. Bu zayomlar
obligatsiyalarini chiqarish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va
davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan qabul qilinadi. Qarorda emitent,
obligatsiyani chiqarish shartlari va ularni tarqatish tartibi belgilab qo‘yilishi lozim.
Korxonalarning obligatsiyalari mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalar
tomonidan chiqarilishi mumkin. Obligatsiyalar o‘z egalariga korxona boshqaruvida
qatnashish huquqini bermaydi. Korxona va aksiyadorlik jamiyatlarining obligatsiyalarini
chiqarish to‘g‘risidagi qarori tegishli ma’muriyat va ijroiya organi (boshqaruvi) tomonidan
qabul qilinadi hamda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Korxonaning obligatsiyalari
emitentlarning Ustav fondini shakllantirish va to‘ldirish uchun, shuningdek, ularnng
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq zararlarini qoplash uchun chiqarish yo‘l qo‘yilmaydi.


Aksiyadorlik jamiyatlari chiqarilgan barcha aksiyalar haqi to‘liq to‘langandan keyingina
Ustav fondi miqdorining 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan summada obligatsiyalar
chiqarishlariga ruxsat beriladi.
Mulkchilikning boshqa shakllariga mansub korxonalarda obligatsiyalar chiqarish
summasi, miqdori amaldagi qonunlar asosida belgilanishi mumkin. Xalqaro miqyosda,
obligatsiyalar muayyan bir muddatga chiqarilishi mumkin ya’ni:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə