Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Korporativ obligatsiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Korporativ obligatsiyalar
– aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkiliy-huquqiy
shaklda tashkil etilgan tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar,
obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy
ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda
olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini
yohud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi.
(O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunning 3-
moddasi).
Korporativ obligatsiyalar chiqarish shartlari
:
1. Obligatsiyalar chiqarishga nizom kapitali to‘liq to‘langanidan keyingina ruxsat
etiladi.
2. Barcha obligatsiyalar nominal qiymati nizom kapitali miqdoridan yoki uchinchi
shaxslar tomonidan taqdim etilgan ta’minot hajmidan katta bo‘lmasligi lozim.
3. Ta’minotsiz obligatsiyalar chiqarishga ikkita yillik balans tegishlicha
rasmiylashtirilgan va foyda bilan ishlash shartida jamiyat kamida uch yil faoliyat ko‘rsatgan
hollardagina ruxsat etiladi.
4. Agar e’lon qilingan aksiyalar soni ularga obligatsiyalar taqdim etadigan huquqdagi
aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, jamiyat obligatsiyalar joylashtirishga haqli emas.
Boshqa har qanday qimmatli qog‘ozlar kabi, obligatsiyalar xarid qilishda investor
eng avvalo, emitentning ishonchlilik darajasini aniqlab olishi zarur. U rozi bo‘ladigan
obligatsiya daromadliligi va narxi shunga bog‘liq bo‘ladi.
Aksiyalarga nisbatan korporativ obligatsiyalarga investitsiyalar kiritish ancha
ishonchlidir, chunki obligatsiyalarning narxi aksiyalarning narxidek tez o‘zgaruvchan
hisoblanmaydi. Korporativ obligatsiyalarga kiritilgan investitsiyalarning yuqori ishonchligi
ularning investorlar tomonidan keng tanlanishiga olib kelmoqda, chunki obligatsiyalar
aylanmasi dunyoning eng yirik fond bozorlari aylanmasining 2/3 qismini tashkil etadi. Shu
sababli korporativ obligatsiyalar butun dunyoda korxonalarni uzoq muddat davomida
moliyalashtirishning ishonchli vositalaridan biri deb tan olingan.
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ obligatsiyalar qanday tartibda chiqariladi?
Korporativ obligatsiyalar chiqarish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Qimmatli
qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunlar hamda Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 30
avgustda 2000-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va
emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalariga
asosan tartibga solinadi. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan korporativ obligatsiyalarni
chiqarish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra, shuningdek, agar jamiyat
ustaviga yoki aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga muvofiq jamiyat kuzatuv
kengashiga bunday qaror qabul qilish huquqi tegishli bo‘lsa, jamiyat kuzatuv kengashining
qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 30-modda).

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə