Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Korporativ obligatsiyalar qanday shartlarga rioya etilgan holda chiqariladi?



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Korporativ obligatsiyalar qanday shartlarga rioya etilgan holda chiqariladi?
Birinchidan, emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul
qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori
doirasida.
Ikkinchidan, keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy
barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil
reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan.
Uchinchidan, investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi
bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
(“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasi).
Korporativ obligatsiyalarni xarid qilgan investor qanday foyda va qulayliklarga ega
bo‘ladi?
Har bir obligatsiya uning egasiga ma’lum bir muddat o‘tgandan so‘ng foiz
ko‘rinishida daromad olishga, obligatsiyalarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng
uning egasiga obligatsiyalarga kiritilgan barcha mablag‘larning so‘zsiz qaytarilishiga,
ikkilamchi bozorda obligatsiyani xohlagan paytida sotishi mumkinligi, shuningdek,
amaldagi qonunchilikka muvofiq korxona tugatilganda obligatsiya bo‘yicha bajarilmagan


majburiyatlar qismi doirasida korxona aktivlarining ma’lum bir qismini olish kabi
huquqlarini beradi.
O‘zbekiston 2019 yilning birinchi yoki ikkinchi choragida o‘z tarixida ilk bor
yevroobligatsiyalarni chiqaradi 500 mln. dollarlik yevroobligatsiyalar 5

10 yil muddatga
chiqariladi.
Yevroobligatsiya – emitent xorijiy valyutadagi uzoq muddatli qimmatli qog‘oz.
Yevrobondlar uzoq muddatga – 1 yildan 40 yilgacha muddatda pul mablag‘larini olishdan
manfaatdor bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, yirik korporatsiyalar tomonidan
chiqariladi. Muayyan muddatdan keyin qayta sotib olinishi kerak. Nomida «evro» so‘zi
qo‘shilgan bo‘lsa ham (bunday qimmatli qog‘ozlar ilk bor Yevropada paydo bo‘lgan),
bugungi kunda ular turli bozorlarda turli valyutalarda chiqariladi.
O‘zbekistonda yevrobondlarning joylashtirilishi bozordagi vaziyatga bog‘liq ekanligi
qayd etilgan. U AQSh Federal zahira tizimi bo‘yicha bazaviy foiz stavkasini 0,25 foiz
punkti miqdorida oshirib, yillik 2,25 dan 2,5 foizga yetkazganiga e’tibor qaratdi. Amerika
fond bozorlari asosiy indekslarning kamaytirilishiga munosabat bildirdi.
Ta’minlangan obligatsiyalar (debetures) ularni chiqarayotgan korporatsiyaning to‘liq
majburiyati ostida bo‘ladi va ta’minlanmagan kreditni ifodalaydi. Bunday obligatsiya
egalarini himoya qilish maqsadida obligatsion kelishuv odatda ham ta’minlangan ham
ta’minlanmagan qarz qog‘ozlarining kelajakdagi emissiyasi cheklovlarini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə