Obligatsiyalar va aksiyalar bozori



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

X1X2X3X4X5X6X7X8X9
Bunda:
X1
- qimmatli qog‘ozning turini ko‘rsatuvchi raqam, ayni vaqtda 
«2»
- qarz majburiyati;
X2
- qimmatli qog‘ozning xilini ko‘rsatuvchi raqam,
«1»
- uch oylik obligatsiyalar uchun;
«2»
- olti oylik obligatsiyalar uchun;
«3»
- o‘n ikki oylik obligatsiyalar uchun;
X3X4X5
– emissiyaning ro‘yxat raqami;
X6X7X8
– emitentning ko‘rsatuvchi (O‘zbekiston Moliya vazirligi)
X9
- qimmatli qog‘ozning davlatga tegishliligini ko‘rsatuvchi «S» xarfi.
Masalan: 1996 yil 28 martda chiqarilgan uch oylik obligatsiyalar emissiyasiga
21OOIUMF raqami berilgan edi.
Obligatsiyalarining chiqarilishining asosiy shartlari emissiya kunidan 7 kun avval
Markaziy bank tomonidan e’lon qilinadi. O‘zbekiston Respublikasidagi barcha yuridik
shaxslar DQMO obligatsiyalarining egasi bo‘lishi mumkin. Hozircha DQMO
Respublikamizda jismoniy shaxslar shaxslar o‘rtasida sotilmaydi. Yaqin kelajakda DQMO
bozoriga jismoniy shaxslarni ham ishtirokiga yo‘l qo‘yilsa, bu qimmatli qog‘ozlar bozorida
raqobatning kuchayishiga olib keladi.
2 – savol bayoni:
Har bir aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy – xo‘jalik faoliyatida
ertami-kechmi aylanma mablag‘larni to‘ldirish, yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish,
qo‘shimcha ish joylarini yaratish va boshqa shu kabi maqsadlar uchun yetarli pul rusurslari
mavjud emasligi sababli uning imkoniyatlari cheklanganligi seziladi. Ayrim aksiyadorlik
jamiyatlari ushbu muammoni bank kreditlari orqali hal qilishga harakat qiladi. Biroq ushbu
kreditni, narxi olingan kredit summasidan yuqori bo‘lgan mulk garovi evaziga olishga
to‘g‘ri keladi. Shuningdek, bank kredit stavkalari yuqori hisoblanadi.
Ushbu muammoni yechishning aksiyadorlik jamiyatlari uchun boshqa samarali
usullari ham mavjud bo‘lib, bular, qo‘shimcha aksiyalar va obligatsiyalar chiqarishdan
iborat. Biroq, ushbu qo‘shimcha aksiyalarni jamiyatning raqobatchisi olib ushbu jamiyat
ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishi mumkin. Shu sababli hozirgi kunda aksiyadorlik
jamiyatlari uchun qulay hisoblangan qarz tizimi, ya’ni korporativ obligatsiyalar chiqarishga
katta e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumki, obligatsiyalar mamlakat iqtisodiyotining real sektorida investitsiyalar jalb
etishning ishonchli va ta’sirchan yo‘llaridan biri sanaladi. Shu bois ham mamlakatimizda
korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirishga katta e’tibor karatilmoqda. Obligatsiyalar
kiritilgan sarmoyalardan foizli daromad olishning ishonchli vositasi bo‘lib, emitent
(aksiyadorlik jamiyati) uchun investitsiyalarni jalb etishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri manbai
hisoblanadi va o‘z navbatida jamiyatning mulkchilik munosabatlariga o‘z ta’sirini
o‘tkazmaydi.
Obligatsiyalar aksiyalarga qaraganda kam, biroq kafolatlangan daromad keltirib, fond
bozorida mablag‘ joylashtirilishining ishonchli garovi ham deyiladi. Obligatsiyalar
aksiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari va boshqa shakldagi xo‘jalik jamiyatlari
tomonidan chiqarilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan


obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar deb ataladi.
Shu o‘rinda korporativ obligatsiyalar o‘zi nima va ushbu obligatsiyalarga
mablag‘larni kiritish afzalliklari nimadan iborat, degan tabiiy savol tug‘iladi?

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə