Obligatsiyalar va aksiyalar bozori



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Dyuratsiya
(ingl. duration – davomlilik, davom etish vaqti, muddat) – bu
diskontlangan summa bo‘yicha o‘lchab ko‘rilgan to‘lovlar oqimi o‘rtacha o‘lchangan
muddatidir. Boshqacha qilib aytganda, bu diskontlangan to‘lovlar muddatlari muvozanat
nuqtasi. Dyuratsiya obligatsiyalarning eng muhim tahliliy tavsifnomasi hisoblanadi.
Dyuratsiya tushunchasining o‘zi amerikalik F.Makoli va (undan mustaqil ravishda) ingliz
J.Xiks tomonidan kiritilgan. Ko‘pincha adabiyotlarda «Makoli (Makoley) dyuratsiyasi» deb
yoziladi.
Bu borada amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, loyhalar shu kabi ma’lumotlar bilan
taqqoslanib o‘rganiladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi. Biznes faoliyatida korxona
kapitali qiymati tushunchasi va uning ko‘rsatkichini hisob-kitob qilish murakkab tasnif
kasb etadi. Unda ko‘plab formulalar va hisob ishlarini amalga oshirish zarur. Shuning
uchun ham, korxona kapitali qiymati tushunchasi va uning ko‘rsatkichini barcha jihatlarini
mukammal tarzda bir maqolada yoritib berish imkoniyati mavjud emas.
Ma’lumki, 2020 yil yanvar oyidan boshlab Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga
chiqarila boshlandi. Xususan, o‘tgan vaqt mobaynida qariyb 1,4 trln. so‘mlik obligatsiyalar
chiqarilib, tijorat banklariga joylashtirildi.
Markaziy bank obligatsiyalari – pul-kredit siyosati instrumenti bo‘lib, foiz


stavkalarini tartibga solish va tijorat banklarida mavjud ortiqcha likvidlilikni nisbatan
uzoqroq muddatga jalb etish maqsadida chiqariladi.
Xalqaro amaliyotda markaziy banklar tomonidan obligatsiyalar joylashtirish keng
tarqalgan.
Hukumat va korporativ qimmatli qog‘ozlardan farqli ravishda Markaziy bank
obligatsiyalarining asosiy maqsadi qarz majburiyatlarini jalb qilish emas, balki bank tizimi
likvidliligini boshqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Obligatsiyalar qisqa muddatli
bank likvidliligini jalb qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 yilgacha bo‘lgan
muddatga chiqariladi.
Bunda, tijorat banklari likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan normativlarni bajarish uchun,
shu jumladan, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan va boshqa likvid instrumentlar
yetishmagan holatda, ma’lum miqdordagi mablag‘larni bank kassasida yoki Markaziy
bankdagi vakillik hisobvarag‘ida saqlab keladi.
Biroq, mazkur mablag‘lar hech qanday daromad olib kelmaydi. Markaziy bank
obligatsiyalarining muomalaga chiqarilishi esa tijorat banklari uchun yuqori likvidli aktivga
ega bo‘lish bilan bir qatorda, ma’lum miqdorda daromad olish imkoniyatini beradi.
Markaziy bank obligatsiyalari tijorat banklari uchun yetarlicha jozibador instrument
hisoblanadi, chunki mazkur obligatsiyalar xatarlarsiz ma’lum miqdordagi kafolatlangan
daromad olish imkonini beradi. Obligatsiyalar, yuqori likvidlik bozor instrumenti yoki
garov ta’minoti bo‘lganligi uchun, tijorat banklarining kreditlash imkoniyatlarini
cheklamaydi.
Obligatsiyalarni joylashtirish erkin bozor sharoitida auksion o‘tkazish orqali amalga
oshiriladi. Tijorat banklari sotib olish zaruriyati va hajmi to‘g‘risidagi qarorlarini mustaqil
qabul qiladilar.
Agar tijorat banklarida qo‘shimcha likvidlilikka bo‘lgan talab obligatsiyani so‘ndirish
muddatidan oldin yuzaga kelsa, ushbu obligatsiyalardan garov sifatida foydalanib Markaziy
bankdan yoki boshqa tijorat banklaridan kredit olishi mumkin. Bundan tashqari, istalgan
paytda banklar ushbu obligatsiyalarni ikkilamchi bozorda yoki Markaziy bankning o‘ziga
qayta sotishlari mumkin.
Umuman olganda, Markaziy bank obligatsiyalari quyidagi asosiy maqsad va
vazifalarni uchun xizmat qiladi:
birinchidan, pul bozori foiz stavkalarini boshqarishga va ularning Markaziy bank
asosiy stavkasiga yaqin darajada shakllanishiga xizmat qiladi;
ikkinchidan, tijorat banklari uchun belgilangan normativlar doirasida likvidlilikni
samarali boshqarish hamda bir vaqtning o‘zida daromad olish imkonini beradi va bu
bankning kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalarini tushirishga imkon beradi;
uchinchidan, moliya bozorining rivojlanishi va “daromadlilik egri chizig‘i”ning
shakllanishi uchun zarur bo‘lgan, foiz stavkalarni belgilash bo‘yicha asos (benchmark)
bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun: “daromadlilik egri chizig‘i” moliyaviy instrumentlarning
(masalan, obligatsiyalarning) muomala muddatiga bog‘liq foiz stavkalaridagi
o‘zgaruvchanlikni ko‘rsatadi. Odatda, obligatsiyalarning muomala muddati qanchalik
uzoq bo‘lsa, uning daromadligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
to‘rtinchidan, Markaziy bank obligatsiyalarining muomalaga chiqarilishi pul va
moliya bozorining boshqa tarmoqlari rivojlanishiga imkoniyat yaratuvchi asosiy instrument
sifatida qaraladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə