Obligatsiyalar va aksiyalar bozori



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Imtiyozli
aksiya egalari dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati
tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga egadir.
Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qa’tiy nazar,
muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar
bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi ustavda belgilanib qo‘yiladi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga aksiyalar o‘rniga ularning nominal
qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo‘yicha
dividendlarni to‘lash tartibini har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zining Ustaviga asosan
amalga oshiradi. Aksiya bo‘linmasdir. Bu degani aksiyaga bir necha kishi egalik qilishi
mumkin (masalan, er va xotin). Lekinda aksioner jamiyatining yig‘ilishida ular bir ovozga
ega bo‘ladi. Aksiya mulkka egalik qilish huquqini shartli ravishda beradi. U zayom emas.
Aksiyada qoplash muddati ko‘rsatilmaydi. Aksiya egasining javobgarligi faqat uning
ixtiyoridagi aksiya miqdori bilan chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyat uchun
javob bermaydi.
Qoidaga ko‘ra, barcha oddiy aksiyalar bir xil hisoblanadi, chunki ular bir xil
huquqlar taqdim etadi, lekin imtiyozli aksiyalar turli xillarda (sinflarda) bo‘lishi mumkin.
Shu sababli dunyoda qo‘shimcha aksiyadorlar jalb qilish va ularga investitsiya kiritish
uchun qiziqarli sharoitlar taklif qilish maqsadida turli xildagi imtiyozli aksiyalar chiqarish
amaliyoti yuzaga kelgan.
Kumulyativ aksiyalar
– bu ular bo‘yicha dividendlar to‘liq yoki qisman
to‘lanmaganda dividendlar jamg‘arib boriladigan aksiyalar. Kompaniya nizomida
dividendlar hajmi va ular bu muddatdan kechikmasdan to‘lanishi zarur bo‘lgan muddat
belgilab qo‘yiladi. Agar bunday to‘lov muddati beglingan bo‘lmasa, aksiya kumulyativ
hisoblanmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə