Obligatsiyalar va aksiyalar bozori



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

qisqa muddatli;
o‘rta muddatli;
uzoq muddatli obligatsiyalar.
Har bir mamlakat amaldagi qonunlariga qarab bu muddatlarni belgilashi mumkin.
Masalan: AQShda qisqa muddatli obligatsiyalar 1 yildan 3 yilgacha, o‘rta muddatli
obligatsiyalar 3 yildan 7 yilgacha va uzoq muddatli obligatsiyalar esa 7 yildan ko‘p
vaqtgacha chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida esa hozirgi kunda davlat
obligatsiyalarining ikki turi muomalaga chiqarilgan.
Birinchisi – O‘zbekiston Respublikasi 12 foizli ichki yutuqli zayom obligatsiyalari
bo‘lib, Moliya Vazirligi tomonidan 1992 yilda 20 yildan keyin qoplash muddati bilan 25
mlrd so‘mlik chiqarildi. Shundan 1 yanvar 1997 yilgacha aholi o‘rtasida 19,4 mlrd so‘mlik
tarqatildi.
Ikkinchidan – Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 martda qabul qilingan 119-sonli
qaroriga asosan Moliya Vazirligi tomonidan ilk bor 1996 yil 28 martda chiqarilgan davlat
qisqa muddatli obligatsiyalari va 1997 yil 30 yanvarda Vazirlar Mahkamasining 57-sonli
qaroriga asosan 1997 yilda qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida
Moliya Vazirligi tomonidan 1997 yilda muomalaga chiqarilgan 3 va 6 oylik qisqa muddatli
obligatsiyalaridir. Bu esa respublikamizda obligatsiyalar bozorini shakllantirishga olib
keldi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari
bozorining yaratilishi O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozori tarixida muhim ahamiyat kasb
etadi. DQMO bozori asosan Moliya Vazirligi va Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan
«O‘zbekiston Respublikasi qisqa muddatli obligatsiyalarini muomalaga kiritishning asosiy
shartlari» va Markaziy bank ishlab chiqqan «Davlat qisqa muddatli obligatsiyalari
chiqarishlarining muomalasini tashkil etish va tartibga solish buxgalteriya «Nizom»
asosidagi faoliyat» ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, tijorat banklari o‘zlarining «Davlat qisqa muddatli obligatsiyalar
bilan operatsiyalar hisobining muvaqqat tartibi»ga tayanadi. DQMO emitenti Moliya
vazirligidir. Emissiya qilish vaqtida Moliya vazirligi Markaziy bank bilan kelishilgan holda
obligatsiyalarning eng yuqori hajmini, muomalada bo‘lish muddatini va potensial egalariga
doir cheklanishlarni belgilaydi. Markaziy bank obligatsiyalarni joylashtirish va xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha bosh agent vazifasini bajaradi. Bu obligatsiyalar bo‘yicha to‘lovlar o‘z
vaqtida amalga oshirish yuzasidan sarmoyadorlar oldida kafolatni o‘z zimmasiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi DQMO bozori faoliyatining texnik
tashkilotchisi sifatida xizmat qiladi. Uning zimmasiga o‘z tarkibida savdo tizimi, hisob-
kitob tuzish va depozitariy tizimlari yaratish va ular xizmatini yo‘lga qo‘yish yuklangan.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Respublika birjasi Yevropa va boshqa rivojlangan jahon
mamlakatlari fond bozori andozalariga javob beruvchi zamonaviy va texnologik vositalarga
ega.
Moliya vazirligi Markaziy bankga DQMO joylashtirishni topshiradi va uni sotishdan
tushgan mablag‘larni jamlaydi. Markaziy bank DQMO joylashtirishni O‘zbekiston
Respublikasi valyuta birjasi orqali amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta
birjasi dilerlar operatsiyalarni amalga oshirish uchun auksionlar tashkil qiladi. Dilerlar
obligatsiyalarni o‘z hisobidan va sarmoyadorlar, yuridik shaxslar hisobidan sotib oladilar.
Sarmoyadorlar obligatsiyalarni sotib olish uchun yetarli mablag‘larni dilerlar hisob
raqamiga tushiradi. Dilerlar o‘z komission haqini chegirgan holda mablag‘larni
O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi hisob raqamiga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston
Respublikasi valyuta birjasi o‘z komission haqini chegirgan holda mablag‘larni Markaziy
bank hisob raqamiga yo‘naltiriladi.
Markaziy bank hisob raqamiga tushgan mablag‘larni Moliya vazirligi byudjet hisob
raqamiga yo‘naltiriladi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, obligatsiyalar bizning davlatimizda 3, 6 va 12 oylik
muddatga chiqariladi mumkin. Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan chiqarilgan 3 oylik
obligatsiyalarning nominal qiymati 1000 so‘mga teng. Ular nominaldan past bahoda
diskont (nominal bahosi bilan sotilgan qiymati orasidagi farq) yo‘li bilan sotadi va muddati


tugagach nominal narx bo‘yicha to‘lanadi. Masalan: 1 oktyabrgacha DQMO 10 marta
chiqariladi. DQMOning umumiy joylashish hajmi ikkilamchi savdolarda 12,93 mln,
so‘mlik 14,14 donani tashkil etadi.
DQMO 7 marta so‘ndiriladi. So‘ndirish hajmi – 8,77 mlrd. so‘m (ya’ni 8,77 mln.
dona)ni tashkil etdi. Davlat byudjeti 4,14 mlrd. so‘m foyda oldi. DQMO nominal bahosi
1000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, Markaziy bank tijorat banklariga uni 889 so‘mga sotgan,
ya’ni 111 so‘m kamiga (14,14 – 12,93) = 121. Tijorat banklari esa so‘ndirish muddati
kelganda obligatsiyalarni nominal bahoda sotganlar, natijada tijorat banklari har bir
obligatsiyalardan 111 so‘m foyda ko‘rganlar, hozircha Respublikada faqat 14 ta tijorat
banki bilan Markaziy bank dilerlik vazifasini bajarish to‘g‘risida shartnomalar tuzgan
xolos, bu esa o‘z navbatida DQMO bozorida raqobat yetishmasligiga sabab bo‘lmoqda.
DQMO har bir emissiya umumiy sertifikat bilan rasmiylashtiriladi. Umumiy sertifikatlar
ikki asl nusxada bo‘lib, ular Moliya vazirligi va Markaziy bankda saqlanadi.
Har bir chiqarishga davlat ruxsat raqami beriladi. Bu raqam to‘qqiz razryadli bo‘lib,
quyidagi tarzda belgilanadi:

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə