Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Obligatsiyaning boshqa turlari (AQSh tajribasi) Ipoteka obligatsiyalari



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Obligatsiyaning boshqa turlari (AQSh tajribasi) Ipoteka obligatsiyalari 
(mortgage
bonds) korporatsiya mulki bilan ta’minlangan qarz majburiyatini ifodalaydi. Bankrotlik
yoki to‘lovga qobiliyatsiz holatda obligatsiya egalari bu mulkni olish huquqiga ega bo‘lib,
ular uni sotib o‘z talablarini qondirishlari mumkin.
Fond qog‘ozlari garovi ostida obligatsiyalar
(collateral trust bonds)trast shartlarida
saqlanayotgan boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlanadi. Eng keng tarqalgan holat bu
emitent-kompaniya obligatsiya ta’minoti sifatida kompaniya filiali qimmatli qog‘ozlari
chiqadi. 
Jihozlar garovi ostida obligatsiyalar
(equipment obligations) sertifikatlar nomi bilan
ham mashhur bo‘lib, ko‘chuvchi mulk bilan ta’minlanadi, ular transport vositalari (masalan,
lokomotivlar, samolyotlar) bo‘lishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda jihoz sotilishi va bu vosita
Yangi egasiga berilishi mumkin. Bunday obligatsiyalarni emissiya qilishning yuridik
jarayoni juda qiyin bo‘ladi. Ko‘pincha «filadelfiyacha sxema» nomini olgan jarayon
ishlatilib, uning mohiyati quyidagicha: jihozga egalik qilayotgan ishonchli shaxs


obligatsiya chiqaradi, keyin esa bu jihozni korporatsiyaga ijaraga beradi. Ijara to‘lovi
obligatsiya bo‘yicha foiz va qarz summasini to‘lashda faydalaniladi. Muddatida barcha
to‘lovlar to‘langanidan so‘ng, ijarachi-korporatsiya jihozga egalik qilish huquqini ko‘lga
kiritadi.
Ta’minlangan obligatsiyalar
(debetures) ularni chiqariyotgan korporatsiyaning
to‘liq majburiyati ostida bo‘ladi va ta’minlanmagan kreditni ifodalaydi. Bunday obligatsiya
egalarini himoya qilish maqsadida obligatsion kelishuv odatda ham ta’minlangan ham
ta’minlanmagan qarz qog‘ozlarining kelajakdagi emissiyasi cheklovlarni o‘z ichiga oladi.
Daromadli obligatsiyalar
(income bonds) ko‘proq imtiyozli aksiyalarni eslatadi. Ular
bo‘yicha foizlar o‘z vaqtida to‘lanib, to‘liq xajmda kafolatlanmagan bo‘ladi, ularni
to‘lamaslik emitentni bankrotlikka olib kelmaydi. Emitent-korporatsiyaga obligatsiyalar
bo‘yicha foizlar kamayib boruvchi xarajatlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritish
mumkin. Bu turdagi obligatsiyalar keng tarqalmagan bo‘lib, asosan temir yo‘llarning
to‘lovga qobiliyatsizligini tiklash maqsadida qo‘llaniladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə