Obligatsiyalar va aksiyalar bozori


Konvertatsiya qilinadigan aksiyalar



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix19.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#151892
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Снимок экрана 2023—05—16 в 20.08.34

Konvertatsiya qilinadigan aksiyalar
– bu belgilangan davr mobaynida oddiy
aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarning boshqa turlariga almashtirish mumkin bo‘lgan
aksiyalar.
Ishtirok etuvchi aksiyalar
– qayd qilingan dividend hajmidan yuqori qo‘shimcha
foydani taqsimlashda ishtirok etadigan imtiyozli aksiyalar.
Dividend stavkasi tartibga solinadigan aksiyalar
. Ular bo‘yicha dividend stavkasi
boshqa foiz stavkalariga, masalan, bank krediti qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
Katta va kichik imtiyozli aksiyalar
. Imtiyozli aksiyalar chiqarar ekan, emitent
ayrim aksiyalar chiqarilishiga boshqa aksiyalar chiqarilishidan kattalik berishi mumkin.


Kattalik tushunchasi da’volarni qondirishda navbat tartibini anglatadi (birinchi bo‘lib
«katta»roq qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qarzlar to‘lanadi va da’volar qondiriladi).
Chaqirib olinadigan aksiyalar
– aksiyadorlik jamiyati ularni qaytarib sotib olish
yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Sotuvga opsionli imtiyozli aksiyalar, bu qimmatli qog‘ozlar egalariga belgilangan
muddat o‘tganidan so‘ng va belgilangan narx bo‘yicha aksiyani emitentga sotishga imkon
beradi (opsion ijro etgan holda qayta sotib olish). Masalan, o‘rtacha bozor foiz darajasidan
oshganda aksiya egasi o‘z mablag‘larini yanada yuqoriroq foizlar ostida yangi qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun o‘z aksiyasini emitentga qaytarini afzal ko‘radi. Boz
ustiga, bu ishni u birlamchi joylashtirish narxi bo‘yicha bajarishi mumkin (agar ikkilamchi
bozorda aksiyaning kurs qiymati birlamchi joylashtirish narxidan past bo‘lsa). Agar
qaytarish shartlari uning uchun foyda keltirmaydigan bo‘lsa, investor o‘z opsionidan
foydalanmasligi ham mumkin.
Ovoz beruvchi imtiyozli aksiyalar
. Bunday aksiyalar umumiy tartibda chiqarilishi
ham, emitentning belgilangan shartlarni bajarmasligi oqibatida bunday xislatga ega
bo‘lishi ham (masalan, investorga dividend to‘lovlari to‘lanmaganda) mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini
himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunida aksiyadorning huquqlari batafsil yoritilgan.
Qonunga ko‘ra aksiyadorlar:

jamiyat mablag‘iga qo‘shgan hissasini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir
qismini dividend tariqasida olishi;

aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qarorlarni ishlab chiqarishda ovoz berish,
mazkur hissadorlik jamiyatining sotib olishda ustunlik qilish;

inqirozga uchragan chog‘da hissadorlik jamiyatining bir bo‘lagiga egalik qilish;

o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalar va boshqa
jamoat tashkilotlariga birlashish va h.k.
Bu huquqlar aksiyalarning xillariga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, oddiy
aksiyalar egalari jamiyat Ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida barcha
masalalar bo‘yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etsa, imtiyozli aksiyalarning egasi
bunday huquqga ega emas va h.k. Aksiyalarni boshqa shaxsga mulk qilib o‘tkazish
mumkin. Bu holdagi egasi yozilgan aksiyalar (sotib olinishi, hadya qilinishi, meros bo‘lib
o‘tganda) egasining o‘zgarganini qayd etuvchi organ aksiya yangi egasining ismi yoki
nomini kiritadi.
Aksiyadorlik jamiyati ma’lum bir vaqt o‘tgandan keyin aksiyalarni qayta sotish, o‘z
xodimlari orasida tarqatish yoki bekor qilish maqsadida aksiyadorlardan ularni sotib olish
ham mumkin. Chunki aksiyalar ko‘pi bilan bir yil ichida joylashtirilishi lozim. Ana shu
davr ichida dividendlarni taqsimlash, shuningdek, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida
ovoz berish va kvorumni aniqlash jamiyat sotib olgan o‘z aksiyalarini hisobga olmagan
holda o‘tkaziladi. Jamiyat o‘z aksiyalarini mustaqil ravishda yoki investitsiya institutlari
orqali sotib olishi mumkin. Aksiyalar chiqarilganda ularning nominal aksiyada
ko‘rsatilgan, (masalan, 100 dollar, 500 dollar, 100 so‘m va h.k.) qiymati bo‘ladi, lekin ular
bozor narxida sotiladiki, narx nominal qiymatidan yuqori yoki past bo‘ladi. Bozordagi
talab va taklifga qarab aksiyaning bozor narxi shakllanadi, bunga bozor kursi deb ataladi.
Bozor kursi yoki narxini belgilanishi qimmatli qog‘ozlar katirovkasi deyiladi va u fond
birjasida amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarning bozorda yaxshi sotilishi korxona,
firma uchun o‘zgalar pulini moliyaviy resursga va so‘ngra kapitalga aylantirib, o‘zining
mavqeini mustahkamlab yaxshi foyda olishga imkon beradi.
Aksiya taqdim etishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha huquqlarga oltin aksiya yorqin
misol bo‘la oladi. U kompaniya nizomida uni «oltin» qiladigan maxsus huquq – eng
muhim masalalar bo‘yicha qolgan barcha aksiyadorlarning qarorlarini to‘sib qo‘yish
huquqini istisno qilganda kompaniyaning boshqa aksiyalaridan umuman farq qilmaydi.
Bunday aksiya, qonunchilikka muvofiq, xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘lishi va
faqat ijroiya hukumati organlariga tegishli bo‘lishi mumkin. U kompaniyadan aktivlarni
chiqarishning oldini olish maqsadida chiqariladi. Ushbu aksiya uning egasiga quyidagi
masalalar bo‘yicha yig‘ilish qaror qabul qilganda VETO huquqini beradi:
1) aksiyadorlik jamiyati nizomiga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritish;
2) jamiyatni qayta tashkil qilish va tugatish;
3) aksiyadorlik jamiyati mulkini garovga qo‘yish, ijaraga berish, sotish yoki boshqa
shaklda boshqalar ixtiyoriga o‘tkazish;
4) sho‘ba korxonalar tashkil qilish;
5) boshqa korxonalarda ishtirok etish.


Belgilangan muddat yakun topishi bilan oltin aksiya sotiladi, barcha qo‘shimcha
huquqlarni yo‘qotadi va oddiy aksiyaga aylanadi. Aksiyani ishonch aossida boshqarish va
garovga qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Aksiyalar paketiga egalik qilish ham ularning egasiga
qo‘shimcha huquqlar berishi mumkin, lekin shu bilan birga, ayrim majburiyatlar ham kelib
chiqadi. Masalan, kapitalning 1% iga teng bo‘lgan aksiyalar paketiga egalik qilish
investorga aksiyadorlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishi chiqish huquqini beradi, 30%
aksiyalarga egalik qilish esa – qolgan barcha aksiyadorlarga ularning aksiyalarini sotib
olishni taklif qilish majburiyatini yuklaydi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
Strategiyasi qabul qilindi. Mazkur Harakatlar Strategiyasining 3.1-bandida “kapitalni jalb
qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi
muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish” ko‘zda tutilgan. Kapitalni jalb
qilishning muqobil manbasi sifatida aksiyalar butun dunyoga keng tarqalganligi va o‘ziga
xos xususiyatlari bilan mavjud qimmatli qog‘ozlarning ichida eng asosiy o‘rinni egallaydi.
Aksiya egasi aksiyadorlik jamiyati tugatilayotganda mulkning taqsimlanishida qatnashish
va mulkka egalik qilish huquqiga ega. Aksiyalarga to‘lanadigan dividend miqdori
aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy samarasiga qarab hamda aksiyadorlarning qaroriga
asosan doimo o‘zgarib turadi. Kam miqdorda bo‘lsa-da, barqaror o‘sib boruvchi dividend
to‘laydigan kompaniyalarga, nomuntazam, hatto yirik miqdorda dividend to‘laydigan
kompaniyalarga nisbatan katta ishonch tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3
iyunda yangi tahrirda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” gi qonuniga
ko‘ra, aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar
tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan
keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish
muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz hisoblanadi.
Hozirgi zamonda aksiyalarni chiqarish shakli tubdan o‘zgardi. Bozor iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlarda aksiyadorlik jamiyatining rekvizitlari ifodalangan qog‘oz
shaklidagi aksiyalar chiqarilishi kam kuzatiladi. Endilikda zarur ma’lumotlar kompyuter
xotirasidagi yozuvlar bilan almashtirilmoqda. Aksiyadorlarga esa ularning aksiyalar soni,
seriyasi va nomeri ko‘rsatilgan ko‘chirma (ayrim davlatlarda sertifikat) beriladi. 2008
yildan boshlab respublikamizda ham aksiyalar muomalaga hujjatsiz (elektron) shaklda
chiqariladi. Hozirgi paytda respublikamiz qonunchiligida aksiyalarning faqat “egasining
nomi yozilgan” turiga ruxsat etilgan, xolos.
Ilk aksiyadorlik jamiyatlari XVII asrda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ularning faol tarzda
rivojlanishi XIX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda esa
mustaqillikdan so‘ngra aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etish boshlandi, 1994 yildan
boshlab esa davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishga
katta ahamiyat berildi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi aksiyadorlik kapitalini shakllantirish
uchun foydalaniladigan aksiyalarni chiqarishga sabab bo‘ldi. Aksiyadorlik kapitali
aksiyalar nominal kursining oshirilishi yoki qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirilishi
hisobiga ko‘payadi. Ammo, respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra aksiyadorlik
jamiyatlarining ustav kapitali aksiyalar nominal kursining oshirilishi hisobiga amalga
oshirilmaydi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə