146
moʻljallangan boʻlsa bank majburiy tartibda bu hujjatlar boʻyicha yuridik ekspertiza
oʻtkazadi.
Moliyaviy baholash biznes-reja ma’lumotlari va korxona moliyaviy hisobotlari
asosida oʻtkaziladi. Har bir bank oʻz uslubi boʻyicha baholashni amalga oshiradi,
lekin aniqlanadigan koʻrsatkichlar barcha banklar uchun amalda bir xil – likvidlilik,
rentabellik, toʻlovga layoqatlilik koeffitsientlari. Amaliyotda koʻplab banklar tovar
realizatsiyasi boʻyicha tushum, bozorda egallagan ulushi va boshqa baholash
mezonlari asosida korxonaning faoliyat koʻlamiga ham jiddiy e’tibor qaratadi.
Shuningdek, qarz oluvchi
korxonaning asosiy hamkorlari, ta’sischilari, shoʻ’ba
korxonalari ham oʻrganib chiqiladi.
Boshqa ijtimoiy omillarga korxonaning nufuzi, kredit tarixi va boshqaruv sifati
kabilarni kiritish mumkin.
Umuman, mamlakatimiz va xalqaro bank amaliyotida qarz oluvchining
kreditga layoqatliligini baholash mezonlari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
- qarz oluvchi korxona faoliyatining qonuniyligi;
- qarz oluvchi korxonada boshqaruv sifat darajasi;
- kredit amal qilish muddatidagi shart-sharoitlar;
- kreditning ta’minlanganligi;
- korxonaning xususiy kapitali holati va moliyalashtirilayotgan operatsiyaga
oʻz kapitalini yoʻnaltirish darajasi;
- kredit olgach moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida qarzni uzish uchun pul
oqimi harakatining tashkil etilish sifati.
Barcha banklarda kredit taqdim etish jarayoni deyarli bir xil. Bank
xizmatchilari taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz xulosalarini beradi.
Agar xulosalar ijobiy boʻlsa, kredit taqdim etish toʻgʻrisidagi
masala bank kredit
qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Kredit qoʻmitasi tasdiqlagach,
korxona bilan kredit shartnomasi tuziladi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, mahalliy
korxonalarda loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslariga boʻlgan talab juda
yuqori.
Tijorat
banklarining
investitsiya
faoliyati
kengaytirilishini
yanada
ragʻbatlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash
hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida 2009
yil 28 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari
ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha
chora-tadbirlar
toʻgʻrisida” gi PQ-1166 sonli Qarori qabul qilingan edi va unga koʻra:
- zamonaviy sharoitda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha bankning kredit
hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash
mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
- investitsiya loyihalarini moliyalashga oʻz moliya mablagʻlarini
sarflash va
ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy
147
monitoring qilish, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini
ta’minlash;
- tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta
baholashni
hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq
qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish;
- investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar boʻlinmalarini
professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya
loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha
bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan
yaxshilash kabi vazifalar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat
banklarining eng muhim vazifalari hisoblanishi belgilangan edi. Shuningdek, 2015
yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli
tarkibida quyidagi jadvalga
muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab
tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha foyda soligʻi toʻlashlari belgilab qoʻyilgan edi
(9-jadval).
9-jadval
Dostları ilə paylaş: