142
- foydalanganlik uchun toʻlov miqdori firma daromadiga bogʻliq emas, ya’ni
mulkdorlar buyrugʻi asosida daromadning oʻsish holatlarida qoʻshimcha daromadni
saqlash imkonini beradi;
- moliyaviy richagdan foydalanish hisobiga xususiy
kapital rentabelligini
oshirish imkoniyatini yaratadi;
- foydalanganlik uchun toʻlov foyda soligʻi bazasidan chegiriladi va natijada
jalb qilingan kapital qiymatini pasaytiradi;
- boshqaruv huquqini olish va moliyaviy-xoʻjalik
faoliyatiga aralashishni
nazarda tutmaydi.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning umumiy kamchiliklari sifatida
quyidagilarni keltirish mumkin:
- belgilangan foiz miqdori va asosiy qarz summasini qoplashning majburiyligi
moliyaviy natijalarga bogʻliq emas;
- moliyaviy riskning ortishi;
- firma moliyaviy siyosatiga ta’sir etishi mumkin boʻlgan chegaralovchi
shartlarning yuzaga kelishi (masalan, dividend toʻlash, boshqa qarz mablagʻlari jalb
qilish, qoʻshilish
va ajralib chiqish, aktivlarni garov sifatida rasmiylashtirish va
boshqalarning cheklanishi);
- ta’minlanganlik boʻyicha talablarning qoʻyilishi;
- jalb qilish miqdori va foydalanish muddati boʻyicha cheklovlar.
Qoʻshimcha sifatida ta’kidlash lozimki, qarz mablagʻlari
hisobiga
moliyalashtirishning har bir shakli oʻzining alohida afzalliklari va kamchiliklariga
ega.
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirishning asosiy
shakllari bank krediti
(bank loan)
, obligatsiyalar (
bond
), ijara yoki lizing (
leasing
) hisoblanadi.
Bank krediti.
Kredit
(lotinchadan
credo
– ishonaman) korxonalarda qarz mablagʻlari
hisobiga moliyalashtirishning eng keng tarqalgan va koʻpchilikka ma’lum boʻlgan
shakli hisoblanadi.
Kreditorlar tomonidan qarz oluvchilardan talab qilinadigan shartlarga javob
beruvchi va qarz munosabatlari asosida pul mablagʻlarini olishga talabgor yuridik va
jismoniy shaxslar
kreditlash sub’ektlari
hisoblanadi.
Yuridik shaxslar uchun kredit olish imkoniyati quyida omillarga bogʻliq:
- makroiqtisodiy holat;
- biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli;
- tarmoq xususiyatlari va
faoliyat turi;
- korxonaning moliyaviy holati va kreditni qaytarib toʻlay olishga qodirligi.
Qarz oluvchining mablagʻ talab qilayotgan maqsadlari kreditlash ob’ektlari
hisoblanadi. Odatda korxona tomonidan kredit olish jarayonida quyidagi maqsadlar
kuzatiladi:
- aylanma kapitalni moliyalashtirish (joriy faoliyat uchun);
- investitsion loyihalarni moliyalashtirish (kapital qoʻyilmalar uchun);
- oldin jalb qilingan qarz mablagʻlarini qayta
moliyalashtirish;
- birlashish va ajralib chiqish boʻyicha bitimlarni moliyalashtirish va boshqalar.