Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
8 kapitalni boshqarish

Qarz mablagʻlari
dan foydalanish moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini 
mos ravishda kengaytirish, xususiy kapitaldan yanada samarali foydalanishni 
ta’minlash, turli xil maqsadli moliyaviy fondlarni shakllantirish jarayonini 
tezlashtirish, nihoyat korxonaning bozor qiymatini oshirish imkonini beradi. 
Xususiy kapital har qanday biznes asosini tashkil etsada, qator tarmoq 
korxonalarida foydalaniladigan qarz kapitali miqdori xususiy kapital miqdoridan 
sezilarli darajada yuqori boʻladi. Aynan shu holat bilan bogʻliqlikda qarz kapitalini 
jalb qilish va undan samarali foydalanishni boshqarish korporativ moliyani 
boshqarishning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funksiya korxona 
moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha yuqori natijalarga yerishishni ta’minlashga 
yoʻnaltiriladi. 
Korxonalarda foydalaniladigan qarz kapitali jami moliyaviy majburiyatlar 
miqdori bilan tavsiflanadi. Bunday majburiyatlarni quyidagicha tabaqalashtirish 
mumkin: 
1. Uzoq muddatli moliyaviy majburiyatlar. Ularga korxonalarda amal qiluvchi 
foydalanish muddati bir yildan ortiq boʻlgan qarz kapitalining barcha shakllarini 
kiritish mumkin. Uzoq muddatli bank kreditlari va boshqa uzoq muddatli qarz 
mablagʻlari (moliyaviy lizing, soliq krediti boʻyicha qarzdorlik, muomalaga 
chiqarilgan obligatsiyalar boʻyicha qarzdorlik, moliyaviy yordam boʻyicha 
qarzdorlik, qaytarish sharti bilan berilgan boshqa mablagʻlar) uzoq muddatli 
moliyaviy majburiyatlarning asosiy shakllari hisoblanadi. 
2. Qisqa muddatli qarz kapitali. Bir yilgacha boʻlgan muddatda foydalanish 
uchun jalb qilingan qarz kapitalining barcha shakllarini qisqa muddatli moliyaviy 
majburiyatlarga kiritish mumkin. Bunday majburiyatlarning asosiy shakllari sifatida 
qisqa muddatli bank kreditlari va boshqa qisqa muddatli qarz mablagʻlari 
(muomalaga chiqarilgan qisqa muddatli moliyaviy obligatsiyalar, bir yilgacha taqdim 
etilgan soliq kreditlari, berilgan veksellar, olingan avanslar)ni keltirish mumkin. 
Oʻz moliyaviy majburiyatlarini qoplash chora-tadbirlari boʻyicha korxonani 
rivojlantirish jarayonida qoʻshimcha qarz mablagʻlarini jalb qilishga talab yuzaga 


141 
keladi. Bunda korxona tomonidan jalb qilinadigan qarz mablagʻlarini quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
- jalb qilish manbalari boʻyicha: mamlakat ichkarisidan va tashqi manbalardan 
yoki moliya institutlaridan, real sektor korxonalaridan, jismoniy shaxslardan. 
- jalb qilish muddati boʻyicha: qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli 
(bir yildan ortiq). 
- jalb qilish shakli boʻyicha: pul shaklida (moliyaviy kredit), asosiy vosita 
(uskuna) shaklida (moliyaviy lizing), tovar shaklida (tijorat krediti) va boshqa 
moddiy va nomoddiy shakllarda. 
Iqtisodiy munosabatlarda har qanday qarz mablagʻi shak-shubhasiz majburiyat 
va olingan qarz mablagʻini belgilangan muddatda qaytarish, shuningdek 
foydalanganlik uchun foiz koʻrinishidagi mukofot summasini mablagʻ egasiga 
oʻtkazib berish asosida taqdim etiladi. 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish manbalari va shakllari yetarli 
darajada xilma-xillikka ega. Quyida milliy va xalqaro tajribada qoʻllaniladigan keng 
tarqalgan qarz mablagʻlari manbalari mohiyati va xususiyatlari tavsifiga toʻxtalib 
oʻtamiz. 
Qarz mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish quyidagi muhim prinsiplarga 
asoslanadi: 
- qaytarishlik; 
- toʻlovlilik; 
- muddatlilik. 
Qaytarish
prinsipi qarzdor tomonidan olingan summa (asosiy qarz summasi)ni 
belgilangan muddatda toʻliq qoplash zaruriyatini oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda 
qarzdorning bu talabni bajarishi uning moliyaviy natijalari barqarorligiga, shuningdek 
qarzning ta’minlanish sifatiga bogʻliq hisoblanadi. Shuning uchun ham bank 
kreditlarini taqdim etishda 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə