Korxona qudratini boshqarish Reja: Kirish


Korxona qudrati tushunchasi va uning xususiyatlari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#114072
1   2   3   4   5   6
Korxona qudratini boshqarish Reja Kirish (2)

Korxona qudrati tushunchasi va uning xususiyatlari

Bugungi Kunga Qadar ko'plab mahalliy Olimlarning


korxonaning“salohiyati”tushunchasiga yondashuvlari turlicha bo'lib kelgan.Korxona salohiyati Korxonaning Moddiy resurslari,Mehnat resurslari va nomoddiy aktivlari bilan baholanadi deb ta'riflashgan.
"Salohiyat" so'zi lotincha "kuch" degan ma'noni anglatadi. Umumiy ma'noda salohiyat qandaydir sohada mavjud bo'lgan barcha vosita va imkoniyatlarning yig'indisidir. Korxonaning salohiyati mavjud resurslar va ulardan foydalanish natijalari bilan bevosita bog'liqdir.
Har qanday tadbirkorlak faoliyatining muvaffaqiyati ko'proq xorijiy biznesda menejmentnig tarkibiy elementi bo'lgan korxona (bu yerda korxona ostida firma, kontsern, kompaniya, aktsiyadorlik jamiyati, kooperativ, ijara, kichik korxona va biznesning boshqa birliklari tushuniladi) xodimlarini boshqarishning to'g'ri tanlangan strategiyasiga bog'liq. Strategiyani tanlash o'z navbatida bir necha omillarga bog'liq: korxona salohiyati qanday hajmiga ega; korxona salohiyatining raqobatbardoshligi darajasi qanchalik yuqori; bozordagi uning ulushi qanday va u yetakchimi, raqibmi ѐki orqada qoluvchimi; korxona o'zining oldiga qanday maqsadlar qo'ygan – yetakchilikni mustahkamlash, yetakchilar safiga kirish, “o'rtada” mustahkamlanish ѐki inqirozdan qochish. Korxona qo'yilgan maqsadlarga ko'ra bozordagi holatning u ѐki bu strategiyasini tanlaydi. Bunda korxona salohiyatini boshqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1) korxona salohiyatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligi tuzilishi va uning bozordagi ulushini baholash; 2) korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash; 3) korxona salohiyati rezervlari va yo'qotishlarini tahlil qilish; 4) korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha strategiya va taktikani tanlash; 5) tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tadbirlarni o'tkazish. 359 Shunday qilib, bozor sharoitida korxona salohiyatni boshqarish mohiyatiga ko'ra, uning raqobatbardoshligini boshqarish (korxona salohiyati raqobatbardoshligini oshiruvchi ѐki pasaytiruvchi omillarni baholash va tahlil qilish, u ѐki bu mo'ljallangan maqsadga erishish uchun tegishli strategiya va taktikani tanlash)dan iborat bo'ladi. To'g'ri strategiyani tanlash uchun menejerga avvalo iqtisodiy salohiyat nimadan iborat ekanligini bilish darkor. Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati – korxona ixtiѐrida bo'lgan resurslar (mehnat, moddiy, nomoddiy, moliyaviy va boshqalar)ning majmuasi va uning xodimlari hamda menejerlarining tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq daromad olish maqsadida resurslardan foydalanish qobiliyatidir.

Korxonaning salohiyati to'rtta asosiy xususiyatlar bilan ta'riflanadi. Birinchi xususiyat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyati u ѐki bu sohadagi haqiqiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo'yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham. Ikkinchi xususiyat. Har qanday korxonaning imkoniyatlari ko'proq unda mavjud bo'lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan zaxiralar (iqtisodiy, ijtimoiy)ga bog'liq. Shuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo undan foydalanish uchun tayѐrlangan resurslar va zaxiralarning hajmi bilan belgilanadi. Uchinchi xususiyat. Shaxsiy va xorijiy tajribaga ko'ra, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo'lish zarur, ammo hali bu yetarli emas. Buning uchun yana mavjud resurslardan foydalanishni ham bilmoq kerak. Bu esa – har qanday biznesda birinchi darajali vazifadir. 360 Menejer shuni esdan chiqarmasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo'lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki ulardan tovar va xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta'riflanadi. To'rtinchi xususiyat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tashkiliy tuzilmasi bilan izoxlanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o'zini ko'rsatib bo'lganligini tushunib, markazlashtirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir-birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 ta mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbirkorlikning rivojlanishi va umuman IBMning foydasi ko'payishiga olib kelgan. Uning bo'linmalari endi nafaqat “foyda markazlari” sifatida, balki “yangilik kiritishlar markazi” sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14 ta kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda. Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliѐtida yaqin yaqingacha bu barcha to'rtta alomatlarni, ya'ni korxonalarning “iqtisodiy salohiyati”ni birlashtiruvchi tushuncha bo'lmagan. G'arbdagi texnologik ko'tarilish paytida ustuvorlik asosiy kapital: mashinalar, dastgohlar, uskunalar va boshqa moddiy-ashѐviy resurslar turlarida bo'lgan. Keyin esa texnik omildan yuqori samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e'tibor kishilik kapitaliga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsiy salohiyatidan to'liq foydalanishga qaratilgan. Shunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo'lib ko'ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. Shuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonaѐtgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko'rinadi: kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy 361 salohiyati. G'arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha ko'rsatib o'tilgan elementlarini avvalo kishilik va asosiy kapitalning muvofiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyati muvaffaqiyatiga “kalit”ni ko'radilar. Shu munosabat bilan biznes doiralarida katta obro' qozongan. Li Yakokkaning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha ѐzadi: “Barcha xo'jalik operatsiyalarini piro vardida uchta so'zlar bilan belgilanadigan ifodaga olib kelish mumkin: kishilar, mahsulot, foyda. Birinchi o'rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo'lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin”. An'anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuningdek, hozir bir vaqtda kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishida mustaqil asosiy omil bo'ladi. Pul hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o'z tajribalarida shunga iqror bo'ldilarki, insonga kiritma(malakani oshirish, ta'lim, sog'liqni saqlash, firma hisobidan bo'sh vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko'paytiradi va raqobatbardoshlikni oshiradi. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innovatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari. Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha izoxlanadi: - unda mavjud bo'lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo'lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan); - xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, ѐrdamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda, ularning ma'lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan; 362 - menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati (menejerning tayѐrgarligi, iste'dodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan; - innovatsion qobiliyatlari bilan (ya'ni korxonani ishlab chiqarishlarini yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan); - axborot qobiliyatlari bilan (ya'ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va “qo'shimcha ishlov berish” usuli); - moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan. Yig'ilgan holda ular korxonaning yig'ma (iqtisodiy va ijtimoiy) qobiliyatini tashkil etadilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.


Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə