Korxona qudratini boshqarish Reja: Kirish



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə6/6
tarix29.05.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#114072
1   2   3   4   5   6
Korxona qudratini boshqarish Reja Kirish (2)

1 – rasm. Raqobat muvaffaqiyatining “oʻqlari”.
Korxona salohiyati raqobatbardoshligi va bozor foydaliligini baholashning biz tomonimizdan taklif qilingan metodikasi yagona va universal emas. Bunday metodikalarning eng turli tuman variantlari boʻlishi mumkin. U aniq detallarni, korxona iqtisodiyotining nozik tomonlarini hisobga olishi, ammo shuning bilan bir vaqtda oʻz ichiga umumiy qabul qilingan indikatorlarni, salohiyatning koʻrsatkichlarini va bozor jarayonlarini olishi kerak.
1. Korxona qudratini belgilovchi omillar:

  • Korxona qudratini belgilovchi omillar:

  • Mahsulot sifati;

  • Korxona imidji;

  • Raqobatbardoshlik;

  • Hamkorlar bilan aloqadagi mavqening yuqoriligi;

  • Innovatsion texnologiya va texnika bilan ta’minlanganlik darajasi.

Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990-yillarda 12 ta yirik kompaniya xoʻjalik faoliyatining pul bilan bogʻliq boʻlmagan koʻrsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini oʻrgandilar va koʻrsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bogʻliq koʻrsatkichlarini uning boshqa turdagi koʻrsatkichlari bilan bogʻlashga yoʻnaltirilgan, boshqaruv tizimi koʻrsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning erishgan koʻrsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin boʻlgan natijalar bilan bogʻlash zarur boʻldi. Koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona darajasida, keyinchalik korxonaning boʻlimlari va hatto alohida xodimlari darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyoning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxonalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni oʻzining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuvni nafaqat korxonalarning koʻrsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qaralishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va baholash, koʻrsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol oʻynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yaratish boʻyicha ish olib borishmoqda.
Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki bunda eng asosiy narsa – baholash vositasi yoʻq. R. Kaplanning yuqorida ta’qidlangan usulini innovatsiya loyihalariga moslashtirilgan holda qoʻllash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi:

  • ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining koʻrsatkichlari majmuasini ishlab chiqish;

  • koʻrsatkichlarni tashkilotning strategik maqsadlari, vazifalari bilan uzviy bogʻliqligini taminlash, ularni koʻp funksiyali indikatorlarga oʻtkazish,

  • ularning oʻlchov birliklarini aniqlash:

  • korxonaning ilmiy faoliyati koʻrsatkichlarining muvofiqlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, koʻrsatkichlararo bogʻliqlik darajasini aniqlash, ularni statistik – matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baholash va boshqarish boʻyicha dasturiy vositalarini yaratish;

  • loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan immitatsion modelini yaratish;

  • qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish – loyihaning amaliy natijalarini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni tahlil qilish.

Quyida axborotlarni miqdoriy tahlil qilish, agregatsiyalash usuliga asoslangan korxonalarni innovatsiya faolligini, ilmiy-amaliy salohiyatini oʻrganish metodologiyasi keltirilgan.
Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati – bu korxonaning yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy, ishlab chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir. Bundan tashqari korxona quvvati ham uning qudratini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari tarkibidagi kuch beruvchi va ishchi mashinalarning miqdoriga, salmogʻiga, ularning unumdorlik darajasiga bogʻliq boʻladi.
Xulosa

Xulosa qilib aytganda, korxonaning salohiyatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, uni oshirishda ushbu omillarning o'rni qanday hamda mazkur omillar qay darajada yechilmayotganligini aniqlash imkonini beradi. Shu bilan birga ushbu omillarini o'rganish, korxonaning salohiyatini oshirishda ularning qay darajada ta'sir etayotganligini aniqlashga va ularni samarasini oshirish uchun qanday tadbirlarni amalga oshirish zarurligini belgilab olishga yordam beradi. Bu esa korxonaning texnik va texnologik jihatdan rivojlanishiga, moliyaviy va iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishiga, barqarorligining oshishiga olib keladi



Adabiyotlar ro’yxati
1. Grant R. Sopremenniy strategicheskiy analiz «Menedjment». SPb. : Piter, 2016
2. Afanasiev V.Ya., Maslennikov V.V. [i dr./. Teoriya menedjmenta. Ucheb. posobiye. M.: Yurayt, 2017.
3. Maslennikov V. V., Lyanday Yu.V., Kalinina I.L. Postrosniye sistemi upravleniya organizatsiyami sferi uslug / Ekonomika i predprinimateli- stvo. 2017. N 3-2.
4. Mintsberg G. Strategicheskos safari i menedjment M.: Alipina Pablisher. 2017
5. Maslennikov V.V., Kalinina I.A. Texnologii organizatsii proskt- noy deyatelinosti po napravleniyu podgotovki «Menedjment». M. : FGBOU VO «REU im. G.V. Plexanova», 2016
6. Meskop M., Alibert M.. Xedouri F. Osnovi menedjmenta. M. : Viliyams. 2017
7. Maslennikov V.V. Upravleniye riskami, opredelyayushimi ekonomi- cheskuyu bezopasnosti organizatsii. Konkurentosposobnosti v globalinom mire: ekonomika, nauka, texnologii. 2016
8. Ostervalider A.. Pinьe I. Postroyeniye bizneye-modeley. «Menedjment» M.: Alipi- na Pablisher. 2017
9. «Menedjment» Lyandau 1Yu.V. Kalinina I.A. Senoobrazovaniye v sisteme zakupok dlya gosularstvennix, muninipalinex i korporativnex nujd. M. : FGBOU VO « REU im. G.V. Plexanova», 2017.
10. www.fayl.org
11. www.ziyonet.uz
12. www.wikipedia.uz
13. www.arxiv.uz
Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə