Korxona qudratini boshqarish Reja: Kirish


Korxona qudratini baholash usullari



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə4/6
tarix29.05.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#114072
1   2   3   4   5   6
Korxona qudratini boshqarish Reja Kirish (2)

Korxona qudratini baholash usullari

Korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holati qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo'jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo'lgan salohiyatining solishtirma ta'rifidir. Xorijiy biznesda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholash uchun turli usullardan foydalaniladi. Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar tizimi qo'yilgan bo'lib, uning ѐrdamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiѐt salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u ѐki bu tadqiqot qilinaѐtgan ob'ektni shakllantirilgan ko'rinishda baѐn qilishga imkon beruvchi ta'riflarning majmuasi va ular asosida uni faoliyat yuritishining 363 performance (natijaviyligi)ni oshirish bo'yicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o'z navbatida, endi tadqiqot qilinaѐtgan ob'ektning alohida elementlari holatini aks ettiruvchi bir qator ko'rsatkichlarga bo'linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u ѐki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va “salomatligi”ning holatini belgilashga imkon beruvchi o'ziga xos “gradusnik”, “barometr”dir. Keyin sog'lomlashish va ularning holatini yaxshilash (ya'ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatdan foydalanish yo'llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi. Hozirgi vaqtda indikatorli usul xorijiy biznesda raqobatbardoshlikni baholash uchun keng qo'llaniladi. Masalan, g'arbiy biznesmenlar ishlab chiqarishning muvofiq joylashgan yerini va unga sarmoyalar kiritishni belgilash uchun avvalo u ѐki bu mamlakat salohiyatining raqobatbardoshligini o'rganadilar. Ushbu maqsadlar uchun “Boshqaruv muammolari bo'yicha Yevropa forumi” (Jenevadagi markazi bilan) xalqaro tashkiloti har yili rivojlangan mamlakat salohiyatlari raqobatbardoshligi darajasii belgilaydi. Bunda 340 dan ortiq ko'rsatkichlar va 100 dan ortiq iqtisodchi-ekspertlar baholaridan iborat bo'lgan indikatorlar tizimidan foydalaniladi. Ushbu tahlil 10 asosiy omillar kabi guruhlashtiriladi: - iqtisodiѐt(iqtisodiy salohiyat)ning dinamikasi; - sanoat ishlab chiqarish quvvati; - bozor dinamikasi; - kishilik kapitali; - davlat obro'si; - xom ashѐ bilan ta'minlanganlik; - tashqi bozorga qaratilganlik; 364 - innovatsion salohiyat; - ijtimoiy barqarorlik. Bu 10 ta omillardan har biri 20-40 yakka indikatorlardan vujudga keladi. Bu turli-tumanlik menejerning iste'dodidan ishlab chiqarishga bevosita sarmoya kiritishlargacha, ilmiy tadqiqotlarga xarajatlardan o'g'itlarga xarajatlargacha, soliqqa tortishdan davlat qarzlarigacha, mahsulotlarning sifatidan ishchi kuchining qiymatigacha, sement ishlab chiqarishdan bo'sh vaqtni rejalashtirishgacha ѐziladi. Bunda keltirilgan 10 ta omillardan har birini baholash uchun eng ahamiyatli indikatorlarni tanlab olish bo'yicha murakkab vazifa vujudga keladi. Shveytsariyalik mutaxassislar, masalan, “kishilik kapitali”ni ta'riflash uchun quyidagi indikatorlardan foydalanishni taklif qiladilar ( 9.3.1 - jadval).
80 – yillarda AQSh, Yaponiya, GFR, Kanada va Shveytsariya hamisha yuqori raqobatbardoshlik bilan ajralib turganlar. Bunda nafaqat iqtisodiy tashkil qiluvchi, balki eng asosiysi – ularning raqobatbardoshligi tuzilishi bilan ham. Chunonchi: iqtisodiѐtni jahon talabi o'zgarishlariga 366 moslashganligi darajasi, ichki imkoniyatlarga mos keluvchi milliy ixtisoslashishni to'g'ri tanlanishi, qat'iy va ba'zida ma'nosiz raqobatdan epchillik bilan qocha bilishlik, yangi tovarlarni ishlab chiqarishga o'ta olishlik, yangi bozorlarni o'zlashtirish va h.k. bilan. Yetakchi G'arbiy mamlakatlar va firmalarning muvaffaqiyatlari sababi xuddi safarbarlikda, ya'ni jahon talabi evolyutsiyasiga moslasha olish va o'z salohiyatini tarkibiy qayta qurish yo'li bilan unga o'z vaqtida javob qaytarish va uni kerakli yo'nalishlarda rivojlantirishdadir. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha, zamonaviy raqobat kurashida “shtik bilan” hujumga boruvchi emas, balki to'g'ri holatni tanlab, undan qochishni biluvchi kishi g'alaba qozonadi. Matritsa usuli. Uning asosida raqobat jaraѐnini ularni dinamika bilan bog'liqlikda ko'rib chiquvchi g'oya ѐtadi. Tovarning egri chiziqli yashash davri ushbu usulning metodologik asosi hisoblanadi. 70 – yillarning o'rtalarida “Boston konsalting grupp” marketing firmasi o'zining yetarlicha oddiy holatlariga asoslangan holda turli tovarlarning raqobatbardoshligini baholashning matritsa usulini ishlab chiqqan bo'lib, hozir u turli korxona va sohalarning raqobatbardoshligini tadqiqot qilishda qo'llaniladi. Tadqiqotning asosiy quroli ikkita ko'rsatkichlar asosida qurilgan matritsadir. Vertikal bo'yicha bozor sig'imining to'g'ri chiziqli ko'lamdagi o'sishi sur'atlari ko'rsatiladi. Gorizontal bo'yicha esa – tadbirkor ѐki korxonaning bozordagi logarifmli ko'lamdagi ulushi. Barcha kompaniyalar, korporatsiyalar, firmalar va biznesning boshqa birliklari bu matritsada o'zlarining parametlari va bozor sharoitlariga ko'ra joylashadilar. Bozorda eng katta ulushga ega bo'lganlar raqobatbardoshroq hisoblanadilar. Matritsa usulidan foydalangan holda, menejer va biznesmen nafaqat o'z korxonasining, balki raqibining salohiyati raqobatbardoshligi darajasini ham baholashi hamda bozordagi holatining strategiyasini ishlab 367 chiqishi mumkin. Matritsa usuli amerikalik maslahat firmalarida keng qo'llaniladi, tadbirkorlarimiz uchun ham salohiyatning baholanishi raqobatbardoshlikning ishonchli quroli hisoblanadi. Korxonaning salohiyati turli bozorlardagi raqobat kurashida amalga oshiriladi. Uni amalga oshirilishining muvaffaqiyati ko'proq menejerlar san'ati, ularning bilimlari, tajribasi va kasbiy mahoratiga bog'liq. Biznesning murakkab dunѐsida bunday o'zini o'zi baholash yetarli emas. Ammo muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarning sabablariga mustaqil ekspertlar, maslahatchi va raqiblarning ko'zlari bilan qarash va solishtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan standartlardan, ya'ni etalon uchun qabul qilingan turli korxonalar, sohalar va boshqalar salohiyatlari raqobatbardoshligining baholaridan foydalanish foydalidir. Bu holda yutuqlarni o'zi tomonidan baholashga aniqlik, tuzatishlar kiritiladi va u endi korxonaning bozor tizimidagi haqiqiy holatiga mos keladi. Qadimgilarning aytishicha, dunѐning yaralishida so'z ѐtadi. Muvaffaqiyatli biznesning asosida esa nima ѐtadi? Biznes strategiya (uzoq muddatli maqsadlar)ni belgilashdan, ya'ni jamiyatda qabul qilingan va mustahkamlangan qonunlar, axloqiy me'ѐrlar, iste'molchilarning ruhiy qarashlari, milliy an'analar va h.k. ko'rinishidagi huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa standartlarni hisobga olish bilan kattaroq daromad olishga imkon beruvchi resurslar(xodimlar, moddiy-ashѐviy va boshqalar)ni muvofiq tanlab olishdan boshlanadi va u asosida taktika ishlab chiqiladi. Muvaffaqiyatli biznes strategiyasining umumiy ko'rinishini quyidagicha aks ettirish mumkin shartida max bu agar umuman ѐki korxona uchun ѐki faqat jamiyat uchun samarali bo'ladi. belgilanishlar tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi biznes samaradorligining haqiqiy va me'ѐriy darajasi: Dnr va Rnt tegishli ravishdagi t vaqti ichidagi korxonaning yig'ma daromadlari va resurslari; Dpo – soliqlar va ijtimoiy fondlarga ixtiѐriy to'lovlar to'langandan keyin korxona ixtiѐrida qoladigan daromadlar; Dpb – korxonaning respublika va mahalliy byudjetga topshirilgan daromadlari; Dpf – korxonaning ijtimoiy fondlarga ixtѐriy ajratmalar shaklida topshirilgan daromadlari; Ra – korxona tomonidan a vanslashtirilgan resurslar (korxonaning qiymatiy baholanishdagi barcha mavjud resurslari, shu jumladan rezerv qilingan ish joylari, xom-ashѐ, materiallarning me'ѐridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Rprim – korxona tomonidan qo'llanilgan resurslar (avanslashtirilgan resurslar minus foydalanilmagan resurslar, ya'ni zaxirali ish joylari, xom-ashѐ, materiallarning me'ѐridan ortiq zaxiralari, o'rnatilmagan uskunalar, sug'urta va tavakkalchilik fondlari); Ushbu formula umuman jamiyat nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli biznesni aks ettiradi. Chunki u soliqli byudjet tushumlari va ijtimoiy fondlarni shakllantirishda faol ishtirok etish hamda daromad va xarajatlarning faol balansi bilan raqobat qilishga qaratilgan. Bunday strategiyani amalga oshiruvchi korxonalar nafaqat raqobatbardosh salohiyatga egalar, balki davlatning iqtisodiy qudratini oshiradilar. G'arbda ular o'zlari o'sgan mamlakatlarining faxri bo'ladilar, ularning menejerlari esa – eng mashhur va nomi chiqqan kishilardir. Jahon amaliѐtida korxona faoliyatining asosiy natijalari daromadlar kategoriyasi bilan belgilanadi. Iqtisodiѐt tilida – sof foyda (soliqlar va ijtimoiy fondlarga ixtiѐriy to'lovlar to'langanidan keyin 369 korxona ixtiѐrida qoladigan foyda), ishlab chiqish bilan qo'shilgan qiymat (sotilgan tovarlar qiymati minus xarid qilingan tovar va xizmatlar qiymati), yalpi daromad (ijtimoiy to'lovlarni o'z ichiga oluvchi ish haqi fondi va plyus – balansli foyda). Barcha daromad korxona ixtiѐrida qoluvchi daromadlar va undan soliqlar, rentalar, to'lovlar, subsidiyalar, badallar, xayriyalar hamda raqobat natijasida (narxdagi ѐn berishlar, holatiy yo'qotishlar va h.k.) ko'rinishida undirib olinadigan daromadlarga bo'linadilar. Daromadlar odatda ishga kiritiladigan resurslar (asosiy fondlar va moddiy aylanma mablag'lar, avans qilib berilgan ѐki qo'llanilgan sarmoyalar) bilan tenglashtiriladi. Daromad va xarajatlar (sarmoyalar, mehnat, vaqt, bozor sig'imining o'zlashtirilgan ulushi)ning turli nisbatlarini ekspert yo'li bilan aniqlangan xuddi shunday standartlar bilan solishtirishda korxona salohiyati raqobatbardoshligini baholashga imkon beradi. Bunday baho bir qator ko'rsatkichlar va standartlar (normativlar)dan foydalanishga beriladi, unga erisha turib, korxona raqobatbardosh bo'ladi. Standartlarni ishlab chiqish usullari g'oyatda turli – tumanligi bilan ajralib turadi. Chunki rivojlangan mamlakatlardagi bozor munosabatlari amaliѐti asrdan ortiqqa tengdir. Hozir ular orasidan ekspertli balli baholarga afzallik berilmoqda. Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligi o'zgarishi – uning tijorat sirining o'zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo'ladi. Shunga qaramay biznes bo'yicha g'arb adabiѐtlarini ko'rib chiqib bozor holati va korporatsiyalarning iqtisodiy holatini kuzata turib, eng ahamiyatli va ko'proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakati ularning raqobatbardoshligi ostida ѐtuvchi indekslarini ajratish mumkin. 370 Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy – ijtimoiyga bo'linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinib ular yetarlicha ko'p ѐki nisbatan kam bo'lishi mumkin. Bu o'tkazilaѐtgan tadqiqotning kengligiga bog'liqdir. Minimum korxona salohiyatining iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya'ni: ashѐviy va axborot resurslari, iqtisodiy kenglik vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu indikatorlardan kelib chiqqan holda korxona salohiyati iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashning u ѐki bu metodikasini tanlash mumkin. Ularni aniq misolda namoyish qilamiz.

……
Barcha ko'rsatilgan indikatorlar (ѐki ularning boshqa majmuasi) faqat majmuaviy holda quyidagi savolga javob berishga imkon beradi: korxona salohiyati qanchalik raqobatbardosh? Baribir bunday indekslarning hatto eng mukammal majmuasiga ega bo'lish ham yetarli bo'lmaydi. Yana raqobat kurashining turli darajalari va ularga berilgan indikatorlarning miqdori haqidagi axborotlar olinishi va tartibga solinishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun avvalo me'ѐriy ko'rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Bunday darajalar tadqiqotning maqsadlariga ko'ra, bir nechta bo'lishi mumkin. Ulardan eng muhimlarini ajratamiz. Bu jahon yetakchisi (etakchi firmalar uchun indikatorlarning aniq miqdorlarini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar); jahon standarti (ekspert yo'li bilan olingan me'ѐriy ko'rsatkichning o'rtacha darajasi, unga chiqish korxonani etalon-mo'ljallar safiga kiritilganligini bildiradi ); xalq xo'jaligi yetakchisi; xalq xo'jaligi standarti; sohaviy yetakchilik; sohaviy standart darajalari; chegaraviy daraja (undan keyin korxona raqobatbardosh bo'la olmaydi). Raqobatbardoshlikning har bir darajasiga aniq ko'rsatkichlar ko'rinishidagi indikatorlarning belgilangan majmuasi mos keladi. Ularning barchasi korxona salohiyati raqobatbardoshligining matritsasini tashkil qiladilar, unda tanlab olingan ko'rsatkichlarning nisbiy miqdorlari va ularning foizli-balli aks ettirilishi aks ettiriladi (9.3.2-jadval). Ushbu matritsani aniq ko'rsatkichlar bilan to'ldirish oson ish emas. U korxonada malakali aqliy markazni mavjud bo'lishini, raqiblar tomonidan yashirilgan tijorat sirini qo'shish va o'zinikini saqlab qolish hamda axborot manbalarini, shu jumladan xorijnikini qo'shimcha o'rganish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda - bu “oltin ѐqachalar”: maslahatchilar, menejerlar, olimlar, yuristlar, tizim tahlilchilari, hokimiyat va hokimiyatning parlament tuzilmalarining sobiq 373 a'zolari va boshqalarning oddiy ishi bo'lsa ham. Bunday ishsiz obro'li va o'zini hurmat qiluvchi firma biznesdagi uzoq muvaffaqiyatga umid qila olmaydi. Bunday ishning sifati va hajmi ko'proq firmaning iqtisodiy salohiyatiga bog'liq va yetarlicha oddiy shaklda bo'lishi mumkin.



Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə