Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124739
1   2   3   4
3627-Article Text-7154-1-10-20220529

Korxona moliyaviy 
strategiyasini ishlab 
chiqish printsiplari
2. Korxona 
operatsion 
faoliyati bazaviy 
strategiyalarini 
hisobga olish
3. Moliyaviy 
faoliyatni 
strategik 
boshqarishni 
tadbikorlik 
stiliga maqsadli 
yo‘naltirish
4. Strategik 
moliyaviy 
rivojlanishning 
dominant 
sohalarini 
belgilash
5. Moliyaviy 
strategiyaning 
moslashuvchanli
-gini ta’minlash
6. Strategik 
moliyaviy 
tanlovlarning 
muqobilini 
tanlash
7. Moliyaviy 
faoliyatda 
texnologik 
rivojlanish 
natijalaridan 
doimiy 
foydalanishni 
ta’minlash
8. Strategik 
moliyaviy 
qarorlar qabul 
qilish jarayonida 
moliyaviy risklar 
darajasini 
hisobga olish
9. Moliyaviy 
strategiyani 
amalga 
oshirishni 
professional 
moliyaviy 
menejerlarga 
yo‘naltirish
10. Ishlab 
chiqilgan 
11.moliyaviy 
strategiyaning 
tashkiliy 
tuzilmaga 
muvofiqligini 
ta’minlash
1. Korxonani 
o‘z-o‘zini tashkil 
etishga qodir 
ochiq tizim 
sifatida qarash
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1649


sub’ektlari tashqi omillar bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan keskin raqobat 
muhitida faoliyat yuritishi bilan bog‘lashimiz mumkin bo‘ladi. Ya’ni bugungi kunda 
xo‘jalik sub’ektlari ochiq tizim sifatida boshqa sub’ektlar bilan moliyaviy 
munosabatlarga kirishishi talab etiladi. 
 
2. Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalarini hisobga olish printsipi esa 
o‘z navbatida xo‘jalik sub’ektlari o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatlarida ustuvorlik kasb 
etuvchi asosiy faoliyat sohalari yuzasidan belgilangan moliyaviy strategiyalarga 
tayanish lozimligini o‘zida ifodalaydi. Shu boisdan xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy 
strategiyasi doirasida belgilangan aniq maqsadli ko‘rsatkichlar va asosiy faoliyat 
yo‘nalishlari bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro uzviy bog‘liq holda 
belgilanishini taqozo etadi. Aynan bazaviy moliyaviy strategiyalarga tayanish xo‘jalik 
sub’ektlari moliyaviy strategiyasining ham asosli bo‘lishigi ham xizmat qiladi va 
istiqbolda amalga oshirish imkoniyatlarini oshiradi.
 
3. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbirkorlik stiliga maqsadli 
yo‘naltirish printsipi.[8] Bizga ma’lumki, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini yuritish yo‘nalishi tadbirkorlik stili sifatida baholanib, agressiv, mo‘’tadil 
va konservativ faoliyat yo‘nalishlari sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Agressiv moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatidagi tadbirkorlik stili o‘z-o‘zidan yuqori moliyaviy risklar sharoitida 
amalga oshiriladi va bunda moliyaviy risklarni boshqarishga ham ustuvorlik beriladi. 
O‘z navbatida mo‘tadil tartibda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish stili o‘rtacha 
tipda yuqori moliyaviy riskli qarorlar qabul qilinmasdan tadbirkorlik faoliyatini 
yuritishga asoslanadi. Konservativ yondashuv esa o‘z-o‘zidan cheklangan, tor 
doiradagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati orqali o‘ta past darajadagi moliyaviy risklar 
sharoitida faoliyatni amalga oshirishga qaratiladi. Keltirilayotgan jihatlar xo‘jalik 
sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasiga ham ko‘chib o‘tadi. Ya’ni hech qachon 
agressiv stilda bozorni kengaytirish, yangi bozorlarni egallashga qaratilgan xo‘jalik 
sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyalari mo‘’tadil yondashuv yoki konservativ 
stilda ishlab chiqilmaydi yoki aksincha.
 
4. Istiqbolli moliyaviy rivojlanishning dominant sohalarini belgilash printsipi. [9] 
Mazkur printsip xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini belgilashda 
eng muhim printsiplardan biridir. Umuman dominant sohalar har qanday moliyaviy 
strategiyani belgilashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunda dominant sohalar 
sifatida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq moliyaviy 
jihatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodchi olim I.A.Blank izohlashicha, korxona 
moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda moliyaviy faoliyatni rivojlantirishning 
dominant sohalari sifatida korxona moliyaviy resurslarini shakllantirish strategiyasi
korxona moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi, korxona moliyaviy 
xavfsizligini ta’minlash strategiyasi, korxona moliyaviy faoliyatini boshqarishning 
sifatni oshirish strategiyalarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagilardan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1650


kelib chiqqan holda ta’kidlab o‘tishimiz mumkinki, korxonalarda moliyaviy ta’minot 
strategiyasi bir tomondan arzon kapital jalb qilish masalasiga qaratilsa, ikkinchi 
tomondan moliyaviy ta’minot uzluksizligi masalasini hal qilishni nazarda tutadi. 
Moliyadagi eng muhim tushunchalardan biri bu risk va qaytim bo’lib, u uchinchi 
tamoyil - “Risk mukofot talab qiladi” ning asosini tashkil qiladi. Investitsion riskning 
muqarrar va mavjudligini ko’rish uchun sizdan, shunchaki, 2007 yildan 2012 yilgacha 
bo’lgan 5 yillik muddat davomida fond birjalarida nimalar sodir bo’lganligiga bir nigoh 
tashlashingizning o’zi kifoya. Misol uchun, siz 2007 yilda Standard & Poor’s 500 
Indeksiga kiruvchi aksiyalardan tashkil topgan portfelni sotib olib, uni 2009 yilning 
fevralida sotganingizda, siz o’z investitsiyangiz qiymatining 54 foizini yo’qotgan 
bo’lar edingiz. Va aksincha, siz aksiyalarni 2009 yilning fevralida sotib olib, ularni 
2012 yilning martigacha ushlab turganingizda, siz 105 foizlik foydaga ega chiqishingiz 
mumkin bo’lardi. Shu tariqa, agar siz 2007-2012 yillarda, ya’ni to’liq 5 yil davomida 
aksiyalar portfelini ushlab turganingizda, siz baribir investitsiyangizning 10 foizidan 
ayrilgan bo’lar edingiz.[10] 
Keyingi yillarda risklar tadqiq etilgan qator ilmiy ishlarda ularni 
minimallashtirishni amalga oshirish borasida ma’lum natijalarga erishish 
ta’kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar 
mavjudligini alohida qayd etish lozim. Xususan, bu jarayonda risklarning mohiyati, 
ularning yuzaga kelish sabablari va o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, oqibatlarini 
kamaytirishga qaratilgan faoliyat, ya’ni risk-menejment imkoniyatlarini tadqiq etish 
iqtisodiy fanlarning dolzarb mavzularidan biri hisoblanishini qayd etish o‘rinlidir. 
Mazkur tadqiqotlar jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari 
birmuncha orttirib ko‘rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishiga bo‘lgan 
talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar “moliyaviy risk” 
tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu yo‘nalishda tadqiqotlar 
olib borilishi kerakligini ta’kidlash lozim. 
Riskni baholash - bu riskni tahlil qilish, uning yuzaga keladigan ta’sirlarini 
aniqlash, umumiy ko‘rsatkichlarini o‘zgarish chegaralarini ishlab chiqishdan iboratdir. 
Risklarni iqtisodiyotning bir qancha omillari hisobga olgan holda baholanadi. Bu 
ko‘rsatkichlarni ekspertlar balli tizimda baholaydilar va shu asosda risklarni ma’lum 
toifalarga bo‘lgan holda, ta’sir darajasi o‘rganiladi Har hil turdagi risklarni baholash 
miqdori uchun quyidagi kattaliklardan foidalaniladi [7]. 
R=

𝑁
𝑗=1
𝑅
𝑗
𝑄
𝑗
𝑅
𝑗
=
1
𝑚

𝑛𝑗
𝑖=1
𝑅
𝑖𝑗
𝑄
𝑖𝑗
Bu erda - 
𝑅
𝑖𝑗
- jturdagi riskning i-chi omili orqali baholash bali; 
𝑄
𝑖𝑗
- j turdagi riskka i-chi omilning ta’sir darajasi; 
𝑛𝑗
- j turdagibaholashda hisoblanadigan omillar soni; 
𝑚
- omillar orqali risni baholash balining miqdorini kengligi; 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1651


𝑄
𝑗
- j turdagi riskning ta’sir darajasi; 
𝑅
𝑗
- j turdagi riskning baholash miqdori; 
R - riskning umumlashtirilgan ko‘rsatkichi. 
Alohida olingan riskni baholash balini hisoblashda quyidagi qoydalarga amal 
qilinadi: 

Baholanayotgan har qanday omil ball miqdori chegarasi 0
< 𝑅
𝑖𝑗
< 𝑚
oralig‘ida 
bo‘lib, 0 da 
𝑗
turdagi riskning darajasi juda past bo‘lib 
𝑚
da esa eng yuqori daraja 
hisoblanadi. 

Baholanayotgan har qanday riskda omillar va risklarning ta’sir darajasi 0 va 1 
oralig‘ida bo‘lib, quyidagi shartlar bajariladi: 

𝑁
𝑗=1
𝑄
𝑗
= 1 

𝑛𝑗
𝑖=1
𝑄
𝑖𝑗
= 1 
Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda topilgan risklarning baholash miqdori 
va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari qiymati quyidagi oraliqlarda topiladi 0 
≤ 𝑅
𝑖𝑗

1, 

≤ 𝑅
𝑗

1.
Risklarning miqdorini baholashda olimlar har hil miqdorlaridan foydalanishga 
xarakat qiladilar, masalan baholashning empirik miqdori quyidagicha ko‘rinishga ega 
bo‘ladilar 
Risklarni baholashning empirik miqdori [7] 
№ Riskning ko‘rsatkichlar darajasi 
Riskning nomlanish chegaralari 






0.0-0.1 
0.1-0.3 
0.3-0.4 
0.4-0.6 
0.6-0.8 
0.8-1.0 
Juda kichik risk 
Kichik 
O‘rtacha 
Yuqori 
Maksimal holat 
Tig‘iz holat 
Riskni baholashning variatsiya miqdori [7] 
№ Riskning ko‘rsatkichlar darajasi 
Riskning nomlanish chegaralari 



0.1
gacha 
0.1
dan 0.25 gacha 
0.25 dan yuqori 
Kuchsiz formasi 
O‘rtacha formasi 
Yuqori formasi 
Riskni baholashning eng optimal darajasi 0.3 koeffitsient bo‘lib, inqirozlik 
koeffitsenti esa 0.7 dan yuqori bo‘lgan ko‘rsatkichlar hisoblanadi 
Riskni baholashning optimal miqdori [7] 
№ Riskning ko‘rsatkichlar darajasi 
Riskning nomlanish chegaralari 




0.25 gacha 
0.25-0.50 
0.50-0.75 
0.75 dan yuqori 
Qabul qiluvchi 
Ruxsat etilgan 
Tig‘iz holat 
Izdan chiqish holati 
Risklarni baholash, asosan uchta usul orqali amalga oshiriladi:[11] 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1652


1.
Statistik ma’lumotlar asosida yuzaga keladigan axborotlarni oldinigi yilga 
nisbatan tahlil qilish; 
2.
Nazariy jihatdan tahlil qilish; 
3.
Ekspertlar orqali umumiy hulosalar chiqarish. 
Moliyaviy risklarni baholash usullari jahon amaliyotida juda ko‘p ishlab chiqilgan 
bo‘lsada, ularni tadbiq etish, amaliyotda qo‘llash hamisha kutilgan natijani bermagan. 
Moliyaviy risklarni baholash usullaridan, ularni darajasini kamaytirish, oldini olish 
uchun jahon bozorida ko‘pgina operatsiyalardan foydalaniladi. Masalan, xedjirlash, 
svop operatsiyalari, spot operatsiyalari, fyuchers, optsion, sug‘urta qilish va VaR 
koeffitsentlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. 
Xulosa 
1. Moliyaviy risklami boshqarish deganda, risk subyektlarining (korxona 
menejeri, risk menejeri, bodimlarga ma‘sul hodimlar) risk obyekti (korxonanining, risk 
ta‘siri ostida qolayotgan, moddiy boyliklari yoki jarayoni) ustidan risk omillari (ichki 
va tashqi) ta‘sirini aniqlash, baholash, kamaytirish va nazorati jarayoni tushuniladi. 
Korxonalaming moliyaviy risk boshqaruvi doiraviy va davomiy xususiyatga ega 
bo‘lib, u korxonaning barcha biznes jarayonlari va loyihalarini o‘z ichiga oladi 
2. Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish uchun eng birinchi qilinadigan ish 
bu ularni aniqlash hisoblanadi. Buning uchun, korxonalar moliyaviy risk tasnifidan 
foydalanishi o‘rinli bodadi. Tadqiqotda, moliyaviy risklarni korxonalar amalga 
oshiradigan operatsiyalari bo‘yicha 4 guruhga ajratildi: asosiy, moliyaviy, investitsion 
va soliq faoliyatini amalga oshirishda vujudgan keladigan risklar 
3. Moliyaviy risklarni boshqarishda u keltirgan oqibatni bartaraf etishdan ko‘ra, 
keltirib chiqaruvchi omillarini oldini olish samara berishi aniqlandi. Shunga ko‘ra, risk 
omillariga ichki va tashqi omillar sabab bodishi va ularning har biri boshqarilib bodishi 
va boshqarib bodinmasligi mumkinligini aniqlandi 
4. Moliyaviy rejalashtirish yo‘nalishlari sifatida rivojlanishning dominant 
sohalariga, ya’ni resurslarni shakllantirish, resurslardan samarali foydalanish, risklarni 
boshqarish asosida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash, moliyaviy boshqaruv sifatiga 
jiddiy e’tibor qaratilishi, qulay biznes muhiti yaratilishiga imkoniyat yaratadi. 
5. Xo‘jalik sub’ektlarining operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyatlarida 
dekada, oylar va choraklar bo‘yicha byudjetlashtirishni tashkil etish, ularning doimiy 
to‘lovga layoqatliligini ta’minlaydi va to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga 
imkoniyat beradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə