Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix25.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24-33

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
14-to’plam yanvar 2023 
 
27 
Mazkur jihatlar korporativ moliya strategiyasiga ham bevosita daxldordir. 
Shuningdek, iqtisodchi olim I.A.Blank tomonidan “Moliyaviy strategiya 
korxonaning muhim funktsional strategiyalaridan biri bo‘lib, tashqi vositalar 
o‘zgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, 
ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yo‘llarini tanlash, moliyaviy 
resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo‘nalishlarini korrektirovka qilish 
yo‘lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha 
asosiy yo‘nalishlarini ta’minlashni o‘zida aks ettiradi” [5], deya izohlanadi. Xo‘jalik 
sub’ektlari miqyosida korporativ moliyaviy strategiyani shakllantirish va amalga 
oshirish ham mikrodarajada, ham makrodarajada iqtisodiy rivojlanishni 
ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyatini samarali tashki etish orqali yuqori moliyaviy natijaga erishishda 
korporativ moliyaviy strategiyaning ahamiyatli jihatlari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 1. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi keskin 
raqobat muhitida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan 
tashqi omillarni hisobga olinadi. 2. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy 
strategiyasi ichki imkoniyatlar, xususan resurslar ta’minoti, jumladan, moliyaviy 
resurslar uzluksizligi, investitsion faoliyat samaradorligi va qaytimi, moliyaviy 
risklarni boshqarish imkoniyatlari, kadrlar salohiyati borasidagi imkoniyatlarga 
asoslanadi. 3. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasi, avvalo, 
makroiqtisodiy rivojlanish holati va shart-sharoitlariga, kutilayotgan istiqbolli 
prognozlarga mos holda belgilanadi. 1-rasm. Korxona moliyaviy strategiyasini 
ishlab chiqish printsiplari [6] 4. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ moliyaviy 
strategiyasi asosida aniq maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olingan davr nuqtai 
nazaridan joriy va tezkor moliyaviy rejalashtirish strategik moliyaviy 
rejalashtirishga o‘zaro bog‘liq holda tashkil etiladi. 5. Xo‘jalik sub’ektlari korporativ 
moliyaviy strategiyasi aniq ko‘rsatkichlar tizimiga asoslanishi lozim. Xo‘jalik 
sub’ektlari korporativ moliyaviy strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə