Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix25.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24-33

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
14-to’plam yanvar 2023 
 
30 
mumkinki, korxonalarda moliyaviy ta’minot strategiyasi bir tomondan arzon kapital 
jalb qilish masalasiga qaratilsa, ikkinchi tomondan moliyaviy ta’minot uzluksizligi 
masalasini hal qilishni nazarda tutadi. Moliyadagi eng muhim tushunchalardan biri 
bu risk va qaytim bo’lib, u uchinchi tamoyil - “Risk mukofot talab qiladi” ning 
asosini tashkil qiladi. Investitsion riskning muqarrar va mavjudligini ko’rish uchun 
sizdan, shunchaki, 2007 yildan 2012 yilgacha bo’lgan 5 yillik muddat davomida 
fond birjalarida nimalar sodir bo’lganligiga bir nigoh tashlashingizning o’zi kifoya. 
Misol uchun, siz 2007 yilda Standard & Poor’s 500 Indeksiga kiruvchi aksiyalardan 
tashkil topgan portfelni sotib olib, uni 2009 yilning fevralida sotganingizda, siz o’z 
investitsiyangiz qiymatining 54 foizini yo’qotgan bo’lar edingiz. Va aksincha, siz 
aksiyalarni 2009 yilning fevralida sotib olib, ularni 2012 yilning martigacha ushlab 
turganingizda, siz 105 foizlik foydaga ega chiqishingiz mumkin bo’lardi. Shu tariqa, 
agar siz 2007-2012 yillarda, ya’ni to’liq 5 yil davomida aksiyalar portfelini ushlab 
turganingizda, siz baribir investitsiyangizning 10 foizidan ayrilgan bo’lar 
edingiz.[10] Keyingi yillarda risklar tadqiq etilgan qator ilmiy ishlarda ularni 
minimallashtirishni amalga oshirish borasida ma’lum natijalarga erishish 
ta’kidlansada, mazkur jabhada hamon o‘z echimini kutayotgan qator muammolar 
mavjudligini alohida qayd etish lozim. Xususan, bu jarayonda risklarning mohiyati
ularning yuzaga kelish sabablari va o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, oqibatlarini 
kamaytirishga qaratilgan faoliyat, ya’ni risk-menejment imkoniyatlarini tadqiq etish 
iqtisodiy fanlarning dolzarb mavzularidan biri hisoblanishini qayd etish o‘rinlidir. 
Mazkur tadqiqotlar jarayonida, bir tomondan, risk-menejmenti imkoniyatlari 
birmuncha orttirib ko‘rsatilishi moliyaviy risklar nazariyasi yaratilishiga bo‘lgan 
talabni oshirgan bo‘lsa, boshqa tomondan, shu kunga qadar “moliyaviy risk” 
tushunchasining mohiyati to‘laligicha ochib berilmaganligi, bu yo‘nalishda 
tadqiqotlar olib borilishi kerakligini ta’kidlash lozim. Riskni baholash - bu riskni 
tahlil qilish, uning yuzaga keladigan ta’sirlarini aniqlash, umumiy ko‘rsatkichlarini 
o‘zgarish chegaralarini ishlab chiqishdan iboratdir. Risklarni iqtisodiyotning bir 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə