Koxlear implantli bolalar bilan ish



Yüklə 1,49 Mb.
səhifə1/38
tarix11.12.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#145232
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
KOXLEAR DARSLIK 27.06.22


Abdullayeva Gavhar Saparovna


KOXLEAR IMPLANTLI BOLALAR BILAN ISH

Darslik


Chirchiq 2022

Taqrizchilar:


F.U. Qodirova – Toshkent viloyati ChDPU “Maxsus pedagogika” kafedrasi mudiri, p.f.d., dotsent.
Z.N. Mamarajabova – Nizomiy nomidagi TDPU “Inklyziv ta’lim va surdodagogika” kafedrasi mudiri, p.f.d., professor.

Ushbu darslik Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti Ilmiy Kengashining tomonidan 2022 yil yun -sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.


Kirish
Jahonda imkoniyati cheklangan bolalar va kattalarning ijtimoiy reabilitasiyasi, mobil' adaptasiyasini rivojlantirishning innovasion mexanizmlari amaliyotga keng joriy etilmoqda. YuNESKO tomonidan qabul qilingan “Ta'lim hamma uchun” xalqaro dasturi asosida rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalarning imkoniyatlariga mos ta'limni tashkil qilish, ularni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlarda faol ishtirok etishga tayyorlash, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda ijtimoiy faollik motivasiyasini rivojlantirish, imkoniyati cheklangan bolalarning g‘urur va qadr-qimmatini oshirish orqali inklyuzivlashgan jamiyatga erishish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.


Jahonda ta'lim barcha uchun hamda bir umrlik ta'lim tamoyillariga asoslangan inklyuziv ta'limni tashkil etishning ilg‘or tendensiyalari hamda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashning variativ texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha AQSh, Fransiya, Germaniya, Koreya, Ukraina, Avstriya, Rossiya, Belorussiya, Qozog‘iston davlatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Nogironlikni erta aniqlash va o‘rnini qoplash texnologiyalari yordamida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning maktabgacha va maktab ta'limini samarali egallash imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2020 yil 13 oktyabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4680-sonli qarorlarini1 hayotga tatbiq etishdan asosiy maqsad bolalarni qanday rivojlanishidan qat’iy nazar, milliy mafkura asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs etib tarbiyalashdan iborat. Undan maqsad bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanganlik darajasi hamda о‘zlashtirish imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularga mos ravishda ta’lim mazmunini belgilashga pirovard natijada tо‘liq maktabga tayyorlashga qaratilgan.2 О‘zbekiston inson hayotini himoyalashda, jamiyat fuqarolarining alohida yordamga muhtoj bо‘lgan qatlamiga, ya’ni ularning yashash, ta’lim olish, jamiyatda о‘z о‘rinlarini topish masalalariga e’tibori doirasini tobora kengaytirib borayotgan davlatlardan biri ekanligi jahon hamjamiyati tomonidan tobora keng e’tirof etilmoqda. Ya’ni barcha islohatlarning markazida bо‘lgan ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub о‘zgarishlar uning tarkibiy qismi hisoblangan maxsus ta’lim tizimini ham qamrab olmoqda. Sо‘nggi yillarda maxsus ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tadbirlar nafaqat sohaning moddiy-texnika bazasi, balki ta’lim sifatini ta’minlashni ham nazarda tutadi.
Jahon Sog’liqni saqlash Tashkilotining 2021 yil 20 mart ommaviy axborot vositalarida ee’lon qilgan ma’lumotnomasida jahon miqyosida ehitishda nqsoni bor shahslar to’grisi haqida yangi dalil va raqamlar keltirilgan. Shunga ko’ra, Butun dunyo aholisining 8 % ortig’i, yoki jami 466 million odam (bularning 432 millioni katta yoshdagilar, 34 millioni bolalar). Tahminlarga ko’ra 2050 yilga kelib, 900 milliondan ziyod odamlar karlik shitmaslik tufayli nogironlikka mahkum bo’ladilar.
Respublikamizda 2019 yili bolalarda 3000 ta og’ir karlik va ehitishi zaiflik holati aniqlangan bo’lsa, 2021 yili esa, zamonaviy diagnostika usullaridan foydalangan holda, o’tkazilgan adio skrinning bo’yicha bu ko’rsatkich 5 mingdan oshdi.
Respublikamizda har yili tg’ilish soni 730-770 ingga etganligi ahamiliyatlidir. E’tiborlisi, tishfokor-mutaxassislarning ilmiy-tibbiy kuzatishlariga ko’ra, mazkr tg’ilgan chaqloqlarning 300-500 tasi koxlear –implantatsiyaga muhtojdir. Shuning o’ziyoq, zimmamizga lkan vazifalar, ma’sliyatlar yuklaydi, albatta.
Eshitish qobiliyati yo’qolgan yoki zaiflashgan ming-minglab nogironlarning mushkulini engil qilish uchun ko’plab maxsus eshituv moslamalari mavjud.Blar koxlear implantantlar va boshqa yordamchi vositalardir.
Ma’lumki, koxlear implantatsiya-kimmatbaho eshituv moslamasidir. Buning tarkibiga kirgan qo’shimcha yordamchi vositalarning mmiy narhi o’rtacha 150-300 million so’mni tashkil etadi. Eshitv moslamasining asosi esa qimmatbaho koxlear implant hisoblanadi bu noyob vosita dunyoning 5ta davlatida, shulardan biri Avstriya korporatsiyasining jahonga mashhur “Medel” va “Koxlear” kompaniyalarda ishlab chiqariladi. Mazkr tashkilot bilan respublikamizda yaqin hamkorligimiz davom etmoqda.
2020 yilning 18 dekabr kuni «Zamin» fondi Vasiylik kengashining raisi Ziroat Mirziyoeva dasturda ishtirok etayotgan 36 nafar bolalar, ularning ota-onalari va shifokorlar bilan uchrashdi. Ishtirokchilar jarrohlik amaliyotining natijalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Fondning dasturiga ko‘ra, kelgusi yilda ham ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilari uchun 30 dan ortiq koxlear implantasiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Darslikda koxlear implantli bolalar bilan ish asosiy reabilitatsiya ishlari ochib berilgan, eshitishda nuqsoni bo’lgan koxlear imalantantli bolalar bilan olib boriladigan logopedik ish yo‘nalishlari; eshituv idrokini va boshqalar nutqini tushunishini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan usullarni; koxlear implantantli bolalarda eshituv idroki va tovush talaffuzi korreksiyasi; ularda lug‘at boyligini oshirish; nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish. Ulardagi faol nutq va intellektual nogiron shaxslarni ijtimoiy reabilitasiyalash va moslashtirish uchun mo’ljallangan.


Koxlear implantli bolalarda nutq nuqsoni shakllarini hisobga olib bola bilan individual ishlarning istiqbol rejasini tuzish; individual va frontal korreksion-rivojlantiruvchi dasturlar ishlab chiqish; koxlear implantli bolalar bilan individual va frontal mashg‘ulotlar konspektlarini tuzish; koxlear implantli bolalarga korreksion maqsadda eshituv idrokini va nutqni rivojlantiruvchi usullar, metodikalar, didaktik o‘yinlar, texnologiyalarni tanlay olish va logopedik mashgulotlar davomida qo‘llash ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Darslikling maqsadi talabalarga koxlar implantli bolalar bo‘yicha olgan bilimlarini o‘z ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarida qo‘llay olish; koxlear implantli bolalar eshituv idrokini va nutqini rivojlantirishning zamonaviy metod va texnologiyalarini amaliyotga foydalanishdan iborat.
Ushbu bilimlarni o’zlashtirish: "Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari", "Nevropatologiya", "Neyrofiziologiya", "Neyropsixologiya", "Psixolingvistika", "Logopediya", “Adiologiya va surdotexnika” kabi oldingi o’quv kurslariga tayanadi. Talabalarning yuqoridagi kurslar bo‗yicha egalangan bilimlari ularning nutq buzilishi etiologiyasi, mexanizmlari, belgilarini tushunishlariga yordam beradi, nutq patologiyasi mavjud shaxslarga kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik ta'sir ko‗rsatishdan mazmunli foydalanish imkoniyatini taqdim etadi. Korreksion ishning turli usul va metodlarini bilish talabalarga reabilitasiya usulllari tizimida koxlear implantli bolalar bilan ish fanning o’rnini aniqlash imkonini beradi.
Darslik amaldagi dasturga muvofiq yozilgan bo’lib, 3 qismdan tashkil topgan.
Birinchi qismda ("Koxlear implantli bolalar reabilitatsiyasining nazariy asoslari") mazkr fanning predmeti, tamoyillari, usullari, tabiiy-ilmiy asoslari ko’rsatib berilgan; ushbu fanning asosiy tushunchalarini ochib berilgan.
Ikkinchi qismda ("Koxlear implantantli bolalar reabilitatsiyasining umumiy tizimida logopedik ishlarning o‘ziga xosligi ") koxlear implantli bolalarda nutqiy tizim va og‘zaki nutqni rivojlantirishning o‘ziga xosligi bayon etilgan.
Uchinchi qismda ("Mutaxassislar va koxlear implantli bolalar ota-onalari bilan logopedning hamkorlik shallari ") Surdopedagog, surdolog ,logoped va ota-onalarning hamkorlik shakllari uchun tashkiliy-metodik tavsiyalar berilgan.
Darslikning mazmuni asosan maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi koxlear imlantli bolalarga qaratilgan. Bu, birinchidan, nutq buzilishlarining katta qismi maktabgacha yoshda yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq; ikkinchidan, mamlakatda maktabgacha nutq muassasalari tarmog’ini kengaytirilmoqda va koxlear implantli bolalar bilan reabilitatsiya ishlar tizimini ishlab chiqish zarurati tug’ilmoqda. Zarur hollarda o’smirlar va kattalar bilan ishlash xususiyatlari yoritib boriladi.


Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə