Kukunsimon metallar haqida ma’lumot



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#162953
1   2   3   4   5   6   7
murod

Fizik-kimyoviy usullar bilan kukunlar olishda boshlang‘ich materialning kimyoviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni oksidlardan kimyoviy qaytarish, suyultirilgan tuzlarni elektroliz qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-kimyoviy usullar hisoblanadi. Oksidlardan materiallarni kimyoviy qaytarish gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod keng qo‘llaniladi. Kimyoviy qaytarish natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik-kimyoviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1-100 mkm o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal, sirkoniy va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 200-300°C haroratda metall kukuni va uglerod oksidiga parchalanadi. Gidrogenizasiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan yuviladi, metall kukuni esa 8-20 mkm o‘lchamli dendritlardan tashkil topadi.

ПУВ-300 qurilmasi




1-xomashyo bunkeri; 2-kukun ta’minlagichlar; 3-plazmogenerator; 4-reaktor; 5-cho’kish kamerasi; 6-filtr bloklari; 7-shnek; 8-idish

Kukun metallurgiyasi - metallurgiya metall va metallmas kukunlar ishlab chiqarish va ulardan buyumlar tayyorlash sohasi. Metall bilan metallmas materiallar kukunidan tayyorlanadigan materiallar metallokerami qotishmalar, metall kukunidan tayyorlanadigan materiallar esa kukun qotishmalari deb ataladi. Metall kukunlardan buyumlar tayyorlash printsipini dunyoda birinchi marta 1826 yilda rus metallurglari P.G. Sobolevskiy va V. V. Lyubarskiy yaratishdi; plativa kukunini presslab va pishirib buyum tayyorlashgan. Keyinchalik rus olimi N. N. Beketov 1865 yilda baʼzi metallar kukunini olishning nazariy asoslarini bayon kildi. 20-asrning boshlariga kelib Kukun metallurgiyasi usullari AQSH, Germaniya, Angliya, Rossiya sanoatlarida qoʻllanila boshlandi.Kukunlardan metall materiallar (buyumlar) ishlab chiqarish uchun, dastlab, metallar yoki metallar bilan metallmas materiallarning mayin kukunlari tayyorlanadi. Metall kukunlari tayyorlashda, asosan, qattiq metallarni mexanik maydalash, metallarning qattiq birikmalarini (metall oksidlarini) qaytarish, elektroliz, suyuq metallarni purkash usullari qoʻlla-niladi. Soʻngra kukunlardan dastlabki maʼlum kimyoviy tarkib va xossali aralashma (shixta) tayyorlanadi va undan kerakli buyumning zagotovkasi qoliplarga solib tayyorlanadi hamda presslanadi, keyin asosiy komponen-tning suyuqlanish temperaturasidan pastroq temperaturada, asosan, elektr pechlarda qovush-tirilgan zagotovkalarga sovuqlayin yoki qizdirib qoʻshimcha ishlov beriladi.

Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə