Kukunsimon metallar haqida ma’lumot


Metallokeramik qotishmalar



Yüklə 46,25 Kb.
səhifə4/7
tarix27.12.2023
ölçüsü46,25 Kb.
#162953
1   2   3   4   5   6   7
murod

Metallokeramik qotishmalar (kesuvchi asboblar, burgilar, shtamplar va boshqa tayyorlash uchun ishlati-ladigan krtishmalar)dan yasalgan as-boblarning kesish xossalari 1000° da ham saqlanib qoladi. Metallokeramik qotishmalar tarkibiga volfram kar-bidi, titan karbidi va kobalt kiradi.
Quyish yoʻli bilan hosil qilib boʻlmaydigan qotishmalarni ham Kukun metallurgiyasi usullaridan foydalanib olish mumkin. Boʻlarga gʻovak antifriksion kukun qotishmalari kiradi. Ular qora va rangli metallar kukunlaridan tayyorlanishi mumkin. Bu qotishmalardan avtomobil dvigatellarining porshen halqalari, oʻzoʻzidan moylanadigan podshipniklar va mashivalarning ishqalanuvchi boshqa detallari tayyorlanadi.Kukun metallurgiyasi usullari qiyin suyuqlanuvchi (suyuqlanish temperaturasi yuqori) volfram, molibden, tantal, titan, niobiy va boshqa olishga ham imkon beradi. Buning uchun shu metallarning oksidlari vodorod oqimida qaytarilib, kukun holidagi toza metallar olinadi va presslanib, briket qilinadi, ular maʼlum temperaturagacha qizdirilib qovushtiriladi. Qovushtirilgan metall ikki elektrod orasiga oʻrnatilib, elektr toki bilan qizdiriladi, bolgʻalanadi yoki prokatlanadi. Fizik-kimyoviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar granulometrik tarkibi bo’yicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda, 0,5-10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10-40 mkm o‘lchamli mayda, 40-150 mk o‘lchamli o‘rtacha mayda va 150-500 mkm o‘lchamli yirik xillarga bo‘linadi. To‘kilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologik xarakteristikalari hisoblanadi.
To‘kilish massasi erkin to‘kilgan 1 sm kukunning grammlarda o‘lchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas to‘kilish massasiga ega bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi. Olinish usuliga qarab, bitta kukunning to‘kilish massasi turlicha bo‘lishi mumkin. G’ovakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash uchun to‘kilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va mashinalarning turli detallarini tayyorlashda esa to‘kilish massasi katta kukunlardan foydalanish lozim.
Oquvchanlik-kukunning qolipni to‘ldira olish qobiliyatidir. U ma’lum diametrli teshik orqali kukunning o‘tish tezligi bilan xarakterlanadi. Kukun zarralarining o‘lchami kamayishi bilan uning oquvchanligi yomonlashadi.Kukunning qolipni bir tekis to’ldirishi va presslashda zichlanish tezligi ko‘p jihatdan oquvchanlikka bog’liq.

Yüklə 46,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə