Kun tartibi



Yüklə 15,95 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü15,95 Kb.
#157265
ilmiy seminar bayonnoma


Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi tomonidan o’tkazilgan ilmiy seminar
BAYONNOMASI

2023-yil 21-noyabr Termiz shahri


Ishtirok etdilar: Boshlang`ich ta’lim metodikasi professor-o`qituvchilari,
magistrlar va iqtidorli talabalar


KUN TARTIBI:

Boshlang’ich ta’lim talabalarining ilmiy faoliyatini olib borishini tahlili yuzasidan izlanishlari bo`yicha ilmiy seminar muhokamasi.


ESHITILDI:
Ushbu seminarni Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi M.Xaydarova ochib berdi. U o‘z so‘zida talabalar o’rtasida o‘tkazilayotgan ushbu seminarlarning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PF-6108-son Farmoni, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida ”gi PF-60 son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi PQ-4623-son Qarori”,, 2018-yil 5-iyundagi”Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son Qarori, 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi PQ-4884 son Qarori va uning amaliyotga tadbiq etish jarayonida bugungidek ilmiy seminarlar muayyan darajada xizmat qiladi.


SO‘ZGA CHIQDI:
S.Shonazarova tashkil etilgan ilmiy seminarning dolzarbligi va bugungi kundagi ahamiyati haqida to’xtalib o’tdi. Qatnashchilar mavzuning dolzarbligi va zarurati haqida ma‘lumotga ega boldi. Savollar yuzasidan munozaralar tashkil qilindi. Ilmiy seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi. Shuningdek seminarda Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalarning ilmiy seminar mavzulari yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berib, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ko‘rsatib, tushuntirishlar berishdi.
Ushbu ilmiy seminar talabalarining kelgusi ilmiy izlanishlari uchun poydevor vazifasida xizmat qilib, ilmiy tadqiqotlarini amaliyotda qo`llashda bevosita yordam bo`ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib,



QAROR QILINDI:
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalarining ilmiy faoliyat mavzulari yuzasidan izlanishlari bo`yicha ilmiy seminari ma’lumot uchun QABUL QILINSIN.

Ilmiy seminarlarni tizimli tashkil etish kafedra mudiri L.Muxtarova zimmasiga YUKLATILSIN.



Yig`ilish raisi: L.Muxtarova
Yig`ilish kotibasi: Z.Erdanova





Yüklə 15,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə