Kurash texnikasi va taktikasi



Yüklə 185 Kb.
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü185 Kb.
#156537
1   2   3   4   5   6
Kurash texnikasi va taktikasi

4-rasm. Ushlashlar
Kurashda raqibni ushlashning xilma-hil turlari mavjud bo’lib, tajribali va yuqori toifadagi kurashchilar ushlashlar turini yaxshi o’zlashtirgan, xar biri qaysi bir usul qanchalik samarali ekanligini puxta o’rganib chiqgan.
Kurashchi usul bajarish uchun qulay ushlashi: bu ushlash ayniqsa raqib o’z ushlashini amalga oshirish uchun xarakat qilganda bajariladi. Kurashchining raqib ushlashiga javob ushlashi: Raqib o’z qulayligini xisobga olib ushlaganda kelib chiqadigan qulay imkoniyatdan foydalanib ushlash, bunday ushlashda ham usul bajarish mum­kin.
Kurashchining ximoyalanish ushlashlari: Raqibni usul bajarishiga imkon bermaydigan, unga xalaqit beradigan noqulay ushlash. Ammo bunday ushlash ham ayrim xollarda usul bajarishga imkon beradi.
Ushlashlar jarayonida qo’yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilinishi shart:
1. Ushlash paytida qullar erkinroq saqlansa, ular tez toliqmaydi va raqibga ta’sir ko’rsatish chaqqonlik bilan amalga oshiriladi.

  1. Ushlashni eng qulayini bajarib, texnik usulni tezkorlik bilan almashtirish kerak, aks xolda raqib o’zini himoyalashga ulguradi.

3. Kurashchi o’z arsenalida xar hil ushlashlarni puxta o’zlashtirgan va ular yordamida xar hil texnik usullar ko’rsata bilishi shart.
O ralik masofalar
Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo’ladi:
1. Ushlashsiz masofa — kurashchilar bir-birlarini biron joyidan ushlamasdan, ammo ushlash uchun qulay fursatni poylab xar hil xarakatdagi xolatlari (6-rasm).


5-rasm.


2. Kurashchilarning uzoq, masofa — kurashchilar bir-birlarining bir yoki ikkala yenglaridan ushlab turishlari (7-rasm)




6 -rasm.


3. Kurashchilarning o’rta masofa - kurashchilar bir-birlarining yakgagini bir qo’llari bilan yaktakning gavda qismidan, ikkinchi qo’l bilan yengidan ushlab turishlari.
Kurashchi raqibini muvozanatdan chiqarar ekan, o’zi mustaxkam turgan bo’lishi va texnik usullar ko’rsatishga shay bo’lishi shart.
Kurashchi gilamda xarakatda bo’lgan paytda uning og’irligi chap yoki o’ng oyog’iga o’tadi va o’z mustaxkamligini yuqotib turadi. Olishuv paytida bun­day xarakatlar yashin tezligida bajarilishi shart. Muvozanatdan chiqarish, raqib xarakati qaysi tomonga yunaltirilgan bo’lsa yoki yuzi yunaltirilgan tomonga bajarilsa qulayrok, xisoblanadi. Muvozanatdan chiqarish texnikasini bir joyda mustaxkam tuxtagan xolda o’rganishni boshlash kerak.
Bular asta-sekinlik bilan yaxshi o’zlashtirgandan keyin, xarakat paytida muvozanatdan chiqarish usullarini o’rganish lozim. Bunday maqsadlarga faqat tinimsiz va muntazam mashqlar va mehnat orqali erishish mumkin.

Yüklə 185 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə