Kurashish usullari


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 380,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.05.2023
ölçüsü380,16 Kb.
#107847
1   2   3   4
 Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. 
Biz tadqiqotlarimiz jarayonining birnchi bosqichida 
qo‘ylarning bradzot kasalligi haqida ma’lumotlarni yig‘dik va ushbu kasalliklarning kelib 
chiqish sabablarini o‘rgandik hamda olingan ma’lumotlarni va kasalliklarning profilaktikasi 
bo‘yicha qisqacha ma‘lumotlarni keng ommaga havola etishni maqsad qildik. Jumladan: 

Bradzot 
yuqumli kasallik bo‘lib, shirdon va o‘n ikki barmoq ichakning gemorragik 
yallig‘lanishi, parenximatoz a’zolarda to‘qimalarning o‘zgarishi va oshqozon-ichakda gaz 
to‘planishi bilan shiddatli kechadi.[2;4] 


International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org 22
nd
 July 2022 
10 
Qo’zg’atuvchisi. Aksariyat Cl. septicum va Cl. Oedemmafiens ajratiladi. Ko‘p holarda Cl. 
Didas da ham topiladi. Lekin bu mikroorganizm ko‘pincha oldingi ikkala mikrobning ta’sir 
kuchini oshiradi. Cl. septicum qatiy anaerob, 37°S da o’sadi. [1;2] 
Chidamliligi. Sporadik holatda mikrob o’ta chidamli. Tuproqda, yerda yillab yashay oladi. 
Qaynatilganda 50-60 minutda o’ladi.[3;4] 
Epizootologiyasi. Tabiiy sharoitda qo’ylar zoti va jinsidan qat’iy nazar kasallanaveradi. Ko’p 
hollarda 2 yoshdan kattalari kasallanadi. Bradzot yilning har qanday faslida uchraydi. Bizning 
kuzatishimiz bo’yicha bahorda yaylovda butalar pishgan yoz 
oylarida 
hamda 
kuzda 
uchraydi. Skandinaviya mamlakatlarida sentyabrda boshlanib, martgacha davom etganligi 
to’g’risida ma’lumot bor. K. Lamixovning kuzatishicha asosan yoz oylarida ko’p uchragan. 
K. Andreyev esa qo’ylar sentyabrdan fevralgacha bradzot bilan kasallanganligini ma’lum 
qiladi. Germaniyada sentyabr-yanvar oylarida uchragan. Ayrim kuzatuvchilar bradzot ko’proq 
daryolarning quyilish joyi va ko’l bo’ylarida uchrashini keltiradilar. Bunga qo’ylarning 
zararlangan yerdan o’tni loy bilan qo’shib olib yeyishi sabab bo’ladi deb ko’rsatadilar. Ba’zi 
ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, bradzotning yaylovda va bir joyda boqiladigan holatda 
uchrashiga alohida e’tibor beriladi. Bir joyda boqilganda qo’zilar, yaylovda boqilganda esa 
ko’pincha katta yoshdagi qo’ylar kasallanadi. Kasalliknnig kelib chiqishida yaylovning 
kasallik qo’zg’atuvchisi bilan zararlanganligi katta ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha bradzot va 
enterotoksemiya bahor paytlarida birga kelishi mumkin. Bradzot bilan semiz qo’ylar ko’p 
kasallanadi. Kasallik asosan alimentar yo’l bilan yuqib, qo’zg’atuvchi spora bilan zararlangan 
ozuqa yoki suv orqali qo’y organizmiga tushadi. Kasal qo’y kasallik qo’zg’atuvchisining 
manbai bo’lib qoladi.[4;5;7] 
Klinik belgilari. Bradzot yashin tezligida va o‘tkir kechadi. Yashin tezligida kechganda 
kechqurun sog’ yurgan qo‘y kechasi birdan o’lib qoladi. Ba’zan bir-ikki bosh qo’y suruvdan 
orqada qolib, top etib yiqiladi. 10–15 daqiqa qaltiroq tutib, ko’zlari qizaradi, sal qorni shishib 
o’ladi. O’lim oldidan og’zidan ko’piksimon suyuqliq oqadi. Tana harorati bir oz ko’tarilishi 
mumkin. O’tkir kechganda ham tana harorati bir oz ko‘tariladi, holsizlanadi, hyech narsa 
yemay qo’yadi. Nafas olish va yurak-tomirlar faoliyati tezlashadi. Burun va og’iz 
bo‘shlig‘idan ko’piksimon shilimshiq suyuqlik oqadi. Ba’zan qon aralash ich ketadi, siydik 
tez-tez ajraladi, qorin shishadi, kasal qo‘y tishlarini g’ichirlatadi. Ayrim hollarda bezovtalanib, 
oyog’ini tap-tap qilib tashlaydi, bir joyda aylanaveradi, yotgan joyida oyoqlarini suzib 
yurgandek harakatga keltiradi. Vaqti- vaqti bilan qaltiraydi. Odatda bezovtalanish umumiy 
holsizlanish bilan almashinadi. Kasal qo’y umumiy holsizlanish va qattiq hansirash natijasida 
10–14 soat ichida halok bo’ladi. Kasallik cho’zilsa, 3-5 kun davom etishi mumkin.[4;6] 
Diagnoz. Bradzotga diagnoz qo‘yishda uning epizootologiyasi (qo’ylar kasallanadi, jinsi 
va yoshining ahamiyati yo‘q, epizootik kechib, har qanday faslda uchrashi mumkin), klinik 
belgilari (shiddatli, o’tkir kechadi, ayrim hollarda bezovtalanish, qon aralash ich ketish
qaltirash kuzatiladi), patologoanotomik o’zgarishlar (o’laksa tez shishadi, teri yorilib ketishi 



Yüklə 380,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə