Kurashish usullari


International Conference on Developments in Education



Yüklə 380,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix01.05.2023
ölçüsü380,16 Kb.
#107847
1   2   3   4
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Amsterdam, Netherlands 
https

econferencezone.org 22
nd
 July 2022 
11 
mumkin, chirigan sassiq hid chiqadi), laboratoriyada tekshirish usullarining natijalari hisobga 
olinadi. Laboratoriyaga parenximatoz a’zolar (jigarning nekrozga uchragan joyi), shirdonning 
jarohatlangan joyi, shishgan to‘qimalar, o’n ikki barmoq ichak va h. k. jo’natiladi.[4;5;6]
Bakteriologik tekshirish. Jo’natilgan namunalardan Kitt-Tarossi muhiti, MPB va MPA larga 
ekiladi. Ekilgan probirkalar 37-38°S haroratli termostatga joylashtiriladi. Anaerob muhit 
uchun mikroaerostat yoki eksikatordan foydalaniladi. Cl. septicum tez o’sib gaz ajratadi. Cl. 
Oedemmatiens salgina loyqa hosil qilib, kamdan-kam hollarda gaz ajratib o’sadi. Qattiq 
muhitda birinchisi gemoliz zonasi hosil qiladi, keyinchalik o’rtasi qoramtirroq o’sib, yuzasi 
g’adir-budur, chetlari esa kesilgandek ko’rinadi.[2;6] 
Differensial diagnoz. Bradzotni kuydirgi, yuqumli enterotoksemiya, pasterellyoz, emkar, 
piraplazmoz va akonit bilan zaharlanishdan farq qila bilish kerak.[2;7] 
- Kuydirgida taloq kattalashadi va kesganda qora moysimon massa chiqadi. Hamma tur 
hayvonlar kasallanib, faqat yoz oylarida uchraydi. Quloqdan olingan qon surtmasidan 
kuydirgining tayoqchasi topiladi.
- Yuqumli enterotoksemiyada buyrak yumshab ketadi. Bradzotda shirdon va o‘n ikki barmoq 
ichak qattiq zararlanadi. Masala asosan bakteriologik usulning xulosasi bilan yechiladi. 
-Paterellyozda ichki va nafas olish a’zolari zararlanadi. Albatta bakteriologik tekshirish 
o‘tkazish zarur. 
- Akonit bilan zaharlanishda yaylovdagi zaharli o’tlar tekshiriladi. 
- Piroplazmozda esa qon surtmasidan parazit topiladi. 
Immunitet. Vaksinani birinchi bo‘lib akademik A. A. Volkova ishlab chiqqan va qo‘llashga 
joriy etgan. F. Kagan, A. Kolesovlar konsentrlangan polivalent alyuminiy gidroksidli 
vaksinani yaratdi. Bu bradzot, enterotoksemiya, og’ir shish va qo’zilarning dizenteriya 
kasalliklariga qarshi qo’llaniladi. Kasallikning oldini olish uchun qo‘zilar 3 oyliqdan boshlab 
emlanadi. Oriq, kasal qo‘ylar va bichishdan 2 hafta oddin erkak qo‘zilar emlanmaydi. Vaksina 
muskul orasiga yuboriladi, majburiy emlashda oradagi muddat 12-14 kun, profilaktik 
emlashda esa 20-30 kun bo’ladi. Immunitet 12-14 kundan keyin paydo bo‘lib, 6 oygacha 
davom etadi. Polianatoksin preparat bradzotga qarshi keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Chunki bu 
kasalliklarda antitoksin immunitetning ahamiyati katta.[4;5] 
Oldini olish. Yaylovlar va suv manbalariniig sanitariya ahvolini veterinariya-sanitariya talabi 
darajasiga ko’tarish zarur. Qaysi joyda bradzot chiqqan bo‘lsa, qattiq nazorat ostiga olinadi. 
Reja asosida qo‘ylarni, epizootik holatni hisobga olgan holda emlab turiladi. 
Kasallik chiqqan joylarda cheklash e’lon qilinadi. Xo‘jalikka qo‘y olib kelish va chiqarib 
sotish qat’iy man etiladi. Qirqim to‘xtatilib, qo‘y haydashga ruxsat berilmaydi. Nosog‘lom 
yaylovdan xashak o‘rib olish to‘xtatiladi. Qaysi otardan bradzot chiqsa, uning joyi yoki 
yaylovi darhol o‘zgartiriladi. Kasal qo‘ylar ajratilib, sog‘lari emlanadi. Sog‘lom qo‘ylar 
yaylovdan qaytarilib, qamab boqishga o‘tkaziladi. Rasionga darhol dag‘al xashak va mineral 
moddalar qo‘shiladi. Kasal qo‘ylar saqlangan qo‘yxonalar xlorli ohakning 3%li faol xlori bor 



Yüklə 380,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə