Kurs a ­guruh talabasi hamroyeva maftunaning



Yüklə 284,63 Kb.
səhifə3/4
tarix30.04.2018
ölçüsü284,63 Kb.
#40566
1   2   3   4



ADIR MINTAQASI.

O`zbekiston teritoriyasining dengiz sathidan 500m dan 1200(1400)m gacha bo`lgan joylar adir mintaqasiga kiradi.Respublikamizning barcha tog` etaklari ,chunonchi:Toshkent, Farg`ona,Andijon, Namangan,Samarqand viloyatining ko`p qismini adir mintaqasi tashkil etadi. Relyefining notekisligi,bo`z tuproqdan iboratligi,o`aimliklarning asosiy qismini rang va qo`ng`irbosh o`simliklari tashkil etishi bilan ajralib turadi.O`zbekiston adirlari turli hil o`simliklarga boy. Ko`pgina tekis adirlarda g`alla(arpa,bug`doy,suli)ekiladi.



RANG(karex pachustulis)hiloldoshlar oilasidan bo`lib,bo`yi 6-20sm ga yetadigan ko`p yillik efemer o`simlik. U chin hosil qilib o`sadi qalinligi8-9sm ga boradi.Asosan ildizi yordamida vegetativ yo`l bilan ko`payadi. U ko`pincha kuzda ,yomg`ir yog`sa (noyabr oyining oxiri-dekabr oyining boshlarida) ko`karadi.Qishda barglarini sovuq uradi . erta bahorda fevral oyining oxiri,mart oylarining boshlarida qayta ko`karadi. Aprel oyida gullaydi. Gullari sariq rangda . May oyida mevasi pishadi. Urug`idan o`sishi juda qiyin. Qishda o`simliklar qurib qolganda u yam yashil bo`lib o`sadi va chorva mollari uchun to`yimli ozuqa bo`ladi.

QOQIO`T(Taraxakuoffikinal)murakkab guldoshlar oilasidan ,bo`yi5-15sm keladigan ko`p yillik o`simlik . uzunligi 10-25sm, eni 3-6sm keladigan patsimon bo`lingan,uchki tomoni ancha katta,uchburchak shaklida. U mart oyida ko`karadi. Aprel-may oylarida gullaydi. Gullari savatchada joylashgan sariq rangda. Urug`i iyun-iyul oylarida pishadi.


ISFARAK (Delphinium simibarbatum Bienert ) ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bo`yi 35-75 cm ga etadigan ko`p yillik. O`simlik barglari uzun bandga o`rnagan. Barg yaprog`ibarg bandidan chiqadi va 5 bo`lakka bo`linadi. Ularning har biri yana o`z navbatidaensiz, ipsimon uzun bo`lakchalarga bo`linadi. Ildizi o`q ildiz. Mart oyida ko karadi apreldan iyun oyigacha gullaydi. Gullari sariq rangda uzunligi 35-40 sm keladigan to`pgulga sich joylashgan.ayrim gulning uzunligi 2 sm 1 sm tikani ham bor.guli1,5 sm uzunlikdagi gul bandiga o`rnashgangulbandining bir tomoni tukli bo lib sariq bo`rtmasi bor.urugi iyul oyida pishsdi. Uning tanasida 0,25-0,75 %alkaloid bor.

MOMIQ( Lachnophyiium gossyipinum Bge)murakkab guldoshlar oilasidan bo`yi 10-60sm bir yillik o`simlik, barglari ildiz bo`g`zida va yon shoxchalari ostida joylashgan. Poyasi tik yumshoq avgust oyida gullaydi gullari oq ko`kish 1 sm uzunlikda. Gulkosasi sarg`ish, urig`I iyul – avgustda pishadi u savadchada joylashgan 1 savatchada 80 dan ortiq urug` bo`ladi., urug`idan yaxshi unadi. Qurg`oqchilikka juda chidamli. Yer ostki qismi tarkibida 0,1-0,4 efir moyi bo`ladi. Momiq shirasi bilan turli yara va chipqonlar davolanadi.

SHIRACH (Eremurus algae ) piyozguldoshlar oilasidan. Bo`yi 30-80 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari juda etli poyasida barglari bo`lmaydi. Mart – aprel oylarida ko`karadi. May – iyun oylarida gullaydi , gullari poyaning uchida popuk shaklida o`rnashgan, pushti rangda. Mevasi iyun – iyulda pishadi. Tashqi ko`rinishi dumaloq chanoq shaklida bo`lib , uning ichida urug` yetiladi. Ildizi popuk ildiz.o`zbekistonda 20 ortiq uri bor.

LOLAQIZG`ALDOQ(Papave rpavonium Schrenk)ko`knordoshlar oilasidan, bo`yi 40sm bir yillik o`simlik. Poyasi oddiy bazan asosidan shoxlanganb,qalin tukchalar bilan qoplangan. Barglarining cheti qayrilgan ildiz bo`g`ziga jolashgani uzun bandli. U fevral oyining oxiri – mart oyining boshida unib chiqadi. Apreloxiri, may boshida gullaydi. G`unchasi tuxumsimon, 8-15 sm usti tukchalar bilan qoplangan. Gulkosasi 2 bo`lib ular tez to`kiladi. Gultoji qizil rangda; uning ostgi qismi qora dog`li.gultoji 5 ta ,chankchisi juda ko`p; changdoni bitta 3 xonali. Gultoji 2-3 kundan keyin to`kiladi.mevasi may iyun oylarida pishadi.urug`I kosacha ichida 1mm uzunlikda bo`ladi. Urug`idan unadi

GULHAYRI ( althaea rhitikarpa)gulhayridoshlar oilasidan ,bo1yi 60-180 sm ko`p yillik o`simlik . poyasi tik,ko`p shohlanmagan yuldussimon,tukchalar bilan qoplangan. Bargi 3-5 bo`lakli ,martda ko`karadi may-iyunda gullaydi guli och binafsha rangda asosan sariqroq. Mevasi iyul-avgustda pishadi.mevasi ichida 20-22 ta urug`i bor.manzarali va dorivor o`simlik.

NO`XATAK( astragalus filikaulist) dukkakdoshlar oilasidan bo`ti 40sm bir yillik o`simlik. Poyasi tik turuvchi shohlangan qalin tukli. Barglari bandli 4-8 sm . fevral –martda unib chiqadi dastlab 2 ta barg hosil qilib ko`karadi. Aprel –may oylarida gullydi. Gullari to`p guldan poya uchida 6-20 tagacha gul hosil qiladi. Gultoji oq binafsha rangda. Mevasi may-iyun oylarida pishadi dukkakli ,uning ichida bir necha urug`i bor. Urug`idan ko`payuvchi efemer o`simlik.

QATRON( krambe kotschyana bois )krestguldoshlar oilasidan 30-80smli ko`p yillik o`simlik .barglari juda katta,uzun bandli,tuxumsimon –yumoloq uzunligi60 sm ,eni 80 smga yetadi . barglari ildiz bo`g`zida hosil bo`ladi. Va 2-3 yildan keyin poya chiqaradi. Mart oyida ko`karadi va dastlab oq sarg`ish barglar paydo bo`ladi so`ng ko`k tusga kiradi ,aprel –mayda gullaydi oq sariq tusda. Mevasi iyunda pishadi urug`I yupqa qobiqli, uchi o`tkir, ko`sakcha ichida joylashgan . uni kuzda ekish tavsiya etiladi. Qatron bo`z va shag`al aralash gumusga boy tuproqda yahshi unib asalchil o`simliklardan iste`molda ishlatiladi. Tarkibida 15% qand, 5% oqsil, 3% kraxmal, 20% klechatka urug`ida 18-25% yog` va boshqa foydali moddalar ko`p bo`ladi . quritilgan ildizidan un tayyorlab non yopish mumkin.

BEKLARO`TI( ECHINOPHORA SIPTHORPIANA GUS) soyabonguldoshlar oilasidan bo`yi 30-50 sm ko`p yillik o`simlik poyasi tik tuklar bilan qoplangan ildizi o`q ildiz. Barglari poyasini o`rab turadi 3 marta patsimon bo`lingan. Mart oyida ko`karadi. Iyul oyida gullaydi ,gultoji tukli uzunchoq sarg`ish rangda mevasi avgustda pishadi.bo`z tuproqda yaxshi o`sadi.

ROVOCH(RHEUM MAHIVITSIY ) torondoshlar oilasidan bo`yi 2 m ko`p yillik o`simlik barglai 40 sm yog`on bandli. Yirik barglari ildiz oldida doira shaklida joylashgan mart oyida ko`karadi. Dastlab barglari oqish bo`lib keyin yashil tusga kiradi. Faqat to`p gul o`rnashgan qismidan novdalar chiqadi. May-iyun oylarida gullarida gullaydi , gullari mayday. Mevasi iyun –iyul oyida pishib 3 qirrali yong`oqcha bo`lib uzunligi 2 sm. Urug`idan ko`payadi . etli bandi istemolga ishlatiladi. Ildizi oshlovchi tanid moddasiga boy . bo`yoqchilikda va dori tayyorlashda keng ishlatiladi.

BODOM(AMIGDALUS SPILOSIMA)ra`noguldoshlar oilasidan 2-3 mli buta yoki kichik daraxt uning tanasi ser shoh tikanli shoxlarning uzinligi 2-4sm eni esa uzinligidan 2-3 marta qisqa . barglari lansetsimon hushbo`y gullari barg bilan birga yoki oldinroq chiqadi . mart oyining o`rtalarida ko`karib gullaydi. Gullashi aprelgacha davom etadi gultoji oq pushti rangli . iyun –iyul oylarida mevasi pishadi. Shakli tuxumsimon ,usti qalin tuklar bilan qoplangan. Bodom danagining mag`zida moy ko`p. bodomning mag`zida oz miqdorda zaharli modda-amigdalin bo`lib tibbiyotda ishlatiladi.

Tog` mintaqasi

Respublikamizdagi tog`larning eng yuqori qismi dopim muzliklarr bilan qoplangan, pastki qismi doimo jazirama issiq qizilqum va Qoraqum bilan tutashadi. Bizdagi tog`larning eng pastkisi-SultonVays tog`i(dengiz sathidan 473 m)eng ulkani Hisor tog`idagi cho`qqi (dengiz sathidan 4688 m) da joylashgan.O`zbekiston geografik jihatdan ekvatorga yaqinligi,quyosh radiasiyasining tik tushishi respublikamiz iqlimiga katta tasir qiladi, shu sababli tog`lardagi havo ancha quruq.Ozbekiston teretoryasidagi tog`lar Tyanshan va Pomir-Oloy tog`larining janubi-g`arbiy tarmoql;ari bo`lgan Chatqol,Qurama Piskon,Ugam,Turkiston,Zarafshon,Hisor,Boysun,Bobotog`tizmalari va uning tarmoqlari bo`lgan Nurato Oqtog` Molg`uzar tog`lari kiradi. Bu tog`lar tabiiy sharoiti ,o`simliklar dunyosi jihatdan ko`pincha adirlarni eslatadi.Gumiq iqlimli tog intaqasining yillik yog`in miqdori 500-600 mm dan 1000-1200 mm.Tog`larda havo namligi yozda 40-50% qishda 90-100%.Tog` mintaqasi ham odatda ikki mintaqaga:Pastki va Yuqori mintaqalarga bo`linadi.

Pastgi mintaqa. Bu yuqori adir bilan tutash bo`lib,uzoq vaqt ko`karib turadigan efemerlarning ko`pligi bilan xarakterlanadi. Efemerlar juda kam bo`lib, chala buta,buta daraxtlar tagida o`sadi daraxtar juda siyrak. Bu joyning iqlimi yuqori adirdan biroz farq qiladi.Tuprog`i gumusta boy bo`lib, o`simlimliklarning o`sishi uchun juda qulaydir.Bu mintaqada katta xarsang toshlar bilan qoplangan pastki tog`larda bir yillik va ko`p yillik kisirofit o`tlardan bug`doyiq, esparset, shuvoq,toshkakra,bozulbong,chalov kabilar ancha ko`p o`sadi. Respublikamizning hamma tog`larida ham bir xildagi o`simliklar o`smaydi. Cho`l mintaqasiga yaqin joylashgan tog`larda (Nurota, oqtog`, Bukantog` kabilarda) bug`doyiqlar deyarli uchramaydi. Bu tog`larning o`simliklari to`liq kserofit bo`lib, mezofit o`simliklarni topish qiyin. Buning sababi bu tog`larda o`simlik turlari juda kam, ko`pincha chala buta va butalar, qisman juda siyrak holda o`suvchi bazi daraxtlarni uchratish mumkin. o`zbekistonning sharqidagi tog`lar bulardan tubdan farq qiladi.Bu yerda qor va muzliklar uzoq vaqt yotadi. Ham ancha ko`p. Shu sababli bu yerda efemerlar va ko`p yillik o`simliklar bilan birga chala buta, buta va daraxtlar ancha ko`p o`sadi

Lola (Tulipa greigli)piyozguldoshlar oilasidan,bo`yi

20-40 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Tuxumsimon piyozi qizg`ish qo`ng`ir rangli qobiq bilan o`ralgan .

Barglari 3-4 ta bo`lib,uning ustki tomonida qo`ng`ir rangli chiziqlar bor. Mart oyida ko`karadi. Aprelda gullaydi. Oddiy gulqo`rg`onli bo`lib,6ta qizil yoki sariq yirik gultojibarglardan iborat. Tojibarglarning osti sarg`ish qora dog`li, ularning uzunligi 3-10 sm. Changchisi 6 ta birlashmagan,sariq yoki qoramtir. urug`chisi sariq ba`zan binafsha rangli. Uch xonali ko`sakdan iborat mevasi may oyida pishadi. Uning ichida qoramtir-qo`ng`ir urug`lar hosil bo`ladi. urug`idan yahshi unadi.

BETAGA(festuka orientalis) Boshoqdoshlar oilasidan, bo`yi 30-100 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyasi va barglari tuksiz silliq. Tilchasi juda kalta.

Barglari yassi bo`zan bir oz buralgan. ro`vagi 3-8 ta boshoqchali. Mart aprel oylarida ko`karadi. Popuk ildizli ,mayda gullaydi. Gullari ro`vaksimon to`p gul hosil qiladi. Changchisi 3 ta urug`chisi patsimon,mevasi iyun iyul oylarida pishadi. Boshoq qipiqlari o`tkir,qiltiqli,tuxumsimon. Pastki gul qipig`i uzunchoq nashtarsimon.. tog`ning pastki qismida , nam joylarda (ariq,soy, daryo yoqalarida) ko`p o`sadi. Chorva mollari uchun to`yimli ozuqa.



G`OZPANJA (potentilla songorika ) ra`noguldoshlar oilasidan, bo`yi 10-40 sm ko`p yillik o`simlik. Poyasi yotib o`sadi. Borg qo`ltig`idan chiqqan gulbandlari yuqoriga ko`tarilgan holda joylashadi. U mart oyining ohirida ko`karadi. Ildizi o`q ildiz , yo`g`on ko`p tugunli, usti eski barrg qoldig`lari bilan qoplangan,qo`ng`ir rangda. Aprel may oylarida gullaydi. Gulkosasi ko`m-ko`k yoki qizg`ish. Gultoji sariq, teskarri tuxumsimon,gulkosasidan 1,5 marta uzun. Changchisi 20 ta , urug`chisi uzunchoq oval shaklida. Mevasi tuxumsimon,urug`idan yaxshi unadi.

TOG`QO`ZIQULOQ (phlomis olgae ) labrguldoshlar oilasidan, bo yi 30-50 sm keladigan ko`p yillik o`simlik. Butun tanasi oq rangli yukchalar bilan qoplangan. Barglari tuxumsimonuzunchoq,o`tkir, asosi yumoloqroq,tutash qirrali. Barglarining usti ko`kimtir ,osti moq tukli. Poyasining pastki barglari bandli,yuqoridagilari qisqa bandli. U aprel oyida ko`karadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi. o`q ildizli,mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. U ko`sakchadan iborat bo`lib u ko`sakchadan iborat bo`lib , uning ichida bir necha qoramtir qo`ng`ir rangli urug` hosil bo`ladi. Urug`idan yaxshi unadi.

TOG`OLCHA (prunus mirabilis ) ra1`noguldoshlar oilasidan, bo`yi 4-10 m ga yetadigan, sershoh daraxt yoki buta. U tikanli ,yosh novdalari qo`ng`ir qizg`ish, yuksiz. Barglari oval shaklida , uchlari o`tkir, uzunligi 4-6 sm, eni2-3 sm bo`ladi. U mart oyida ko`karadi va shu oyning oyning o`zida gullydi, gulari oq rangda. Mevasi iyun iyul oylarida pishadi. U har hil shaklda, sariq och qizil , to`q qizil rangda. Mevasida yopishqoq shirali neatin deb ataluvchi modda bo`lganligi uchun

konditer sanoatida marmelad tayyorlashda ishlatiladi.



ZIRK (berberis integerrima ) Zirkdoshlar oilasidan ,bo`yi 4 m ga yetadi, ko`p shohlangan buta. Tikanlari uch bo`lakli. barglari teskari tuxumsimon,cho`zinchoq, o`tmas, chetlari bir oz tishchali , yyuqori tomoni ko`k rangda. Zirk mart oyida ko`karadi,may oyida gullaydi. Gullari shingil shohlangan ,ro`vaksimon sariq rangda. Mevasi iyun iyul oylarida pishadi. Mevasi nordon,issiqni tushuruvchi va chanqoqni tushuruvchi dori siatida foydalaniladi. Uning po`stlog`idan sariq bo`yoq olinadi. Zirkning zararli tomoni ham bo uning bargida zang zamburug`i dastlabki davrni o`tib, keyin donli ekinlarga tushadi va zararlaydi.

TO`GPIYOZ (allium pskemense) piyozguldoshlar oilasidan , bo`yi 40-100 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Piyozi sharsimon, yo`g`onligi 3-6 sm, qoramtir po`stloq bilan qoplangan. Barglari 4-6 ta qayishsimon, chetlari silliq , ost tomoni siyrak tukchali Tog`piyoz mart oyining boshlarida ko`karadi.U dastlab ikkita barg xosil qiladi. Bu piyoz xar yili faqat barglar hosil qiladi.May iyun oylarida gullaydi/ Gullari poyaning uchki qismida soyabon shaklidagi to`pgullari mayda,gulqurg`oni oltita oqish gultojibargdan iborat.Poyasining ichki qismi g`ovak bo`ladi.Mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.Ko`sakchasi sharsimon . Qora rangli urig`idan yaxshi ko`karadi.Tog`piyoz pastki tog`da ko`p uchraydi/(ayniqsa shamollash)ni davolashda keng qo`lllaniladi. o`zbekistonda piyozlarturkimining 100 dan ortiq turi bor.Ularning ko`pi yovvoyi xolda o`sadi va mahalliy xalq tomonidan keng qo`llaniladi.

G`OZPANJA( Potentilla songorika Bge)ranofoshlar oilasidan bo`lib ko`p yillik o`simlik.Poyasi yotib o`sadi.Barg qo`ltig`idan chiqqan gulbarglari esa yuqoriga ko`tarilgan xolda joylashadi.Poyasining uski tomoni tuksiz,oski tomoni tukchali .U ingichka o`tmas yukchalar bilan qoplangan.Gospanja mart oyining oxirida ko`karadi. Ildizi yo`g`on ,o`q ildiz,ko`p tugunli. Aprel-may oylarida gullaydi.Gulkosasi ko`m ko`k ,qizg`ish. Gultoji sariq teskari tuxumsimon Changchisi 20ta .urig`i iyun oyida pishadi.Mevasi tuxumsimon, tuksiz silliqurig`i yaxshi unadi.

TOG`OTQULOQ( Rumex confertus Willd)torondoshlar oilasidan, ko`p yillik o`simlik .Poyasi tik chiziqli,uzun bargli, bo`yi 20-30 sm.poyadagi barglari ancha mayda,tuxumsimon yoki nashtarsimon .Tog`otquloq aprel-mart oyida ko`karadi.Dastlab ildiz oldidan uzun va kambarg novdalar xosil bo`ladi.Gullari ko`rimsiz bo`lib,sarg`ish yasil rangli 6 dona gultoji barglardan iborat Mevasi iyun oyida pishadi. U uch qirrali yong`oqchaga o`xshaydi.Ildizi yo`g`on tarmoqlangan,yerga ancha chuqur kiradi.Tog`otquloqning ildizidanoshlovchi modda a bo`yoq olish mumkingUninhg barglari esa to poya berguncha ovqatga ishlatiladi.Tog`otquloqning respublikamizning zax joylarida,tog`lar tog`lar atrofida ko`p o`sadi.

ASTRAGAL( Astragalus exemius Bge)dukkakdoshlar oilasidan, bo`yi50-80 sm ga etadigan ko`p yillik o`simlik Poyasi tik turuvchi baxmaldek qalin oq tukchalar bilan qoplangan.Barglari 20-25 sm uzinlikda,barg bandlari juda qisqa .Astragal aprel oyida ko`karadi.Ildizi o`q ildiz bo`lib tuproqqa ancha chuqur kiradi May iyun oylarida gullaydi.To`pguli sharsimon shakilda bo`lib diametri 4-6 sm ga etadi Gulkosasi qo`ng`ir simon .Gultoji sariq,tukchali.Mevasi tukkagi iyun iyul oylarida pishadi.Urig`i oval hakilda ko`k kul rangda.Astragal qo`ng`ir va kul rang tuproqli yerlarda yaxshi o`sadi.

YUQORI MITAQA. Bunda dengiz saathidan 2000m dan 2700 m gacha balandlikka bo`lgan joylar. Yuqori mintaqaning asosiy qismini tog`lar va daraxtlar egallaydi. Bu o`simliklarning ko`pi mezoofitdir. Bu yerlar katta toshlar bilan qoplangan, tik qiyqliklar katta katta soy va jarliklardan iborat. Yuqori tog` mintaqasi tuprog`i qo`ngir o`rmon tog` tuprog`idan iborat.yomg`ir suvlari yuqoridan pastga tez oqib tushishi tufayli korbanatli qatlami yuvilib tushadi. Juda sernam joylarning tuprog`i gumus ko`pligidan qoramtir qo`ng`ir o`rmon tog` tuprog`ini xosil qiladi; uning tarkibida 12% gacha chirindi bo`ladi. Xarorat pastlashib havoning absolyut namligi, yomgir miqdori oshib bulutli kunlar ko`payadi. yog`in miqdoining o`rtacha yillik miqdori 800 mm dan 1000- 1200 gacha bo`ladi.

YONG`OQ( Juglans fallaxs Dode) yongoqdoshlar oilasidan bo`yi 10 – 15 m ga yetadigan sershox daraxt.u madaniy va yovvoyi holda o`sadi,yovvoyi yong`oqning farqi unuing bargi tumtoq bo`ladi, mevasi dumaloq madaniy yong`oqniki tuxumsimon po`chog`i qalin mag`zi kichkina bo`ladi.yong`oq may oyida gullaydi sentabr oyida pishadi. Uning mevaassida 77,7 gacha moy bor. Bargida yuglandin alkaloidi bo`lib undan tibbiyoada foydalaniladi. po`stlog`idan qo`ng`ir rangli rang olinadi. I.V/ michurin yong`oqqa baxo berib uni kelajakning noni degandi.

DUKYOGON( Lonicera microphylla Willd) shilvidooshlar oilasidan bo`yi 1,5 m . yosh novdalari kalta tukli eski tuplari pushi rangda . Barglari teskari , uchi o`tmas bo`yi 1- 3 sm eni 1 –2sm ikki tomoni ham qalin tuklangan. U may – iyun oylarida gullaydi. Guldon poyasi tuksiz. Gultoji sarg`ish, uzunligi 10 -15 mm . Mevasi iyul – avgust oylarida pishadi. U qizil sharsimon uzunligi 5 – 6 mm. Dukyog`ochning 20 turi respublikamizda o`sadi.

ZARANG (Acer semenovii ) zarangdoshlar oilasidan bo`yi 6 – 10 m., yirik buta yoki daraxt. Tanasi kul rang po`stloq bilan qoplangan. Zarang bark chiqarishi bilan may iyun oylarida gullaydi. Gulllari ko`rimsiz mayda bo`ladi. Chankchisining iplari uzun gultojidan chiqib turadi. Mevasi avgust – sentabr oylarida pishadi. U ikki qanotchali ( qanotchasi chekkasida pushta xoshiyasi bor) qanotcha bo`laklariningbir birigga tutashgan joyitor burchak hosil qiladi.qanotchasining uzunligi 30 mm etadi. Zarang mayda tosh aralashqo`ng`ir tuproqda ko`p o`sadi/ u juda chiroyli daraxt.

QIZILCHA ( Ephedra distachya)zag`odoshlar oilasidan bo`yi 1-1,5 m poyasining qobig`i kulrang tanasi sershox, shoxchalari tik tarvaqaylab o`sadi , silliq ingichka, yo`l – yo`l bo`g`im oralig`idan uzunligi 2 sm . Barglari qarqma- qarshi joylashgan tangasimon, pardali uchburchak. U aprel oyida ko`kkaradi. Iyun oyida gullaydi, chankchi xosil qiluvchi shoxchasi bittadan sharsimon 2 – 4 gulli bo`ladi. gulyonbaag`ri oval shaklida. Changdoni qisqa bargli 1 yoki 2 -3 tadan bir gulli. Mevasi iyul oyida pishadi uning uzunligi 6 – 7 mm sharsimon etli qizil urug`i 4 -6 mm uzunlikda, nashtarsimon ikki tomoni qabariq. Uning yosh novdalarida alkaloidi bor. Undan kishilar qadimdan oshqazon va bod kasalliklarini davolashda foydalanganlar.

IRG`AY (kotoneaster multiflora) rra`noguldoshlar oilasidan, bo`yi 0,5-1,5m ga tetadigan tik o`suvchi buta . barglari uzun teskari tuxumsimon. Ancha enli barglarining ikki tomoni ham tuksiz . irg`ay may oyida gullaydi ,ro`vak shaklida to`p gul hosil qiladi. gultoji oq ,mevasi sentabr oyida pishadi.u och qizil rangli,cho`zinchoq tuxumsimon ,uzunligi 6-10 mm 1-2 ta danakdan iborat.manzarali buta. Gullar uchun payvantag sifatida ham ishlatiladi.


NA`MATAK(rosa marakandika) ra`noguldoshlar oilasidan,bo`yi 1,5-2 m ga yetadigan buta. tikani ko`p,shohlaridagi barglari to`p bo`lib joylashgan.barglari Mayda 5-9 ta uzunligi 2-6 mm tuxumsimon,ba`zan dumoloq.aprel boshlarida ko`karadi. O`q ildizli.may-iyun oylarida gullaydi. Mevasi iyun-avgustda pishadi U payvantak sifatida islatiladi .mevasi tarkibida s vitamini ko`p. bundan tashqari jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorivor moddalar ham mavjud.
YAYLOV MINTAQASI

Respublikamiz teritoriyasidagi dengiz sathidan 2700-2800 m va undan baland bo`lgan barcha yerlar yaylov mintaqqasiga kirib , alb va subalp o`tloqlardan iborat. Bu mintaqada buta va daraxtlarning o`sishi uchun sharoit yo`q. yaylov hududiga Tyanshanning g`arbiy qismi,Chotqol, Pskom ,Hisorning janubi g`arbiy qismidagi yuqori tog` mintaqalari kiradi. Tuprog`I och va to`q ranglarda bo`lib toshlardan iborat. Iqlimi subneval. Yillik o`rtacha yog`in miqdori 600 ming mm.



PASTKI YAYLOV harakterli tomoni mezoit- o`rtacha nam talab qiluvchi o`simliklarning ko`pligidir. Pastki yaylovda dengiz sathidan 2700-2800m dan 3200m balandlikda bo`lgan yerlar kiradi. Tuprog`itoshli qoyali joylar ko`p . yerning yuza qismi ko`pincha boshoqdoshlar va chim hosil qiluvchi o`simliklarning ko`pligi bilan xarakterlanadi.

O`RIKARCHA (juniperus turkistanika ) sarvdoshlar oilasidan , bo`yi 12- 18 m ga yetadigan 2 uylli daraxt, bazilarining bo`yi 2 m oshmaydi shershox, qalin shoxlari yuqoriga qaragan. Bargining uzunligi 2 mm tuxumsimon uchi o`tkir. May oyida gullaydi, mevasi iyul – iyun oyida pishadi. Mevasi sersuv qand moddasiga boy. Uztgi tomoni yaltiroq, qoramtir ko`kish rangli parda bilan o`raglan . u 300 – 500 yilgacha yashaydi . axamiyati suvni tuproqda uzoq vaqt saqlaydi , qorlqrni tez erishiga yo`l qoymaydi natijada tuproq eroziyasi sodir bo`lmaydi. Yosh novdalarida 0,73 -0,87 % efir moyi ham bo`ladi.

CHETAN (Sorbus persika ) ranoguuldoshlar oilasidan, boyi 3-5 m yetadigan buta yoki daraxt. Barglari nashtarsimon o`tkir uchli, uzunligu 10 – 16 sm, iyun oyida gullaydi. Qizil rangli gullarnind bir nechasi yig`ilib diometri 15 sm bo`ladigan to`p gul hosil qiladi gulkosasi uchburchak mevasi avgust oyida pishadi.qurilish materiali siffatida keng foydalaniladi.

SHASHIR ( Prangos poppulariya ) soyabonguldoshlar oilasidan bo`yi 1 m yetadigan ko`p yillik o`simlik. Poyasi bir nechta, bir oz dag`al, yo``l – yo`l chiziqli. Ildiz oldi barglari uzun bandli uzunligi 40 sm , ellipssimon 4 – 5 patsimon bo`lakli. U may – iyun oyida gullaydi. Gullari soyabon shaklida topgul xosil qiladi . gultoji bark teskari tuxumsimon , uzunligi 1,4 mm mevasi iyun- iyul oylarida pishadi. Uzunchoq silidrsimon, binafsha rangli bo`lib chetlari qanotchali. Uni ko`kligida o`rib hashak siatida qishga jamg`ariladi.

GERAN ( Geranium regelii ) yoronguldoshlar oilasidan , bo`yi 10 – 30 sm ko`p yillik o`simlik .asosan poyasiz bo`lib yotib o`sadi yoki bir necha tik oqsuvchi kalta poyalar hosil qiladi.barglari mayday bo`lib eni 0.8 – 3 sm 5 – 7 bo`lakli kesiklar rombsimon yoki tuxumsimin shaklda bo`ladi. Ildiz oldi barglari bandli, poyada joylashgan barglari esa bandsiz. U iyun – sentabr oylarida gullaydi. Gulkosasi mayin uchsimon chetlari pardasimon. Gultoji qoramtir pushti rangda uzunligi 14 – 20 mm . mevasi iyul – sntabr oyida pishadi. Geran subalp allp o`tloqlarida lanshaft hosil qilib o`sadi.

BETAGA ( Festura kryloviana ) boshoqdoshlar oilasidan bo`yi 15 – 40 cm ko`p yillik o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, tuksiz, silliq. Tilchasi kioriksimon. Bqrglari qalqonsimon eni 0,3 – 1 mm, silliq.iyyul oyida gullaydi ro`vagi tig`iz boshoqsimin uzunligi 3 – 5 sm, boshogining uzunligi 6-8 mm 4-6 gulli ko`kish qoramtir qo`ngir rangda. Mevasi avgust oyida pishadi.

YUQORI YAYLOV (dengiz sathidan 3000-3200 m da joylashgabu yerda efemerlar umuman yoq deyish mumkin.o`simliklar qoplamining asosiy qismini kserofit xarakteridagi o`tli o`simliklar tashkil etadi.bu yerda buta va daraxtlar umuman yo`q deyish mumkin. Tuprogi to`q jigar rang qo`ng`r, yumshoq tuproq.subtropik iqlimli bu joy ancha sernam bo`lib, yog`ingarchilik yil bo`yi davom etadi.

NAVRO`ZO`T ( Primulla oigae ) navro`zo`tdoshlar oilasiga mansub bo`yi 50 sm ko`p yillik o`simlik. Ildizi kalta, poyasi tik turuvchi o`simlik bo`lib, poyasi yon shoxlarni hosil qiladi. Barglari jo`zinchoq teskari tuxumsimon bo`libuchi bir oz o`tkir chetlari butun yoki mayday tishchali.iyun oyida gullaydi. Gullari soyabon shaklda,gulkosasi keng qo`ngiroqsimon.gultoji binafsha rangda. Mevasi iyul oyida pishadi. Ko`sagibir oz duumaloq bo`lib uning ichida uzunligi 1 mm keladigan urug`simon shakldagiurug hosil bo`ladi.respublikamizda uni 10 turi tarqalgan.

LAGOTIS(Lagotis karokovii)sigir qo`yriqdoshlar oilasidan bo`yi1-2 sm ko`p yillik o`simlik. Bu deyarli poyasiz,tuksiz,ildiz bo`g`zi eski barglarining tolasimon qoldiqlari bilan o`raglan ingichka nashtarsimon o`tkir tishchali.iyun-iyul oylarida gullaydi.Gultoji pushti rang uzunligi 12-14 mm.Mevasi iyul-avgust oyida pishadi.Ko`sagining uzinligi 5mm ellips shaklda.U biologiyasi hali to`liq o`rganilmagan.

TO`NG`ISIRT(Cobresia pamiralaiga)hiloldoshlar oilasidan bo`yi 15-70 sm ko`p yillik o`simlik poyasi ko`p,yo`g`onligi 1-2 mm tik o`suvchi silindir simon bo`lib juda qalin chim hosil qiladi.Bargining tashqi novi bargsiz,qattiq,qo`ng`ir-kulrang,uzunligi 4-6 sm uzinligi bigizsimon qayrilgan.Iyul oyida gullaydi.To`p gulli qo`ng`ir rangli va boshoqsimon shaklda. Mevasi avgust oyida pishadi.Yong`oqchasi teskari tuxumsimon,tumshuqchali.Alp tog`ining o`tloqlarida alohida manzara hosil qilib o`sadi.

TO`QAY O`SIMLIKLARI

To`qay va to`qayzorlar deganda mahalliy halq daryo bo`ylariga yaqin bo`lgan joylarni va u yerlarda o`suvchi o`simliklarni tushniladi. ko`p joylarda daraxt puta,chala buta va o`tlarning birgalikda o`sishidan tashkil topgan. Ba`zan chirmashib o`suvchi (liana)o`simliklar ham uchraydi. To`qayzorlar o`zbekistonning cho`l mintaqasidan to`g` mintaqasigacha bo`lgan daryo bo`ylarida uchraydi. Lekin uning asosiy maydoni daryolarning o`rta va quyi oqimi bilan bog`liq. Adir mintaqasidagi to`qaylar ancha katta-katta maydonlarni tashkil etadi, ba`zan suv kelib daryolar toshganda ular kengayib, qirg`oqlariigacha suv chiqadi. Keyinchalik suvlar kamayib, uning chekkalarida esa to`qayzorlar hosil bo`ladi. Bu mntaqadagi to`qaylarda daraxtlarga nisbatan butava chala butalar(jangak,turang`il,tol,chakanda,yulg`un), ko`p yillik o`simlikladan lo`x,oq nilufar, tarvuz palak kabilar ko`p o`sadi.



MAYMUNJON(Rubus kaesius) ra`noguldoshlar oilasidan bo`lib butasimon bo`yi 50-150 sm ko`pincha yotib o`sadi ko`p tikanli ba`zan dag`al tuklar bilan qoplangan bo`ladi. Bargi uch bargchali , barg bandi yukli va tikanli. Guldor novdalari uzun ,to`pgullar o`rnashgan. Mevasi bir qancha danakli,ko`k qoramtir rangli. U may –iyun oylarida gullaydi. Mevasi iyun –iyul oylarida pishadi. U ariq va daryo qirg`oqlarida, zax yerlarda, to`qayli hamda toshli qoyaliklarda o`sadi.

Mevasi tarkibida shaker,efir moyi, tanid,oqsil moddasi, flavonlar, kaliy va fosfor tuzlari,olma ,chumoli, limon kislotalari va S vitamini ko`p bo`ladi. Oydali jihatlari juda ko`p.



YULG`UN (tamarix litvinoli)yulg`undoshlar oilasidan,bo`yi 5-6 m ga yetadigan buta yoki kichik daraxt. Barglari deyarli reduksiyalashgan,cho`zinchoq,oval shaklida,uchi o`tkir.u aprel –may oylarida gullaydi. Gullari mayday binafsha rangda bo`lib shoxlarining uchida zich to`pgul hosil qiladi. Mevasi sentabr oyida pishadi. Mevasi 3-4 qirrali, ko`sakcha ichida ko`p urug`I bo`ladi. U asosan Buxoro ,Xorazim ,Qoraqalpog`iston vohalarida ko`p o`sadi. U ko`mir tayyorlash va yoqilg`I sifatida muhim ahamiyatga ega.

QAMISH ( phragmites kommunis) boshoqdoshlar oilasidan . ko`p yillik ildizpoyali

O`sish sharoitiga qarab bo`yi 2-4 m ga yetadi. Uning poyasi tik o`sadi, tuksiz silliq ,ichi bo`sh. To`p gullari ro`vaksimon. Qamish iyul-oktabr oylarida gullaydi va urug`laydi. U ariq bo`ylarida,daryo qirg`oqlarida, ko`l atroflarida hamda to`qayzorlarda keng tarqalgan. Bu o`simlikdan yuqori sifatli silos tayyorlashda

Oydalaniladi. U organic moddalar va minerallarga juda boy.

LO`X (tupha elephantine) to`zg`oqdoshlar oilasidan,bo`yi 150-200 sm ga yetadigan ko`p yillik o`simlik. Barglari poyasining ostki qismi tevaragida joylashgan,uzunligi 1-1,7 sm. Iyul –avgust oylarida gullaydi. Changchi va urug`chi gullari o`simlik poyasinig uchida ro`vaksimon guldasta g`uj bo`lib to`plangan. Changchi urug`chiga nisbatan yuqoriroqda joylashgan. Gullari juda mayday gulqo`rg`oni bo`lmaydi.balki tukli gulyonbarglari bo`ladi. Uning pishgan mevasi momiuchuvchan tukchalar bilan qoplangan. Bu tukchalar selluloza moddasiga juda boy. Lo`x va uning boshqa turlarida sanoatda, qishloq xo`jaligida(arqon va dag`al matolar to`qishda) keng oydalaniladi.

SPARJA(asparagus persikus baker) piyozguldoshlar oilasidan,bo`yi 60-120 sm ga yetadigan,poyasi o`ralib o`suvchi ko`p yillik o`simlik. Shakli o`zgargan novdalari

Yashil rangli to`g`ri silliq,yo`g`onligi 0,5 mm,o`rtadagi va yuqori barglari uzun pixli. Sparja may oyida gullaydi.gulbandlari uzun, gulqo`rg`oni ikki hil:changchisi qo`ng`iroqsimon ,urug`chisi sharsimon. Mevasi iyun oyida pishadi. U qizil sharsimon eni 6-7 mm, u ba`zi joyda juda qalin o`sib,manzara hosil qiladi.



ECHKITOL( salix songaria Aders) tolldoshlar oilasidan bo`yi 8 -10m ga yetadigan daraxt. Shoxchalari ingichka yosh novdalari sarg`ishroq , tuksiz. Barklari tuksiz silliq uzunligi 3 7.5 sm eni 6 -10mm bo`ladi. U aprel oyida gullaydi. Gullari ikki uyli tangaccha shaklida, oqish sariq. Changchisi 3 tapastki tomoni sersuv . Mevasi may oyida pishadi.

JIYDA ( Eleagnus orientalis ) jiydadoshlar oilasidanbo`yi 3 m ga yetadigan daraxt. Tanasi qizg`ish kul – rang. Barglari tuxumsimin cho`zinchoq yoki lansetsimon, uzunligi 1,5 -5 sm . novdalarining uchi ko`pincha tikanli bo`ladi yosh novdalarinin usti va barglari kkumishsimon yaltiroq, maayda guborlar bilan qoplangan. Jiyda may oyida gullaydi, gullari mayday ko`rimsiz. Mevasi sentabr- oktabr oyida pishadi u mayday uzunligi 1-2 sm ga yetadi. U qizil sariq tusda. Uning tarkibida 60 % yaqin qand moddasi bor, shu sababli ham uning mevasi spirt sanoatida keng qo`llaniladi. Uning mevasidan kisel ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. Bu dori sifatita foydalaniladi. Jiydaning yog`ochi qattiq.
TO`QAY O`SIMLIKLARI




Maxalliy nomi

oilasi

Gullash davri




Daraxt , buta va chala butalar

1

Vilgelm toli

Toldoshlar

Aprel-may

2

Yulg`un

Yulgundoshlar

May-sentabr

3

Oqshuvoq

Murakkabguldoshlar

Avgust-sentabr

4

Tog`terak

toldoshlar

Aprel

5

Turanga

toldoshlar

Aprel-may

6

Turong`ir

toldoshlar

Aprel-may

7

To`qaysho`ra

Sho`radoshlar

Aprel

8

Tog`yulg`un

Yulgundoshlar

Iyul-sentabr

9

Chakanda

Jiydadoshlar

may

10

Cho`ljing`ir

Yulgundoshlar

Iyul-iyun




Ko`p yillik o`simlik

1

Bug`doy qamish

Boshoqdoshlar

May-avgust

2

Govpechak

Pechakdoshlar

May-avgust

3

Kendir

Krndrdoshlar

May-iyun

4

Kardariya

Krndrdoshlar

Aprel-may

5

Lepedium

Krndrdoshlar

Iyul-iyun

6

Qizilmiya

dukkakdoshlar

Aprel-iyyul

7

Oqbosh

Murakkabguldoshlar

Iyul-iyun

8

Oqnilufar

dukkakdoshlar

Iyul-avgust

9

Otquloq

Toldoshlar

Iyul-iyun

10

Tozgon

To`zg`oqdoshlar

Iyul-avgust

11

To`qay ayiqtovoni

ayiqtovondoshlar

Iyul-iyun

12

Togqamish

Boshoqdoshlar

Iyul-avgust

13

O`jovnik

Marsiliyadoshlar

Noyabr

14

Shokokil

Piyozguldoshlar

may

15

Qalam

Boshoqdoshlar

May-iyun

16

Qizilkendek

Krndrdoshlar

May-avgust

17

Farov

Boshoqdoshlar

Avgust-oktabr

18

Savage`ich




Iyul-avgust

19

yantoq

dukkakdoshlar

May-sentabr




Bir yillik o`simlik

1

Kichiktoron

Toldoshlar

Aprel-iyyul

2

Surepka

Krestguldoshlar

Mart

3

Arabidopsis

Krestguldoshlar

Aprel-may

4

Tellungielliya

Krestguldoshlar

Iyul-iyun

5

Togtoron

Toldoshlar

Iyul-iyun

Yüklə 284,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə