Kurs ishi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muammoli o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi Ilmiy rahbar


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI



Yüklə 138,46 Kb.
səhifə3/7
tarix27.10.2023
ölçüsü138,46 Kb.
#132437
1   2   3   4   5   6   7
Bahodirova Fotima Bahodir qizi

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
2.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida yuzaga keladigan muammolar
Bog‘chalar faoliyatida huquq ustuvorligini ta'minlash, korrupsiyaviy omillarni oldini olish maqsadida Adliya va Maktabgacha ta'lim vazirliklari qo‘shma ko‘rsatmani imzolashdi. Bu haqda Kun.uzʼga Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lum qilmoqda.
Endilikda, bog‘chalarda yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy va qonunni buzish omillarni oldini olish va bu borada mas'ul xodimlarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish bo‘yicha bog‘chalarda o‘rganishlar o‘tkazish uchun Adliya va Maktabgacha ta'lim vazirliklari hamda ularning quyi tizimlarida hamkorlikda ishchi guruhlar tuziladi.
O‘rganishlarda maktabgacha ta’lim tashkilotsiga joylashtirilgan bolalar sonining muassasa qamroviga nisbatan holati, ularda ovqatlanishni tashkil etish hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi, bog‘cha xodimlarining mehnat intizomiga rioya qilish holati singari jihatlarga alohida e'tibor beriladi.
Ishchi guruhlar bog‘chalarni o‘rganish jarayonida tegishli hujjatlarni talab qilish, aniqlangan holat yuzasidan mas'ul xodimlarini chaqirtirish, ulardan tushuntirishlar olish, zarur hollarda mutaxassislar jalb qilish, ular bilan birgalikda tekshirish o‘tkazish, o‘rganish natijalari bo‘yicha aybdor xodimlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarini bajaradi.
Bundan tashqari, ishchi guruhlari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari orqali bog‘chalarga yo‘llanmalarni berish jarayonini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda “sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, Adliya vazirligining markaziy apparati xodimlari tomonidan faqatgina Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbariyatini ogohlantirgan holda bog‘chalarda reydlar o‘tkazilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish joizki, ushbu hujjat maktabgacha ta'lim tizimida qonun ustuvorligini ta'minlash, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish hamda aniqlanayotgan korrupsiyaviy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Yüklə 138,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə