Kurs ishi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muammoli o‘qitish texnologiyalari” mavzusidagi Ilmiy rahbar



Yüklə 138,46 Kb.
səhifə6/7
tarix27.10.2023
ölçüsü138,46 Kb.
#132437
1   2   3   4   5   6   7
Bahodirova Fotima Bahodir qizi

Kadrlar yetishmovchiligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaxshi ish haqi to‘lanmasa, bu kasbga qiziqish bo‘lmaydi, albatta. Shu kunga qadar qanchadan-qancha tajribali, yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etgan. Shu bois joriy yilning mart oyida Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirishga doir qarori chiqqan.
Agrippina Shinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 27 yil davomida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va MTT xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshirilmagan. 2018 yilning mart oyida Maktabgacha ta'lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yilning sentabridan oliy ma'lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tarif stavkalari yana 30 foizga oshiriladi.
Hozirda maktabgacha ta'limni moddiy rag‘batlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, eng yaxshi tarbiyachi, eng yaxshi mudira, eng yaxshi defektolog kabi tanlovlar g‘oliblariga 5-15 minimal oklad shaklida rag‘batlantirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, 6 yoshli bolalarni ta'limga qamrab olish bo‘yicha qaror loyihasi mavjud. MTV 6 yoshli bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga o‘qituvchi maqomini berish taklifi bilan chiqmoqda. Shunday ekan, tabiiyki, ayni damda Xalq ta'limi vazirligida tatbiq etilayotgan imtiyozlar kelgusida ularga ham tegishli bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qo‘shimcha xizmatlarga talabgor bo‘lgan kishilar uchun to‘lov asosidagi qo‘imcha xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Zero 414-sonli qarorda nafaqat davlat, balki byudjyetdan tashqari faoliyatni ham rivojlantirish kerakligi haqida so‘z yuritiladi. Mablag‘lar MTT hisobiga tushadi, bu ularning mustaqil faoliyati, ularning huquqi, pedagogik tarkib ularni nimaga sarflashni o‘zi hal qiladi.
Ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish tajribasi
Barchaga ma'lumki, MTT ovqatlantirish tizimida ma'lum bir muammolar bo‘lgan. Barcha oziq-ovqat mahsulotlari ham kerakli manzilgacha yetib bormagan. Shuningdek, MTT mudirasi va pedagogik tarkib asosiy ish faoliyatidan chalg‘igan, ya'ni ular bolalarga ta'lim-tarbiya berish qatorida ovqatlantirish tizimini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanishlariga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun bugungi kunda bolalar bog‘chasining aynan maktabgacha ta'lim tizimiga aylantirilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Yüklə 138,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə