Kurs ishi Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni taxlil qilish xuxusiyatlari. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar % da



Yüklə 45,01 Kb.
səhifə5/11
tarix19.12.2023
ölçüsü45,01 Kb.
#150646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi Mavzu Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni -fayllar.org

Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar % da




2007
yil


2008
Yil


2009
yil


2010
yil


2011
yil


2012
yil


2013
yil


2014 yil


Yalpi ichki mahsulotning o’sishi


9,5


9,0


8,1


8,5


8,3


8,2


8,0


8,1


Sanoat mahsulot o’sishi


12,1


12,7


9,0


8,3


6,3


7,7


8,8


8,3


Qishloq xo’jaligi mahsulotlari o’sishi


6,1


4,5


5,7


6,8


6,6


7,0


6,8


6,9


Xizmat ko’rsatish hajmi


20,6


21,3


12,9


13,4


16,1


15,0


13,5


15,7


CHakana savdo aylanmasi


21,0


7,2


16,6


14,7


16,4


13,9


14,8


14,3


Davlat byudjetining bajarilishi


+1,1


+1,5


+0,2


+0,3


+0,4


+0,4


+0,3


+0,2


Inflyatsiya darajasi


6,8


7,8


7,4


7,3


7,6


7,0


6,8


6,1


Iqtisodiyot bo’yicha o’rtacha ish haqi oshishi


44,2


40,0


40


32


26,5


26,5


20,8


23,2


Aholi jon boshiga real daromadlarning o’sishi


27,0


23,0


26,5


23,5


23,1


17,5


16,0


10,2



2007-2014 YILLARDA ERISHILGAN ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR
5. YaIMni daromadlar(taqsimot usuli) bo’yicha hisoblash.
YaIMni daromadlar bo’yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo’shilgan qiymatlar hisobidan, to’langan dastlabki daromadlar qo’shib chiqiladi.
YaMMni daromadlari yig’indisi ko’rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o’rtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy sug’urta ajratmalari. O’zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo’lgan bo’lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi
- Korporatsiyalarning Yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo’jaliklariga tegishli korxonalar bo’lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o’zaro qo’shilib ketgan bo’ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo’llashga sabab bo’ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YAIMni daromadlar ko’rinishida Yalpi qo’shilgan qiymatni ko’rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:
YAIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko’rinishidagi daromadlar paydo bo’ladi.
Shuningdek, YAIMni daromadlar ko’rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo’lish ko’zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
- bilvostia soliqlar (T);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi to’lovi va renta ko’rinishidagi daromadlar(R1);- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1);
-korporatsiya foydasi (R2).
Korporatsiyalar foydasi o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
a) korporatsiyasi foydasidan to’lanadigan soliqlar (R1.1);
b) hissadorlar o’rtasida taqsimlanadigan dividendlar(R1.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko’ra:
YaIM (Y) = A + T + W + R1 + R2 + R1 + R2
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblab topilgan YAIM hajmi o’zaro mos keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’yekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’yekt uchun daromad bo’lib tushadi.
6.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko’rsatkichlar va ular o’rtasidagi nisbat.
Milliy hisobchilik tizimiga ko’ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko’rsatkichidan boshqa yana bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko’rsatkichi ham kiradi. Bu ko’rsatkich MHTning oldingi ko’rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko’rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.
YaMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olgan boshlang’ich daromadlari yig’indisidir.
YaIM va YaMD ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqni quyidagi formula ko’rinishida tasavvur etish mumkin:
YaMD = YaIM + mamlakat rezidentlaroi tomonidan xorijdan olingan daromadlari - norezidentlarning mamlakatdan xorijga jo’natgan daromadlari.
YaIMva YaMD ning prinsipal farqlari shundaki ulardan birinchisi mamlakat rezidentlri tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlar oqimini o’lchasa, ikkinchisi ular olgan boshlang’ich daromadlarni o’lchaydi.
Sof ichki mahsulot (SIM) va Sof milliy daromad (SMD) ko’rsatkichlari YaIM va YaMD ko’rsatkichlaridan amortizatsiya (iste’mol qilingan asosiy kapital) summasi miqdoriga farq qiladi.
SIM = YaIM - A
SMD = YaMD - A
Makroiqtisodiy tahlilda shuningdek MHTga kirmagan Shaxsiy daromad (ShD) ko’rsaikichi ham qo’laniladi.

Yüklə 45,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə