Kurs ishi Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni taxlil qilish xuxusiyatlari. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar



Yüklə 45,01 Kb.
səhifə6/11
tarix19.12.2023
ölçüsü45,01 Kb.
#150646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs ishi Mavzu Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni -fayllar.org

ShD = SMD –[ ISA (Ijtimoiy sug’urta ajratmalari) + T (bilvosita soliqlar) + (R1.1) korporatsiya foydasiga soliqlar) + R1.3 (Korporatsiya-larning taqsimlanmagan foydasi + biznesning foiz daromadlari ] + transfert to’lovlari (TR) + foizlar ko’rinishida olingan shaxsiy daromad
Foizlar ko’rinishida aholi olgan daromadga davlat qarzlari bo’yicha olingan foiz daromadlari ham kiritiladi.
Shaxsiy daromaddan aholi to’laydigan daromad solig’i, mulk solig’i va ayrim nosoliq to’lovlarini ayirib tashlab shaxsiy tasarrufdagi daromad (ShTD) ko’rsatkichi topiladi.
ShTD uy xo’jaliklari tomonidan iste’mol (C) va jamg’arish (S) uchun ishlatiladi.
ShTD =C + S
Makroiqtisodiy tahlilda uy xo’jaliklarining ShTD va Yalpi milliy tasarrufdagi daromad (YAMTD) ko’rsatkichlari o’zaro farqlanadi.

YaMTD= YaMD + Xorijdan olingan sof transfertlar


Xorijdan olingan sof transfertlar = Mamlakat tashqarisidan olingan transfertlar – Mamlakatdan tashqariga berilgan transfertlar)
Yalpi milliy tasarrufidagi daromad yakuniy iste’mol va milliy jamg’armish uchun ishlatiladi.
YAMTD= YAkuniy iste’mol +Milliy jamg’armalar
YAkuniy iste’mol uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlaridan tashqari hukumatning iste’molga xarajatlarini ham o’z ichiga oladi.


7. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar.
Milliy iqtisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasida ma’lum proporsiyalar yoki tenglik ta’minlanishi lozim. Proporsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo’laklarining nisbatini, yoki shu bo’laklar o’rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YaMTD ning yakuniy iste’mol va milliy jamg’arishga bo’linishini misol qilib keltirish mumkin.
Odatda YaMTD hajmida yakuniy iste’mol hajmi yuqori bo’ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalq Respublikasi misolida ko’rdikki milliy jamg’armalarning ulushi ham yuqori bo’lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste’mol va milliy jamg’armalarning YaMTD dagi ulushi 3:1 proporsiyada ham, 2:1 proporsiyala ham bo’lishi mumkin ekan
Shu bilan birga iqtisodiyotda muvozanat bo’lishi uchun ayrim ko’rsatkichlarning aynan teng bo’lishi talab etiladi. Turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yoki ko’rsatkichlar guruhlari o’rtasidagi mavjud bo’ladigan, yoki mavjud bo’lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o’zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblangan YaIM ko’rsatkichlarining o’zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.

Yüklə 45,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə