Kurs ishi mavzu: Turizm industriyasining rivojlanishini rejalashtirish mexanizmlari. Bajardi



Yüklə 58,99 Kb.
səhifə1/5
tarix12.04.2023
ölçüsü58,99 Kb.
#105222
  1   2   3   4   5
Turizm industriyasining rivojlanishini rejalashtirish mexanizmlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«IQTISODIYOT va TURIZM» fakulteti
“TURIZM” yo’nalishi sirtqi bo`lim
talabasi Ro'zmetova Surayyoning
“Turopereyting” fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Turizm industriyasining rivojlanishini rejalashtirish mexanizmlari.

Bajardi : ____________________
Ilmiy rahbar: ____________________

Urganch – 2023


MUNDARIJA:


KIRISH…………………………………………………..………………………...3


ASOSIY QISIM……………………………………………………………………5


1. Turizm industriyasini tashkil qilish …………………………..…….………..5


2. O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va xususiyatlari ……..…………....................................................13


3. Turizm industriyasini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish bosqichlari............................................................................................................. 21




4. Turizmni rivojlantirish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta’minlash………………………………………….........................29


XULOSA………………………………………………………..…………......…38


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………….....………..………..40

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Turizm sohasi eng murakkab kompleks tizimdan iborat bo‘lib, u o‘z ta’sir kuchi ostiga iqtisodiyoning turli tarmoqlarini jalb qiladi. Shu bilan birga 1990-yilga qadar ko‘pgina davlatlar turizmni biror bir rejasiz rivojlantirib keldilar va unga jamiyatning umumiy iqtisodiy rivojlanishi deb qaraldi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, turizmni nazoratsiz, tasodifiy rivojlanishi ko‘pgina ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni vujudga keltirdi, bu o‘z navbatida atrof-muhitning tanazzuliga va milliy o‘zlikning yo‘qolishiga va turistlar oqimining kamayishiga, oqibatda iqtisodiy yo‘qotishga olib keldi.
Hozirgi paytda jahon bozorida ko‘pgina davlatlar iqtisodiyotining raqobatsizligi sharoitida ko‘pgina hukumatlar turizmni xattoki o‘zlarining yagona iqtisodiy rivojlanish imkoniyati deb qarashadi. Turizmga jamiyatni va iqtisodiyoni rivojlantiruvchi usul sifatida yondashish, uning aholi bandligini ta’minlovchi mukammal manba sifatida qaralmoqda. Shuningdek, daromadni ko‘paytirish va turli sabablarga ko‘ra tabiiy va madaniy yo‘qotishlarni tiklashga yordam beradi deb qaralmoqda. Bu bevosita O‘zbekiston Respublikasiga ham taalluqlidir.
Shu sababli, ayni vaqtda turizm industriyasi rivojiga ega hamma davlatlar shunday qarorga kelishdiki, turizmni rejalashtirish ular taraqqiyoti rivojlanishining asosini tashkil etadi
Ammo, turizmni rejalashtirishni o‘rganishni va tahlil qilishni boshlashdan oldin turizmni rejalashtirish nima ekanligini va u nima uchun kerakli ekanligini o‘zlashtirish lozim.
Turizmni rejalashtirish sohasidagi mashhur amerikalik mutaxassis va xalqaro maslahatchi Edvard Inskip bu tushunchani bir qator maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi kelajakni tashkil etish deb tavsiflaydi.
Hozirgi vaqtda xalqaro darajada turizm rivojlanishini rejalashtirish va nazorat qilish uning rivojlanish muvaffaqiyati uchun lozimligi qabul qilindi. Turizmni rejalashtirish yana shu dalil bilan tasdiqlanadiki, rasman birinchi darajali va turizm bo‘yicha dunyoda eng mashhur xalqaro, davlatlararo tashkilot hisoblangan Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT) davlatlarga turizmni rivojlantirish mintaqaviy strategiyalarida, turizm siyosatida, o‘ziga xos mintaqalarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirishda, turistlik faoliyatining milliy iqtisodiyot va turizmni rejalashtirishning istiqbolini baholashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Shu bilan birga turizmni rejalashtirishda salbiy ta’sirlarning oldini olishga va jamiyatning maqsad va vazifalarini bajarishga qaratilgan holda aytib o‘tilganidek barqaror rivojlanish prinsiplariga mos holda olib boriladi.
Turizm milliy, mintaqaviy, mahalliy darajalarda, shu bilan birga «destinatsiya» rejasiga yoki «turizmni rivojlantirish mintaqalariga» muvofiq rejalashtiriladi.
Milliy va mintaqaviy darajalar (uzoq muddatli, va turizm rejalashtirish strategik darajasi), turizm rivojlanish siyosatining umumdavlat, mintaqaviy va respublika darajasida shakllanishini ko‘zda tutadi, mazkur rivojlanishning qonunchilik asoslari, turistlik faoliyatni muvofiqlashtirish ham milliy, ham xalqaro darajada, turizm rivojlaninishining boshqa zaruriy elementlarining ko‘rib chiqilishini talab qiladi.

Yüklə 58,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə