Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

Predlog+ fe’l- overrate, underline, outrun; 
Ravish+ fe’l- downsize, upgrade; 
Sifat + fe’l - whitewash, blacklist, foulmouth; 
Ot + fe’l - browbeat, sidestep, manhandle; 
Predlog + ot - out-Herod, out-fox. 
Ingliz tilida ot+ fe’l tipidagi qo‘shma fe’llar kam uchraydi, chunki ot odatda 
fe’lga vositali to‘ldiruvchi sifatida bog‘lana olmaydi. Ingliz tilida ‘bread –bake’, 
‘car-drive’tipidagi qo‘shma so‘z yo‘q, lekin shunday bo‘lsa ham biz yuvish uchun 
berilgan yo‘riqnomani ( handwash ) va badiiy adabiyotlardagi qo‘shma so‘z ham
(breastfeed) kabi qo‘shma so‘zlarga duch kelamiz. 
Qo‘shma otlarning yana bir xususiyati ularning ikkala komponenti ham
urg‘u oladi. Hattoki urg‘u oladigan qo‘shma so‘z ajratib yozilsa ham uning
har ikkala qismiga ham birdek urg‘u tushadi. Masalan,
FOOTball; ARMchair;
Mailbox va boshqalar. Ammo istisno tariqasida manKIND so‘zini olishimiz
mumkin. 
O‘zbek tilida qo‘shma so‘zlarning o‘rganilishida yakdillik yo‘q.
Zero ayrim olingan bir til birligining o‘zi qo‘shma so‘z yoki bo‘lmasa so‘z 
birikmasi sifatida izohlaniladi. Masalan, “og‘ir oyoq” til birligi o‘zbek tilining
izohli lug‘atida “og‘ir oyoq” deb ajratib yozilib, so‘z birikmasi sifatida beriladi
va shu sahifaning o‘zida “og‘iroyoq” xomilador ma’nosida qo‘shma so‘z deb 
izohlaniladi va bu til birligining ikkinchi qo‘shma so‘z variantini to‘g‘riroq deb 
ma’qullaniladi [7,88].
Ikkala holatda ham mazkur til birliklarining nima sababdan qo‘shib yozilishi 
yoki nima sababdan ajratib yozilishi va ularning birga yoki ajratib yozilgan 


46 
holatlarida ma’no jihatdan o‘zgarish yoki farqi bor yo‘qligiga izoh berilmaydi. 
Bizning fikirimizcha, bu va bunga o‘xshash masalalar ilmiy jamoatchilik
tomonidan kengroq o‘rganilishi va mazkur muammolarga oydinlik kiritilishi 
zarur.
O‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlarning o‘zaro ma’no mazmuniga qarab
muayyan turlarga bo‘lib o‘rganilish imkoniyatiga kelsak, o‘zbek tilida ham
ularni G‘arbiy Yevropa tillaridagi qo‘shma so‘zlarning bo‘linish xususiyatlarini 
sezish qiyin emas. Masalan, “
temir qoziq
” yoki “
yog‘och qoziq
” qo‘shma so‘zlari 
ikki komponentdan iborat bo‘lib, ularning biri ikkinchisini aniqlab
kelayotganligi va shu nuqtai nazardan ularni “atributiv qo‘shma so‘zlar” turiga 
ajratish har qanday e’tirozdan holi narsa. Zero, mazkur qo‘shma so‘zlardagi
birinchi aniqlovchi komponent ikkinchi aniqlanmish (asosiy so‘z) “qoziq”ning
temirdan yoki yog‘ochdan ekanligini aniq ko‘rsatib turibdi. Shu ma’noda, temir-
beton qo‘shma so‘zini tahlil qiladigan bo‘lsak, u kopulativ qo‘shma so‘z turiga 
mansubligi va ikkala komponent ham o‘z ma’nosiga ega ekanligi ya’ni bir-
birini aniqlab kelmayotganligini anglash mumkin. Bu qo‘shma so‘z
komponentlariga “qanday temir?”, “Qanday beton yoki qanaqa temir, qanaqa
beton?” deb savol qo‘yib bo‘lmaydi, chunki ular yaxlit bir tushunchani ya’ni
narsani anglatib turibdi va temirdan yasalgan betonni bildiradi.
Quyida biz ingliz tilidagi bir necha tipdagi qo‘shma so‘zlar ro‘yxatini misol 
sifatida keltiramiz: 
Ot+ ot –football Ravish + fe’l –upgrade 
Sifat + fe’l –whitewash 
Ot + fe’l –manhandle 
Predlog + ot –out –fox 
Predlog + fe’l –underline 
Sifat + fe’l–foulmouth 
Ot + ot-moonlit 
Fe'l + ot-playhouse 
Ot + fe'l –moonshine 


47 
Predlog + ot-uptime 
Ot + ot-lifework 
Fe'l + predlog-showoff 
Fe’l + ot-telltale 
Predlog+ ravish-forever 
Sifat + ot-blackboard 
Fe’l + ot –breakwater 
Predlog + ot -underworld 
Ot + sifat –snow white 
Sifat + sifat –blue green 
Fe’l + sifat –tumbledown 
Predlog + sifat-over-ripe 
Ot + fe’l –browbeat 
Sifat + fe’l –highlight 
Fe’l + fe’l -freeze-dry 
Predlog + fe’l –undercut
Ot + predlog -love-in 
Ravish + predlog –forthwith 
Fe’l+ predlog –takeout 
Predlog + predlog –without 
Predlog + fe’l –outrun 
Ravish + fe’l –upgrade 
Sifat + fe’l –whitewash 
Ot + fe’l –manhandle 
Predlog + ot –out –fox 
Predlog + fe’l –underline 
Sifat+fe’l–foulmouth 
 

 
 


48 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə