Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 1,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/20
tarix30.05.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#114255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
14162 1 3968067C430FC02DDEA2829B4E81771B6E92654C

need some good
paper for my room («paper» oti ushbu gapda to’ldiruvchi). I paper my room 
every year (bu gapda esa “paper” fe’li kesim vazifasida kelgan).
Bugungi kunda
konversiya ingliz tilida fe’l yasashning eng asosiy usullaridan biridir. Fe’llar 
turli xil semantik guruhlarga mansub otlardan yasaladi, shuning uchun turli 
ma’nolarga ega bo’ladi:
1) agar inson tana qismlarini bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument 
ma’nosiga ega bo’ladi:
to eye, to finger, to elbow, to shoulder
va boshqalar. Agar
asbob–uskuna, qurol, instrumentni bildiruvchi otdan yasalsa, fe’l instrument
ma’nosiga ega bo’ladi: 
to hammer, to machine–gun, to rifle, to nail;
2) fe’llar o’zi yasalgan ot ishora qilgan tirik mavjudotlarga xos 
harakatlarga ishora qilishi mumkin
: to crowd, to wolf, to ape
;
3) agar predmetga ishora qiluvchi otdan yasalgan bo’lsa, fe’llar 
o’zlashtirish, qo’shimcha qilish yoki mahrum qilish ma’nolarini beradi: 
to fish, to 
dust, to peel, to paper; 
4) o’zi yasalgan ot joy nomini bildirsa, fe’llar o’sha joyga ishora qilishi 
mumkin: 
to park, to garage, to bottle, to corner, to pocket
;
5) o’zi yasalgan ot paytni bildirsa, fe’llar o’sha paytga ishora qilishi
mumkin: 
to winter, to week–end. 
Fe’llar sifatdan ham o’zlashtirishi mumkin, bunday holatlarda ular holatning
o’zgarishiga ishora qiladi: to tame, to clean, to slim.Fe’llar ham otga o’zgarishi
mumkin. Konversiya orqali yasalgan otlar quyidagilarga ishora qiladi: 
1) qisqa vaqtda bajariladigan ish–harakatlar:
a jump, a move
;
2) jarayon yoki holat: 
sleep, walk;
3) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning bajaruvchisiga: 
a
help, a flirt, a scold; 


53 
4) o’zi yasalgan fe’l orqali ifodalangan ish–harakatning obyekti yoki 
natijasiga
: a burn, a find, a purchase; 
5) fe’l tomonidan ifodalangan ish–harakat o’rniga
: a drive, a stop, a 
walk.
Fe’ldan yasalgan ko’p otlar faqat birlik shaklda ishlatilishi mumkin va ular
lahzalik ish–harakatlarga ishora qiladi. Bunda ular quyidagi fe’llar bilan birga
ishlatiladi
: to have, to get, to take
va boshqalar. Masalan:
to have a try, to give a
push, to take a swim. 
Konversiya usuli, yuqoridagilarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, o’ziga xos 
so’z yasalishi usuliga kiradi va shu jihatlari orqali ushbu produktiv usulda muhim 
rol o’ynaydi.
Abbrivatura. So’z va so’z guruhlarining qisqarishi hisoblanadi. Bu 
qisqarishning sababi lingvistik va ekstra–lingvistik tusga egadir. Ekstra–lingvistik 
sababida odamlar hayotining o’zgarishi va bu o’zgarishlar ko’pgina qisqarishlarga 
duch kelishini ko’rishimiz mumkin. [9,18]
Zamonaviy ingliz tilida bir qancha yangi abbrivatura formalari mavjud 
bo’lib, bu hayot tarzi jadallik bilan o’sib ketmoqda va imkon darajasida ko’p 
ma’lumotga ega bo’lishimiz kerak degani.
Qisqartma so’zlarning asosiy 2 ta turi bo’lib, ular grafik va leksik jihatdan 
farqlanadi. Grafik jihatdan ular yozma matnda joylarni kamroq egallash uchun
ishlatiladi. Ular ham o’z o’rnida bir nechta semantic guruhlarga bo’linib ketadi.
Biz bu yerda misollar berish bilan kifoyalansak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Masalan: 
days of weeks – Mon., names of month – Apr., names of countries
– UK. 
Leksik tomondan so’zning bir qismini qisqartirish orqali yasaladi va leksik nuqtai–
nazaridan apokoplar deyiladi. Masalan
: disco (dicotheque), expo (exposition), 
intro (introduction).
Qisqartma so’zlar bosh harflarni qisqartirish yo’li bilan odatda leksik ham,
grafik ham turda bo’lishi mumkin. Masalan: 

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə