Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə32/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

5.3 Genitiv kelishigi

Qaratqich kelishigi asosan mansublik ma’nosini bildiradi. Uning gapdagi sintaktik vazifasi aniqlovchi bo‘lib qo‘llanishdir: Die Brille des Vaters ist neu. des Tag(e)s – kunning, des Vaters – otaning, des Klubs – klubning, des Studenten – studentning, der Tür – eshikning


Nemis tilida qaratqich kelishigi belgili va belgisiz bo‘ladi. Mujskoy va sredniy rodga oid otlarning qaratqich kelishigi belgili bo‘ladi: die Luft des Frühlings, das Spielzeug des Kindes.
Jenskiy rodga oid otlarning qaratqich kelishigi belgisiz bo‘ladi: das Kleid der Frau.
Nemis tili qaratqich kelishigida kelgan otning asosiy vazifasi boshqa otni aniqlab berishdir. Qaratqich kelishigidagi ot bilan birga kelgan ot o‘rtasida munosabat qarshilikni anglatadi. Lekin ikki ot o‘rtasidagi mansubliklarning mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) egalik ma’nosidagi qaratqich kelishigi (genitivus possessivus). Masalan: das Buch des Studenten, das Kleid der Frau, das Heft des Schülers
2) belgili, sifatli qaratqich kelishigi (genitivus qualitativus): der Wagen erster Klasse. Das Lied der Lieder
3) sub’ektli qaratqich kelishikda (genitivus subjektivus) ot fe’ldan yasalgan otga qarashli bo‘ladi: die Liebe der Mutter, das Weinen des Kindes.
4) obyektli qaratqich kelishikda (genitivus objektivus) fe’ldan yasalgan ot-qaralmish qaratqichga tegishli bo‘lishi bilan birga unga nibatan to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. Masalan: die Erhöhung des Arbeitslohnes, die Erbauung der Fabrik.
5) bo‘luvchi qaratqich kelishigi (genitivus partitivus) butunning bo‘lagini anglatadi: die Hälfte des Apfels, ein Kino des gekauften Brotes. Bu qaratqich kelishik nemis va o‘zbek tillarida belgini kuchaytirish darajasini orttirib ko‘rsatish uchun ham qo‘llanadi: der beste der Freunde, die schönste der Frauen
Bo‘luvchi qaratqich kelishigining bir turli shaxs yoki predmet to‘dasidan birini ajratib ko‘rsatadi: einer der Studenten, keiner der Gäste – studentlarning biri, mehmonlarning hech qaysisi
Bo‘luvchi qaratqich birikmasi sintaktik nuqtai nazardan ajratilmas so‘z birikmasi bo‘lib, ko‘p so‘zli gap bo‘lagi hisoblanadi. Maslan: Ein Teil der Arbeit gapida ega faqat ein Teil so‘zining o‘zi emas, balki balki ein Teil der Arbeit so‘z birikmasidir.
6) ozod qaratqich kelishigi (der freie Genitiv) payt ma’nosini anglatadi: die Feiertage des Monats, der Held des Tages.
Payt ma’nosini anglatadigan qaratqich kelishigining bir qancha formalari ravishga yoki turg‘un so‘z birikmasiga ko‘chgan. Masalan: rechts, links, halbwegs, unterwegs kabi misollar bunga dalil bo‘la oladi.
7) qaratqich kelishigi o‘rin yoki payt munosabatini anglatadi: die Tiere des Waldes; die Post dieser Woche, die Arbeit eines Jahres.
8) ba’zi leksik ma’nosi chegaralangan iboralarda qaratqich kelishigi o‘rin (lokale, raümliche), payt (temporale, zeitliche) yoki modal (modali) ma’noga ega bo‘ladi.
Qaratqich kelishigining ma’no va vazifasida nemis tilida quyidagi forma va konstruksiyalar qo‘llanishi mumkin.
1) qaratqich kelishigi ko‘pincha predlogli gruppalar o‘rnida, ko‘pincha aniqlovchi vazifasida keladigan von – Dativ predlogli gruppa o‘rnida qo‘llanadi. Lekin qaratqich kelishigining hamma formalari bu vazifani bajara olmaydi. bu quyidagi uch holatda qo‘llanadi:
a) agar aniqlovchi atoqli ot bilan ifodalangan bo‘lsa: die Werke von Heine o‘rniga die Werke Heines, Heines Werke deb ifodalash mumkin
b) agar aniqlovchi vazifasida kelgan ot ko‘plikda artiklsiz qo‘llansa: ein Ankauf von Büchern, eine Gruppe von Menschen (eine gruppe Menschen), eine Gruppe von aufgeregten Menschen (- eine Gruppe aufgeregter Menschen);
c) agar aniqlovchi oldida sanoq son kelsa: die Mutter von acht Kindern – die Mutter der acht Kinder.
Boshqa holatlarda qaratqich kelishigi va predlogli gruppalar almashinish xususiyatiga ega:
einer meiner Freunde – einer von meinen Freunden
2) qaratqich kelishigi qo‘shma so‘zlar (Zusammensetzungen) bilan almashinishi mumkin:
der Präsident das Bundestags – der Bundestagspräsident, mitglieder des Vereins – Vereinsmitglieder.
3) qaratqich kelishigi qiyos ma’nosini ifoda etgan gap bilan almashinishi mumkin. Bunda parallel forma hosil bo‘ladi: sein Gedächtnis ist wie eine Klaviatur – die Klaviatur seines Gedächtnisses (B. Kellerman).


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə