Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə1/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Kuvanova Shahnoza Omonovna

NEMIS TILI
FANIDAN MUKAMMAL QO‘LLANMA

Maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari,


abituriyentlar, nemis tili fanidan olimpiada qatnashuvchilari
hamda nemis tili fani o‘qituvchilari uchun

Muhtaram o‘quvchi, ma’lumotnomani tuzishda umumta’lim maktablari hamda akademik litseylar chun so‘nggi yillarda nashr qilingan darslik va mazkur sohada shu kungacha tavsiya etilgan zarur manbalarga tayanildi.Qo‘llanma o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abituriyentlar nemis tili fanidan olimpiada qatnashchilari, oliy o‘quv yurti talabalari, nemis tili fani o‘qituvchilari hamda ushbu fanga oud qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan. U amaldagi o‘quv dasturlaridagi mavzularni, asosan fonetika, grammatika, o‘lkashunoslik va qisman leksikologiya bo‘limlarini qamrab olgan. Qo‘llanmani yozishda Vatanimiz va xorijiy mamlakatlar olimlarining tajribalaridan foydalanilgan.

Mas’ul muharrir: A.Nurmuhammedov SamDU
dotsenti

Taqrizchilar: Xurram Raximov


Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat
pedagogika universiteti olmon tili va
o‘qitish metodikasi kafedrasi
mudiri,professor.

G‘.K.Xo‘jayev filologiya fanlari
nomzodi, dotsent

Mutaxassislar va hurmatli kitobxonlarning mazkur qo‘llanma yuzasidan bildirgan fikr va mulohazalarini quyidagi elektron manzilga yuborishlarini so‘raymiz:


Kuvanova_7576@list.ru


KIRISH

Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining ustivor sohasiga aylanib, ushbu yo‘nalishda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari asosida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.Test topshiriqlari o‘quvchilarni mavzuni keng qamrovda aniq ma’lumotlarga tayanib o‘rganishga, mantiqiy fikrlashga, berilgan savolga javobni yetarli dalillar keltirgan holda taqqoslash va izohlashga undaydi.Shunday ekan, bu borada qilinadigan har bir amal davlat ahamiyatiga ega hisoblanadi.


Yana shuni aytish lozimki, test tizimi universal bo‘lib, bu tizim orqali birinchidan, mavjud bilimlarni aniqlash mumkin, ikkinchidan yangi bilim olish imkoni ham yaratiladi.
Ma’lumki, ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda chet tillarni o‘qitishning yangi texnologiyasini ishlab chiqishga, intensivlashtirilgan usullardan foydalanishga, namunali,davr talabiga javob beradigan darsliklar,qo‘llanmalar va lug‘atlar yaratishga alohida etibor berilgan.
Mazkur ”Nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma’’ ni tuzishda to‘plovchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazi tomonidan nashr etilgan test topshiriqlaridan foydalangan hamda o‘zi tuzgan test topshiriqlari bilan to‘ldirgan.
Bunda test topshiriqlari ta’lim turlari bo‘yicha o‘qitilayotgan ”Nemis tili” o‘quv fani mavzulariga moslashtirilib, yagona tizim shakliga keltirilgan va joriy etilgan o‘quv dasturlariga muvofiqlashtirilgan.
Test topshiriqlarining muayyan mavzular atrofida uyg‘unlashtirilib berilishi chet tili ta’limini amalga oshirishda qator imkoniyatlar yaratadi:
- umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining nemis tili fanidan o‘zlashtirish darajasi va bilim sifatini aniqlash;
- bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishda mustaqil ravishda tayyorgarlik ko‘rishi;
Ta’lim turidan qat’iy nazar, barcha ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonida mazkur to‘plam o‘quvchi va talabalarning bilim sifatini reyting tizimida baholashda didaktik qo‘llanma sifatida ham keng ishlatilishi mumkin.
Kirish testlarida abiturientlarning quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalari tekshiriladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə