Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Unlilarning cho‘ziq va qisqa o‘qilishi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə7/533
tarix23.12.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#157157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   533
Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma

1.1 Unlilarning cho‘ziq va qisqa o‘qilishi

Nemis tilida unli tovushlar qisqa va cho‘ziq o‘qilishi bilan o‘zbek tilidan farq qiladi . Unli tovushlarning cho‘ziq va qisqa talaffuz qilinishiga rioya qilmaslik so‘z ma’nosining o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan: das Beet (jo‘yak) das Bett (karavot)
Unlilar quyidagi hollarda cho‘ziq o‘qiladi:
a) qo‘sh unli so‘z o‘rtasida kelsa: Saal , Boot, Beet;
b) unli ochiq bo‘g‘inda kelsa: sagen, leben, Tiger, loben, rufen;
c) shartli yopiq bo‘g‘inda kelsa: Gras, Weg, Hof, Ruf, Typ;
d) unlidan keyin cho‘ziqlik belgisi „h“ kelsa: fahren, gehen, ihre, ihnen, wohnen;
e) unlidan keyin biron sonor tovush kelsa: der, dem, dir, mir, wem, nur;
f) ikki unli birikib kelsa: bieten, Wiese, niemand, sieben, Kiefer;
g) ayrim qoidadan mustasno holatlarda ham unlilar cho‘ziq o‘qiladi: Pferd, Arzt, Erde, Jagd va boshqalar.
Unlilar quyidagi holatlarda qisqa o‘qiladi:
a) qo‘sh undoshlardan oldin: Mann, Bett, murren, Sommer, Sinn, Wasser;
b) ikki va undan ortiq har xil undoshlardan oldin: Hemd, Dorf, Tisch, Katze ;
c) yopiq bo‘g‘inda kelsa: an, ab, das, es, Linde, finden;
d) ixlaut , axlaut harf birikmalaridan oldin kelsa: mich, wichtig; lachen; singen.
Nemis tilida ikkita unli harf birikib, bir unli kabi o‘qilish holatlari mavjud. Bunday harflar birikmasiga d i f t o n g deyiladi. Nemis tilida uchta diftong bor: ai,ei; au,äu (eu)
1) [ae] – diftongi
ai, ei harflar birikmasi o‘zbek tilidagi „aylana“ so‘zidagi „ay“ tovushiga o‘xshab o‘qiladi: Mai , Speise
2) [ao]- diftongi – a va u harf birikmalaridan iborat.
Bu diftong ifodalaydigan tovushning birinchi qismi „o“ kabi va ikkinchi qismi taxminan o‘zbekchadagi „o‘“ va „u“ tovushlar oralig‘ida talaffuz qilinishi kerak:Bau, Haus
3) äu,eu harflar birikmasi o‘zbekcha “oy” kabi o‘qiladi .neu , Beute
Nemis tilida ba’zi unlilar ustiga qo‘shimcha diakritik belgi (..) qo‘yish yordamida yangi tovushlar ifodalanadi. Bunday belgili unlilar u m l a u t l i u n l i l a r deyiladi. Bu belgilar yangi tovush hosil qilish bilan birga, so‘z yasash, forma yasash va so‘z ma’nosini o‘zgartirish xususiyatlariga ham ega. ä (a-Umlaut), ö (o-Umlaut), ü (u-Umlaut).
ä (a-Umlaut) o‘zbek tilidagi „etik, ertak“ so‘zlaridagi „e“ kabi o‘qiladi: zählen.
ö (o- Umlaut) o‘zbek tilidagi „o‘t“, ”o‘rdak” so‘zlaridagi ”o‘ ”kabi o‘qiladi: Höhe, Höfe.
ü (u-Umlaut) o‘zbek tilidagi „uy, kun“ so‘zlaridagi „u“ kabi o‘qiladi: für, üben.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə