Kuyish tasnifi, termik kuyish



Yüklə 29,44 Kb.
səhifə2/2
tarix19.01.2023
ölçüsü29,44 Kb.
#98787
1   2
амалий машгулот (1)

Sovuq urishi
Sovuq urishi, darajalari. Past harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishigasovuq urishi, deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma’lum sharoitlarda ortiqcha namlik, tor va ho‘l poyabzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta’sir qilishi, shamol, shikastlangan kishi umumiy ahvolining yomonligi kasallik, qoqsuyak bo‘lib oriqlash, mastlik, qon yo‘qotish va hokazo. Harorat, hatto noldan yuqori 3 7°C bo‘lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko‘pincha qo‘l-oyoqning distal bo‘limlarini quloq, burun uchini sovuq uradi. Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda og‘riq, so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi. Bunday og‘riq sezmaslik past harorat ta’siri davom etayotganini bilintirmay qo‘yadi, bu aksari to‘qimalarda tiklanmaydigan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi. Sovuq urishining to‘rt darajasi farq qilinadi (5859-rasmlar). I darajasi terining oqarishi (tomirlar spazmi) va sezuvchanligining yo‘qolishi bilan xarakterlanadi. Bemor isitilgandan keyin badan terisining shu qismi ko‘kimtir-qizil bo‘lib qoladi (tomirlar ! 191 falaji), ozgina shishadi va og‘riydi. Sog‘ayishdan oldin odam sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi, ba’zan terining ko‘kimtir rangi saqlanib qoladi. II darajasida qon aylanishining birmuncha chuqur buzilishi kuzatilib, keyiroq tiniq suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar hosil bo‘ladi. Pufaklar atrofidagi teri ko‘kimtir qizil tusga kiradi. Infeksiya tushmasa, o‘rta hisobda ikki hafta ichida tuzaladi. Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati ko‘tariladi, eti junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi, ikkilamchi infeksiya rivojlanmasa, shikastlangan zonada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari granulatsiya va yamoqlar hosil qilmay asta-sekin (1530 kunda) ko‘chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha, ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi. III darajasida teri va uning ostidagi to‘qimalar irib, nekrozlanadi. Jonsizlanish gemorragik suyuqlik bilan to‘lgan yumshoq pufaklar hosil bo‘lishi bilan ifodalanadi. Bu pufaklar po‘stloq paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha unga yiringlanish qo‘shiladi. Nobud bo‘lgan to‘qimalar ko‘chib tushganidan keyin ularning o‘rnida granulatsiyalar yuzaga kelib, chandiqlanish va epitelizatsiya boshlanadi. Kasallik 12 oy ichida tuzaladi. IV darajasida nekroz chuqur joylashgan to‘qimalar, shu jumladan suyaklarni ham qamrab oladi. Gavdaning shikastlangan qismi to‘q ko‘kimtir rangga, qoramtir suyuqlikka to‘la pufaklar bilan qoplanadi. Odatda, pufaklar sovuq olishidan 2 hafta keyin paydo bo‘ladi (ikkilamchi pufaklar). 58-rasm. Sovuq urishining IV darajasida nekroz to‘qimalarining ko‘chishi. 59-rasm. Sovuq urishining IV darajasida nekroektomiya. Nekroz to‘qimalari olib tashlangan, barmoqlar kesilgan. 192 Demarkatsiya chizig‘i asta-sekin ko‘rinadi va unchalik yaqqol sezilmaydi. Sovuq olgan sohalarda sezuvchanlikning hamma turlari yo‘qoladi. Keyinroq shikastlangan qism qurib (mumifikatsiya), ko‘chib tushadi va o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi. Sovuq urishda bemorning umumiy ahvoli uning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sovuq urishning dastlabki ikki darajasida bemorning umumiy ahvoli unchalik yomon bo‘lmasa, keyingi darajalarida toksemiya va infeksiya qo‘shilishiga bog‘liq holdagi klinikasi namoyon bo‘ladi (yuqori harorat, holsizlik, ishtaha yo‘qligi, leykotsitoz, EChÒ oshishi va hokazo) . Sovuq urishda birinchi yordam. Birinchi yordam shikastlangan kishini va ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan bemorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kerak. Avvalo, tananing sovuq urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim. Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho‘llangan toza qo‘l bilan, ba’zan ancha vaqtgacha massaj qilish yo‘li bilan erishiladi. Òerida sezuvchanlik tiklanishi bilan ishqalashni to‘xtatish mumkin. Òananing sovuq urgan qismlarini qor bilan ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari esa, terini shikastlaydi, bu hol suvuq urgan sohaga infeksiya tushishiga imkon beradi. Òerida shish va pufakchalar bo‘lganda uni ishqalash va massaj qilish mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv haroratini 2030 daqiqa ichida asta-sekin 20 40°C darajagacha oshira borish mumkin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak. Vannadan va ishqalanishdan so‘ng shikastlangan sohani quritish (artish) steril bog‘lam bog‘lash va issiq qilib o‘rash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog‘ va mazlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni ancha qiyinlashtiradi. Shikastlangan kishini isitish bo‘yicha tadbirlar birinchi yordam ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq qahva, choy, sut, beriladi. Sovuq urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sanitariya transporti yetib kelguncha birinchi yordam ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday yordamni transportda olib borish vaqtida ko‘rsatish lozim. Umumiy muzlash. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro‘y beradi. Umumiy sovqotish va muzlash kuchquvvatini yo‘qotib, yo‘lda adashib qolgan, kasalliklardan tinka- 193 madori qurigan yoki juda oriq kishilarda ro‘y beradi. Ko‘pincha qattiq mastlik holatida bo‘lgan shaxslar, alkogoliklar muzlab qolishadi. Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, uyquchanlik sezgisi paydo bo‘ladi. Òana harorati bir necha darajaga pasayganda, behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta’sirining davom qilishi tezda nafas olish va qon aylanishining to‘xtashiga olib keladi. Birinchi yordam. Shikastlangan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Òananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilib suvni asta-sekin 36 darajagacha isitiladi. Òeri pushti rangga kirgandan va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi, sun’iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemor o‘zicha nafas ola boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng uni karavotga olib yotqiziladi, issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq qahva, sut, choy, beriladi. Oyoq-qo‘llarining sovuq urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganida tegishli yordam ko‘rsatiladi. Shikastlangan kishilarni, albatta, davolash muassasasiga olib borish kerak. Òransportda olib borishda ularning qaytadan sovqotmasligi uchun hamma choralarni ko‘rish shart.
Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə