Eynshteyn fotoelektr effektini tushuntirib berdi
1905-yilda, fizikadagi barcha yangi inqilobiy
ilg‘or ilmiy g‘oyalar
Eynshteyn
tomonidan
shakllantirilayotganda o‘xshardi. Bundan 5 yil avval,
Plank elektromagnit nurlanish, shu jumladan
yorug‘lik ham kvantlar ko‘rinishida nurlanishini,
ushbu
nurlanish energiyasi esa, to‘lqin chastotasiga
proporsional ekanini ta’kidlovchi yangi ilmiy
g‘oyalarni ilgari surgan edi. Plankning shaxsan o‘zi
uchun bunday model shunchaki matematik yo‘nalish,
masalani soddalashtirish edi xolos. Lekin, Eynshteyn
energiyaning kvantlanishi bu – qandaydir shunchaki
nazariy
va qulay matematik model emas, aksincha,
tabiatda mavjud elektromagnit to‘lqinlarning, shu
jumladan, yorug‘likning fundamental xossasi ekanini
fahmlab qoldi. Unga ko‘ra, yorug‘lik bu bir tekis
tarqaladigan uzluksiz oqim tarzida emas, balki,
fotonlar deb nomlanuvchi
diskret zarrachalarning
oqimidan iborat bo‘lishi kerak edi. Ko‘plab olimlar
Eynshteynning mazkur dadil g‘oyasiga bema’nilik
deb ham qarashdi. Eynshteyn esa o‘z g‘oyalarining
haq ekanini isbotlashga kirishdi. 1900-yillar boshida
fizik olim Filipp Lenard tomonidan ajoyib bir tajriba
o‘tkazilgan bo‘lib, unda, yorug‘lik ta’sirida metall
plastinalardan fotonlar chiqarishi kuzatilgan edi. Bu
fiziklarga allaqachon yaxshi tanish bo‘lgan fotoelektr
effekti edi. Eynshteyn taklif qilgan modelga ko‘ra, bu
hodisa yorug‘likning alohida zarrachalar, kvantlardan
iborat ekani tufayli bo‘lib, e’tibor qaratilsa, yorug‘lik
yorqinroq
berilsa,
metall
plastinadan
uchib
chiqayotgan fotonlar soni ko‘proq, sustroq yorug‘lik
bilan esa ozroq bo‘lib qolardi. Eng qizig‘i esa, uchib
chiqayotgan fotonlar
energiyasi doimo bir xil
qolavergan. Eynshteynning bu boradagi taxminlari
haq ekani Milliken tomonidan amalda isbotlangach,
ushbu ilmiy kashfiyoti uchun Eynshteyn 1921-yilgi
Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
Dostları ilə paylaş: