Bor atomi
1911-yilda Nils Bor o‘z vatanida maxsus
stipendiya
ni qo‘lga kiritdi va malaka oshirish uchun
Angliyaga yetib keldi. Bu payda fizika olamida,
atomning qanday tuzilganligi
haqidagi jumboq
markaziy sahnaga chiqqan bo‘lib, hamma yetakchi
fiziklar ushbu savol ustida bosh qotirmoqda edilar.
Bor Manchesterga, Ernest Rezerford laboratoriyasiga
yetib keldi va atomlarning Rezerford tomonidan
kashf qilingan yadro bilan birgalikdagi modelini
ishlab chiqishga kirishdi. Agar, basharti, elektronlar
atom ichida bo‘lsa-yu, lekin, ular yadrodan tashqarida
joylashsa, unda, elektronlarning qanday qilib yadroga
qulab tushmasdan,
aksincha, undan muayyan
masofada barqaror turishini izohlab berish kerak edi.
Bor avvaliga, elektronlar yadro bilan elastik bog‘lar
bilan bog‘langan bo‘lsa kerak, Plank kvantlari esa
o‘sha elastik bog‘larning tebranishlarining ko‘lami
bilan cheklangan bo‘lsa kerak degan taxminga borib
yurdi. Lekin bu taxmin o‘zini oqlamadi, chunki u
kuzatish
natijalari
bilan
muvofiq
chiqmadi.
Elektronlarning yadro atrofida harakatsiz (statik)
joylashishini taxmin qiluvchi
model allaqachon kun
tartibidan
olingan
edi.
Chunki,
bu
model
elektronlarning barqarorlik sababini hech qanaqasiga
izohlay olmasdi. Lekin, elektronlarning xuddi
sayyoralar
Quyosh
atrofida
aylangani
kabi,
o‘zlarining yadro atrofidagi orbitalarida aylanishini
taxmin qiluvchi modelda ham, aynan barqarorlik
sharti nima evaziga
bajarilayotganini tushunib
bo‘lmasdi.
Muayyan
orbita
bo‘ylab
harakatlanayotgan istalgan obyekt harakatida albatta
tezlanish mavjud bo‘ladi. Tezlanish mobaynida esa,
zaryadlangan
zarracha
o‘zidan elektromagnit
nurlanish taratadi. Basharti, elektronlar ham yadro
atrofida tezlanish bilan harakat qilsa, unda nurlanish
chiqarish jarayonida elektron o‘z
energiyasidan
tobora mosuvo bo‘lib borardi va natijada, spiralsimon
traektoriya bo‘ylab harakatlanib, oxir-oqibatda
yadroga qulab tushishi kerak edi. Natijada, atom ham
buzilib ketardi. Lekin, amalda bu narsa bo‘lmayapti
va ko‘p elementlarning atomlari juda a’lo barqarorlik
namoyish qilmoqda. Bor, yadro atrofidagi elektronlar
faqat
aniq
belgilangan,
qat’iy
orbitalarda
harakatlanishi va ular bir orbitada boshqasiga faqat
«sakrab» o‘tishi mumkinligini ta’kidlovchi yangicha
atom modelini taklif qildi.
Dostları ilə paylaş: