L. Mijozning kreditga layoqatliligi tushunchasi


Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish



Yüklə 63,71 Kb.
səhifə6/8
tarix23.12.2023
ölçüsü63,71 Kb.
#157576
1   2   3   4   5   6   7   8
Mijozning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari va ularning tahlili

Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlarni sinfl arga ajratish



Ko‘rsatkichlar

I sinf

II sinf

III sinf

1.

Qoplash koeffi tsiyenti (Kq)

Kq≥2,0

2,0≥Kq≥l,0

l,0≥Kq

2.

Likvidlilik koeffi tsiyenti (Kl)

K1≥1,5

1,5≥K1≥1,0

1,0≥K1

3.

Muxtorlik koeffi tsiyenti (Km)

Km≥60 %

60 % ≥Km≥30 %

30 % ≥Km

Kreditga layoqatli har bir sinfdagi korxonalar bilan banklar har xil kredit munosabatlari tuza oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvc hilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob raqami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foiz larda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofi q shaklda ta’m inlanishi (kafolat, garov, kafi llik) sharoitida kredit beriladi, agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kred itlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qi lish, kre dit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarini oshirish, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ular kamdan kam hollarda yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffi tsiyenti 0,5 dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa, uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin. Bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‘rib chiqishda, hamda kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mijoz turli xil sinfl arga taalluqli bo‘lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida to‘g‘ri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim
bo‘ladi.

Yüklə 63,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə