Labaratoriya ishi-1



Yüklə 23,38 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü23,38 Kb.
#104529
Labaratoriya ishi-1


Labaratoriya ishi-1
Mavzu: Menejment sohasidagi axborot tizimlari va texnalogiyalari
1-topshiriq. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli tarixiy davrlarida muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatiga erishishda zarur bo’lgan uslubiyotlar o’zgarib boruvchanlik xarakteriga ega. Jumladan, agrar rivojlanishdagi iqtisodiy faoliyat oziq-ovqat etishtirish bilan bog’liq bo’lib er va mehnat asosiy resurs sifatida ahmiyatli bo’lsa, sanoat rivojlanishining asosi esa kapital talab qiluvchi texnologiyalardan foydalanish bilan qayta ishlov beriladigan yirik material va mahsulot ishlab chiqarish oqimlari bilan belgilanadi. Jamiyatni axborot va ilmiy ishlanmalar talab etuvchi innovatsion texnologiyalarga o’tishi ilgari unchalik ahamiyat berilmagan axborot resurslarini faoliyatga kiritib, ishchi-xodim malakasiga qo’yiladigan talablarda yangicha yondashuvlarni yuzaga keltirdi. Axborotlashgan jamiyatda turli ko’rinishdagi ishlab chiqarishni samarali boshqarish uchun axborotlar ishlab chiqarish va foydalanish asosiy iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Hozirgi kunda har qanday iqtisodiy faoliyat sohasini nafaqat mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan ishlab chiqarish va servis texnologiyalari, balki boshqaruv, ishlab chiqarish, ta‘minot, savdo, maishiy va korxonaning boshqa funksional bo’linmalarini axborotlarga bo’lgan talablarini ta‘minlab beruvchi axborot texnologiyalarisiz ham amalga oshirib bo’lmay, bu boshqaruvda mavjud bo’lishi shart bo’lgan zaruriy vositaga aylandi. Axborot texnologiyalari korxonaning barcha ko’rinishidagi resurslarini
ratsional boshqarishga, shuningdek, tadbirkorga yakka holda qaror chiqarib faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Resurslarni har doim cheklangan holatda bo’lishligi sharoitida, qat‘iy samaraga erishish uchun resurslarni bir joyga jamlash to’g’risidagi boshqaruv qarorlarini to’g’ri va o’z vaqtida qabul qilinishi faoliyat muvaffaqiyatining asosiy omili hisoblanadi. Aynan axborot texnologiyalari taqdim etadigan ma‘lumotlar bosh masalalarni echish uchun zarur vaqtda va kerakli joyga resurslarni jamlanishiga imkon yaratadi. Tizimli tashkil etilgan bilimlar xodimlar malakaviy doirasini yanada oshiradi va korxonaga ratsional, maqsadga yo’naltirilgan hamda tejamli, yuqori samarali faoliyat yuritishiga imkon beradi. Ammo, ko’plab mahalliy korxonalarda axborot texnologiyalari sohasida korporativ siyosatning mavjud emasligidan korxona korporativ axborot-boshqaruv tizimini yaratish strategiyasini ishlab chiqishda keng ilmiy asoslangan echim – bilimlar hozircha etarli emas va mavjudlaridan samarali foydalanish kerak bo’ladi. Axborot texnologiyalari strategiyasi deyilganda korporativ yondashuv, tamoyil va usullarning shakllantirilgan tizimi tushuniladi va axborot-boshqaruv tizimining barcha komponentlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Axborot texnologiyalari (AT) strategiyasini ishlab chiqish loyihasining bosh maqsadi korxona biznesini rivojlantirish asosiy faoliyat maqsad va yo’nalishlariga mos kelishini ta‘minlash uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo’yicha integrallashgan korporativ jarayonlarni tashkil etishdan iborat bo’ladi.

2-topshiriq 1. ATning joriy holati qanday?


2. Biznes strategiyasi qanday aniqlanadi?
3. ATni joriy etish, foydalanish va rivojlantirishning boshqichi necha yilga mo’ljallangan?
4. ATdan samarali foydalanishning asosiy kaliti…?
5. Axborot texnologiyalari strategiyasi nima?
3-topshiriq.
1. SCM kontekstida yetkazib berish zanjirini boshqarish nechtaga tarmoqlanadi?
a)5 b)4 c)3 d)6
2. SOURCE bosqichida qanday jarayon bo’ladi?
a) yetkazib berish b)sotib olish
c)buyurtma qilish d)utilizatsiya
3. Tarqatish tarmog’ining konfiguratsiyasi qaysi javobda berilgan?
a) distribyutor b)navigator c)detalizator d)injector
4. Logistic zanjirini amalga oshirish uchun foydalaniladigan tizimlar qaysi?
a) SCM b) MDR c) ERP d) a,b e) a,c
5. BPMning to’liq shakli qaysi javobda to’g’ri?
a) Business Process Management
b) Business Prime Management
c) Business Pocket Management
d) Business Popular Management

Xulosa
Ushbu labaratoriya ishida menejment sohasida ya’ni ish boshqarish faoliyatini olib borishda qilinishi kerak bo’lgan, qilinsa foydali bo’ladigan tizimlarni o’rgandim. Yangi zamonayiv texnalogiyalar va mexanizimlar kundan kunga yangilanib yaxshilanib borayatgan bir payitda kerakli tarmoqlarini bilib oldim, masalam logistika sohasini.

Foydalangan adabiyotlar:


  • Menejment soxasida AKT sillabus



  • https://fayllar.org/menejment-axborot-tizimlari-reja-menejmentda-axborot-tushuncha.html

Topshirdi: Alisher Sobirjonov


Qabul qildi: Z. Komilova
Yüklə 23,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə