Laboratoriy ishlari


-tajriba. Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri



Yüklə 436,5 Kb.
səhifə11/19
tarix07.04.2023
ölçüsü436,5 Kb.
#104523
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Laboratoriy ishlari uzb

2-tajriba. Kimyoviy reaksiya tezligiga temperaturaning ta’siri
Asbob va reaktivlar: sekundomer, stakanlar (200 ml), suv hammomi, termometr, 2 n H2SO4 eritmalari.
Ish tartibi. Ikkita probirka olib, birinchisiga 2 ml 2n Na2S2O3, ikkinchisiga shuncha 2n H2SO4 eritmasidan oling va har ikkalasini xona temperaturasida turgan stakanli suvga tushuring. Suvning xaroratini termometr bilan o’lchang. So’ngra probirkalarni suvli stakandan olib, tezda aralashtiring va yana suvga tushurib, sekundamer yordamida loyqalanish vaqtini aniqlang.
Shunday boshqa yana ikkita probirka olib, yuqorida keltirilgan hajimda H2SO4 va Na2S2O3 eritmalaridan olib, temperaturani dastlabkisidan 100C ga oshirib, tajribani takrorlang.
Reaksiyaning shartli tezligini hisoblab toping.
Topshiriqlar:
1. Tajriba natijalari asosida reaksiyanig shartili tezligini hisoblab toping.
2. Absissa o’qiga tajriba vaqtidagi temperaturalar (t0C; t+100; t- 200), ordinota o’qiga reaksiya tezligiga qo’yib grafik tuzing.
3. Tajriba natijalari asosida reaksia tezligiga temperatura ta’sirini izoxlang.
3-tajriba. Kimyoviy muvozanatning siljishi
Reaktivlar: FeCl3 va NH4CNS ning suyultirilgan va to’yingan eritmalari, KCl (yoki NH4CI ) kristallari.
Ish tartibi. Stakanga 10 ml dan temir (III) xlorid va ammoniy rodanidlarning suyultirilgn eritmalarini solib, aralashtiring. Xosil bo’lga qo’ng’ir–qizil rangli eritmani to’rtta probirkaga (5mldan ) teng bo’ling. Birinchi probirkaga temir (III)-xloridning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi, ikkinchisiga NH4CNS ning to’yingan eritmasidan 2-3 tomchi, uchinchisiga esa ozgina KCI yoki NH4CI kristallaridan soling va probirkalarni yahshilab aralashtiring. Uchta probirkalardagi eritmalarning rangini to’rtinchi probirkadagi etalon eritmaning rangi bilan solishtiring.
Tajriba natijalarini quyidagi jadval shaklida yozish mumkin.


Yüklə 436,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə