Laboratoriya mashg’ulotlari materiallari 1 Laboratoriya ishi Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash. Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish (er modeli). Ishdan maqsad



Yüklə 10,55 Mb.
səhifə11/25
tarix05.01.2023
ölçüsü10,55 Mb.
#98248
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
amaliy laboratoriya (4)

Nazorat savollari

  1. Ma`lumotlar bazasi bilan aloqa bog`lashda qaysi komponentalardan foydalaniladi?

  2. ADO komponentalar bo`limida qanday komponentalar mavjud?

  3. ADOConnect komponentasi nima vazifani bajaradi?

  4. ADOQuery komponentasi xususiyatlari haqida ma`lumot bering.

  5. DataSource komponentasi vazifasi.

  6. DBGrid qanday komponenta?

  7. Oracle bilan bog`lanishda C++ning o`ziga xos xususiyatlari nimada?

  8. Oracle bilan bog`lanishda server nomiga nima yoziladi?

  9. Kompilyatsiya jarayoni qanday amalga oshiriladi?

  10. Qanday komponentalar forma osti komponentalari hisoblanadi?

8 Laboratoriya ishi
Mavzu: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish


Ishdan maqsad: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirishni o`rganish va ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: C++ dasturlash tilining ma`lumotlar bazasi bilan ishlashga mo`ljallangan komponentalardan foydalanib ma`lumotlar bazasiga ma`lumotlarni kiritish, o`zgartirish va o`chirish amallarini bajarish. Bu amallarni DBNavigator komponentasi va so`rovlar orqali hosil qilish maqsadga muvofiqdir.
Uslubiy ko`rsatmalar: C++ da ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish uchun kerakli komponentalarni ishga tushirish zarur. Bu komponentalarni asosini 7 laboratoriyada ko`rilgan komponentalar tashkil qiladi. Bu laboratoriya mashg`uloti yuqoridagi laboratoriya mashg`uloti davomi sifatida qaraladi. ADO va ODBC dan foydalanib qatorlarga ma’lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirishni tashkil qilish uchun birinchi navbatda BDNavigator komponentasi ishga tushuriladi(Boshqa asosiy komponentalar 7 loboratoriyada ishlatilgan. Bu uning davomi sifatida ishlatiladi).

8.1. rasm C++ Builder 6 dasturining komponentalari
8.1 rasmda ko`rsatilgan komponentalardan foydalanib interfeys orqali ma`lumotlar bazasiga ma`lumot kiritish, o`zgartirish va o`chirish amallari bajariladi.
Birinchi navbatda DBNavigator komponentasidan foydalanib ma`lumotlar ustida amallar bajarishni ko`rib chiqamiz. DBNavigator komponentasi Data Control komponentalar bo`limida joylashgan.

8.2. rasm. Dastur oynasi
8.2. rasmda interfeys keltirilgan bo`lib, unda DBNavigator komponentasi ishga tushirilgan. U komponentani o`lchamlarini o`zgartirish imkoniyati mavjud. Ma`lumotlar ustida amallar bajarish uchun DBNavigator komponentasining DataSource komponentasi DataSource komponentasi nomiga moslashtiriladi (8.3.rasm).

8.3. rasm. DBNavigator xususiyati
8.3. rasmda DBNavigator komponentasining xususiyatlari keltirilgan. Bu xususiyatlar orqali komponentani o`lchamlarini o`zgartirish, formada joylashgan o`rnini aniqlash, datasourceni tanlash kabi xususiyatlarini ko`rish mumkin.
Barcha sozlamalarni o`rnatib bo`lgandan keyin loyixa ishga tushiriladi va DBNavigator bilan Data Source bog`langanligi tekshirib ko`riladi (8.4. rasm).

8.4. rasm. Loyixaning kompilyatsiya jarayoni
Interfeys orqali ma`lumotlar ustida amal bajarish uchun boshqa usullardan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun Edit va Button komponentalaridan foydalaniladi. Qidirilayotgan mahsulot nomi Editda yoziladi va Button orqali qidiruvni amalga oshirishni ko`rib chiqamiz.

8.5. rasm. Edit va Button komponentasidan foydalanish
8.5. rasmda ko`rsatilgan Button komponentasi ustiga sichqonchani chap tugmasi ikki marta bosiladi va dasturning kod qismiga o`tiladi. Button komponentasining kod qismiga o`tilgandan keyin quyidagi C++ operatorlari ketma ketligi yoziladi.

Yüklə 10,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə