Landshaftli yer tuzish


 Tuprog‘i eroziyaga xavfli mintaqalarda tadbirlarni qo‘llash orqali olinadigan



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/44
tarix28.03.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#103337
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
hD2aYa4YrplmKAfPTdcAz7xM5qDqcIrmwHa84vTj

4.4. Tuprog‘i eroziyaga xavfli mintaqalarda tadbirlarni qo‘llash orqali olinadigan 
iqtisodiy samarani tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimini aniqlash 
Xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalarida belgilangan eroziyaga qarshi tadbirlar 
o‘ziga quyidagi turlardagi mulohaza choralarini oladi: tashkiliy-xo‘jalik, agrotexnik, 
o‘rmon meliorativ va gidrotexnik. 
Mulohazalanayotgan hududda ko‘rsatilgan kompleksning barcha elementlari bir-
birlari bilan to‘ldirilishi kerak. Masalan, ekin maydonlarining har xil tarkibi, aliashlab 
ekishlarning har xil turlari har xil eroziyaga qarshi agrotexnikani talab etadi. Agar 
bahorgi qor erishi davrida ko‘p yillik o‘tlar va kuzgi g‘alla ekinlarining eroziyaga 
qarshiligini yerlarni (tirmalash) hisobiga oshirish mumkin bo‘lsa, shudgorda esa 
tuproqqa chuqur ishlov berish, mikrolimanlar qurish, egtlash va sh.o‘. talab etiladi. 
Meliorativ va gidrotexnik tadbirlar kapital xarajatlar talab etganligi uchun ularni 
iqtisodiy asoslash, kapital xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini baholashni taqoza 
etadi. Bundan tashqari, ayrim tadbirlar samaradorligi xo‘jalik bo‘yicha hududni 
eroziyaga qarshi tashkil etishni baholash bilan boylanadi. 
Iqtisodiy hisoblashlarda qo‘shimcha quyidagi ko‘satgichlardan foydalaniladi: 
-
yerlarni oldi olingan yuvilishi; 
-
eroziya jarayonlarining to‘xtashi, namlanish jarayonlarining yaxshilanishi, qulay 
mikroiqlim yaratilishi hisobiga qiyaliklarda mahsulot yetishtirishning ko‘payishi; 


84 
-
eroziyaga qarshi tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha 
xarajatlar. 
Tashkiliy-xo‘jalik choralari orasida asosiy o‘rinni, almashlab ekishlar egallaydi. 
Tuproqning suv eroziyasi rivojlvngvn tumanlarda o‘rta va kuchla darajada yuvilgan 
uchastkalardagi tuproqni himoyalovchi almashlab ekishlrni asoslash masalasi kelib 
chiqadi. Ularning asosiy maqsadi – eroziya jarayonlarining oldini olish va tuproq 
hosildorligini tiklash.
Tuproqni himoya qiluvchi almashlab ekishlarni iqtisodiy asoslashda ikkita asosiy 
ko‘rsatkichdan foydalaniladi: 
-
har xil darajada yuvilgan uchastkalarda ekinlarning joylashtirishini hisobga olgan 
holda aniqlanadigan dehqonchilik mahsulotlari qiymati; 
-
yuvilgan tuproqdagi ozuqa moddalari o‘rnini qoplash uchun zarur qo‘shimcha 
o‘g‘itlar miqdorini sotib olish va yerga solish uchun yerga xarajatlar. 
Dehqonchilik mahsulotlarining qiymatini hisoblashda qishloq xo‘jalik ekinlariga, 
ularning hosildorligiga ta’sir etadigan tuproq eroziyasining ta’siri har xil bo‘lishini 
hisobga olish kerak. Masalan, kuzgi javdvr hosildorligi o‘rtacha yuvilgan tuproqlarda 
yuvilmagan tuproqlarga nisbatan 35-45% pasaysa, qand lavlagisiniki – 50-60%, ko‘p 
yillik o‘talrniki esa 5-10% pasayadi. Bu ma’lumotlar ayrim mintaqalarning 
xususiyatlarini hisbga olgan holda belgilanadi. 
O‘g‘itlarni sotib olish va tuproqqa solish xarajatlarini aniqlash uchun 
boshlang‘ich asos, yuviladigan tuproqlarning hisoblangan hajmi hisoblanadi. U erigan 
qor va kuchli yomg‘ir suvlarining oqishi natijasida qishloq xo‘jalik ekinlari tagidagi 
eroziyaga uchrash xavfi har xil darajadagi yerlardan yuvilgan tuproqlar hajmidan (M
K

tashkil topadi va quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi:
 
 
 
M
k
 = K
K
 M
bunda M – eroziyaga uchrash xavfi bor yerlarning har xil toifalarida, ekin 
ekilmaganda (shudgor) erigan qor va kuchli yomg‘ir suvlari ta’sirida yuvilgan 
tuproqlar (1 ga t); 
K
k
– almashlab ekish hududining o‘rtacha nishabligi hisobga oladigan 
ekinlarning eroziya xavfi koeffitsienti. 
Bahor davrida (mart-may) tuproqni erigan suvlar yuvib ketishidan faqat kuzgi 
g‘alla ekinlari va ko‘p yillik o‘tlar himoyalaydi, shuning uchun shudgordagi tuproq 
yuvilishi, shudgorlanib ekilmay qoldirilgan yerdagidek bo‘ladi. Yoz davrida hamma 
ekinlar tuproqni eroziyadan saqlaydi. Eroziya xavfi har xil toifadagi yerlarda ekinlar 
tagadagi tuproqlarning yil davomida yuvilishi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida 
almashlab ekish hududi bo‘yicha yuvilishning o‘rtacha qiymati aniqlanadi. 
Yuviladigan ozuqa moddalarini tiklash uchun organik va mineral (ma’danli) 
o‘g‘itlarning qo‘shimcha miqdorini tuproqqa solish kerak. Shuning uchun azot, fosfor 


85 
va kaliy moddalarining yuvilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘g‘itlarning aniq turlari 
bo‘yicha (sul’fat ammoniy, superfosfat, kaliy tuzi) qayta hisoblanadi va ularni 
tuproqqa solish xaratlarini hisobga olgan holda baholanadi. 
Aytaylik, 1700 ga haydalma yerga ega almashlab tashkil etishning ikki yechimi 
ishlangan. Birinchisi 10 dalali almashlab ekishni joriy etishni ko‘zda tutadi. Ikkinchi 
yechim ikkita almashlab ekishni o‘z ichiga oladi, shu jumladan: 5 dalali tuproqni 
himoya qiluvchi almashlab ekishi, maydoni 500 ga (1-3 dalalar ko‘p yillik o‘tlar; 4 – 
kuzgi g‘alla; 5 – bahorgi donli ekinlar) va 8 dalali dala almashlab ekish, maydoni 1200 
ga (1 dala – shudgor; 2 – kuzgi g‘alla; 3 – qand lavlagisi; 4 – bahorga g‘alla; 5 – 
dukkaklilar; 6 – kuzgi g‘alla; 7 – silos uchun makkajo‘xori; 8 – bahorgi g‘alla).
12-jadval 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə