Laos davlatlari xo’jaligi ga iqsodiy qiyosiy tavsif



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/8
tarix26.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#88022
1   2   3   4   5   6   7   8
Vetnam va Laos davlatlari xo(3)

Tabiati


Laos, asosan, togʻli mamlakat. Laosning shimoliy oʻrtacha balandlikdagi togʻ tizmalari va platodan iborat. Trannin togʻligida Laosdagi eng baland choʻqqi — Bia togʻi (2820 m) joylashgan. Mamlakat sharqida Annam togʻining Chiongshon tizmasi, janubda Boloven platosi bor. Mamlakat gʻarbi va janubi-gʻarbi allyuvial tuproqli pasttekislikdan iborat. Relyefning karst shakllari tarqalgan. Laosda temir rudasi, qalay, oltin, rangli va noyob metallar, koʻmir, kaliy tuzi, chaqmoqtosh konlari mavjud.
Iqlimi subekvatorial, mussonli. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolda 15° dan janubda 23°gacha, iyulniki 28—30°. Togʻlarida juda sovuq boʻlib turadi. Yillik yogʻin togʻlarda 3000 mm gacha, platoda 1600 mm. Noyabr—aprel quruq mavsum, may — oktabr namgarchilik mavsumi hisoblanadi. Yirik daryosi — Mekong; uning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Falokatli suv toshqinlari boʻlib turadi. Tuproqlari, asosan, togʻ laterit tuproqlar. Laos hududining 2/3 qismi oʻrmon (tik, bambuk, dub, qaragʻay, pushti, qora va sandal daraxtlari). Plato va vodiylarida savanna. Hayvonot dunyosi boy: fil, yoʻlbars, ayiq va boshqa uchraydi. Maymunlar, sudralib yuruvchilardan ilon, kaltakesak, timsoh koʻp. Xilma xil qushlar, koʻrshapalaklar yashaydi.

2.3.Aholisi va mehnat resurslari
Laos aholisi asosiy aholisi lao (70%); shuningdek kxmu, meo, yao va boshqa xalqlar — xitoylar, vyetnamlar, hindlar va boshqa yashaydi.
Rasmiy til — lao (laos) tili. Aholisining koʻpchiligi buddaviylikka, qolganlari anʼanaviy mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Aholisining 19% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Vyentyan, Savannakxet, Luang-prabang, Pakse, Thaqxek.
Qishloq xoʻjaligi
L aos — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 53%, sanoat va qurilishning ulushi — 17%. Asosiy tabiiy boyliklari — qimmatbaho yogʻochli oʻrmon va gidroenergiya resurslari. Yiliga 828 mln. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi.
Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi (ekinzorning 90%). Makkajoʻxori, paxta, kofe, soya, banan, ananas, sitrus mevalar, kartoshka, sabzavot, shakarqamish, tamaki, ziravor ham yetishtiriladi.
Chorvachiligida qoramol, buyvol, qoʻy, choʻchqa va boshqa boqiladi. Daryolarida baliq ovlanadi. Sanoatida konchilik ustun. Laos sanoati qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydigan kichik korxonalardan iborat. Metall buyumlari fabrikasi, taʼmirlash ustaxonalari, yogʻochsozlik va toʻqimachilik korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 14,1 ming km.Tashqi savdo uchun yuklar tashiladi. Yuklarning aksariyati Mekong daryosida tashiladi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə