Laos davlatlari xo’jaligi ga iqsodiy qiyosiy tavsif


Maydoni: 331 210 kv.km. Aholisi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə3/8
tarix26.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#88022
1   2   3   4   5   6   7   8
Vetnam va Laos davlatlari xo(3)

Maydoni: 331 210 kv.km.
Aholisi: 91 millonga yaqin. Aholi soni boʻyicha dunyoda 14-oʻrinda turadi.
Poytaxti: Hanoy shahri.
Tuzumi: bir partiyali unitar sotsialistik respublika.
Davlat boshligʻi: prezident.
Maʼmuriy tuzilishi: 58 ta viloyat va markazga boʻysunuvchi 5 ta shahardan iborat.
Yirik shaharlari: Hoshimin, Hanoy.
Pul birligi: dong.




Geografik oʻrni. Janubi-sharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarimorolida joylashgan. Gʻarbda Laos va Kamboja, shimolda Xitoy bilan chegaradosh, sharqiy va janubiy chegaralarini Janubi-Xitoy dengizi yuvib turadi.
Mamlakat hududining sakson foizdan ortiqroq qismini past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar egallagan. Eng yuqori choʻqqi Fanshipan togʻida – 3143 metr. Janubi-sharqiy Osiyodagi eng katta va sersuv daryolar Hongha va Mekong shu mamlakatda joylashgan, Janubi-Xitoy dengiziga quyiladi.
Vyetnam subekvatorial mussonli iqlim hududida joylashgan. Biroq shimoldan janubga tomon uzoqlashgan sari iqlim sharoitlari oʻzgarib boradi. Qish janubda issiq kechadi, oʻrtacha harorat 26 daraja. Shimolda esa sovuqroq – 15 daraja, hatto Xitoydan sovuq havo oqimlari kirib kelgan paytda harorat 1 darajaga tushib ketishi mumkin. Bir yarim ming metrdan ortiqroq balandlikdagi togʻ hududlarida ayoz kuzatiladi. Yogʻin-sochin ham hududlarga koʻra har xil. Qish janubda quruq, shimolda nam, yozda esa musson yomgʻirlari butun mamlakat boʻylab yogʻadi. Yoz oxiri – kuz boshlarida Vyetnamning sohilboʻyi yerlariga kuchli quyun shamollar – tayfunlar “bostirib kiradi”. Togʻlarning shamolga yonbagʻirlariga yiliga 2500-3000 mm, shamolga terskari yonbagʻirlariga esa 700-900 mm yogʻin tushadi.
Iqtisodi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2010 yili 276,6 millard dollarni tashkil etgan.
Ishchi kuchining 52 foizi qishloq xoʻjaligida band. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 21 fozini taʼminlaydi. Asosan guruch, qahva, kauchukli ekinlar, paxta, choy, qalampir, soya, banan yetishtiriladi. Choy paykallarining umumiy maydoni 131 ming gektar atrofida. Tarmoq yiliga 150 milyon dollarga yaqin daromad keltiradi, uning 70 foizi eksort hisobidan. Parrandachilik; baliq va boshqa dengiz neʼmatlaridan foydalanish rivojlangan. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash, kiyim va poyabzal tikish, neft qazib olish, kemasozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan sanoat tarmogʻida ishchi kuchining 15 foizi mehnat qiladi. Bu soha hissasiga yalpi ichki mahsulotning 40 foizi toʻgʻri keladi. Xizmatlar sohasi bilan esa ishchi kuchining 33 foizi mashgʻul. Bu tarmoq yalpi ichki mahsulotning 39 foizini taʼminlaydi.
Xalqaro qahva tashkiloti maʼlumotiga koʻra, 2012 yilning birinchi yarmida Vyetnam qahva yetishtirish boʻyicha Braziliyani 13 foizga ortda qoldirdi va tarixda ilk bor eng yirik eksportchiga aylandi.
Vyetnam asosan neft xomashyosi, dengiz mahsulotlari, guruch, qahva, kauchuk, choy, ustkiyim va oyoqkiyim sotadi. Asosiy xaridorlari – AQSH, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya va Germaniya. Chetdan esa sanoat mahsuslotlari, neft mahsulotlari, oʻgʻit, gʻalla, paxta, semon va motosikllar sotib oladi. Asosiy taʼminotchilari – Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya, Tayland va AQSH.
Vyetnam iqtisodiyoti taraqqiyotiga AQSH qoʻygan va Sobiq Ittifoqning qattiqqoʻl vasiylik siyosati koʻp yillar toʻsqinlik qilib keldi. Amerika chet el mollari savdosiga qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, sovetlar mamlakatga xorij sarm sarmoyalarihaqidagi qonunni qabul qildi. Kafolatlash oʻzlashtirilmasligi belgilab qoʻyildi. Vyetnamga birinchi boʻlib Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, jumladan, Janubiy Koreya va Avstraliya kompaniyalari kirib keldi. Soʻngra bunday sarmoyadorlar safi kengayib bordi. 1997 yili esa parlament barcha viloyat va tumanlarga tashqi savdoni erkin yuritish imkonini berdi.
Mamlakat 2007 yili Butun dunyo savdo tashkilotiga qoʻshildi.
Aholisi. Vyetnam aholisining 85,7 foizi viyetlardan iborat. Shuningdek taylar (1,9 foiz), txaylar (1,8 foiz), mionglar (1,5 foiz), kxmerlar, myaolar (1,2 foiz), nunglar (1,1 foiz) va boshqa xalqlar vakillari ham yashaydi.
Rasmiy til – viyet tili. Aholining maʼlum bir qismi ingliz, fransuz va xitoy tillarida soʻzlasha oladi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə