Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə63/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Iste′molchi talabi

























































































































Funksional talab
















Nofunksional talab






































































Iqtisodiy ne′mat-












Ijtimoiy






Spekulyativ




Noratsional


ga xos bo`lgan






































iste′mol






































xususiyatlari




Ko`pchilik-






Snob





Veblen











ta′sirida shaklla-




ka ergashish






samarasi






samarasi












nadigan talab






samarasi




































































6.5-rasm. X. Leybenstayn bo`yicha iste′molchi talabining turkumlanishi12
Funksional talab iqtisodiy ne′matning o`ziga (tovar yoki xizmat turiga) xos bo`lgan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi.
Nofunksional talab iqtisodiy ne′matga xos bo`lmagan iste′mol xususiyatlari ta′sirida shakllanadi. Unga ijtimoiy, spekulyativ va noratsional omillarni kiritish mumkin.
Ijtomoiy omillar iste′molchilarning ne′matga bo`lgan munosabati bilan uzviy bog`liqlikka ega. Ayrim iste′molchilar ko`pchilikka taqlid qilishni yoqtiradi va ko`pchilik nimani xarid qilsa, o`shani olishni ma′qul ko`radi. Ikkinchi turdagi iste′molchilar boshqalardan ajralib turishni xohlashadi va nihoyat yana bir toifasi yuqori darajadagi turmush farovonligi ta′sirida obru-e′tibor talab namoyishkorona iste′molni xush ko`radi. Shundan kelib chiqib amerikalik iqtisodchi X. Leybenstayn ijtimoiy omillar ta′sirida shakllanadigan talabni uch toifaga ajratgan:


  1. Ko`pchilikka ergashish samarasida iste′molchi atrofdagilar va modadan ortda qolmaslikka tirishib, ko`pchilik nimani ma′qul ko`rsa shuni


12 Нуриев Р. . Курс микроэкономики: учебник/ 2-е изд. – .: Норма, 2012. – с. 125.
asosida tuzilgan.

105
xarid qilishga moyil bo`ladi. Bunda uning xaridga oid hatti-harakati boshqalarning fikriga bevosita bog`liq bo`lib qoladi. Ko`pchilikka ergashish samarasi deganda iste′molchining umum qabul qilingan normalar ta′sirida ko`pchilik xarid qiladigan ne′matlarga talabini oshishi bilan bog`liq samara tushuniladi. Bunda talab elastikligi yuqori va talab chizig`i yotiq bo`ladi.





  1. Snob samarasida iste′molchining atrofdagilardan ajralib turishga ishtiyoqi baland boladi. Bu yerda ham uning tanlovi atrofdagilar hatti-harakatiga bog`liq, ammo bu teskari bog`liqlik. Snob samarasi boshqa insonlar shu ne′matni iste′mol qilishi ta′sirida talabda yuz beradigan teskari o`zgarishni ifodalaydi. Ya′ni, agar atrofdagilar shu ne′matga talab hajmini oshirsa, snob uni qisqartiradi yoki umuman iste′moldan voz kechadi. Snob samarasida talab elastikligi past bo`ladi.



  1. Veblen samarasi (T. Veblen nomidan olingan) obru-e′tibor ketidan quvib unutilmas taassurot qoldirish maqsadini ko`zlovchi namoyishkorona iste′molni nazarda tutadi. Bunda tovarning narxi ikki qismdan: real narx va obru keltiruvchi narxdan tashkil topadi. Veblen samarasi tovarning narxi qimmatligi tufayli iste′molchi talabining oshishi bilan bog`liq samarani aks ettiradi. Snob va Veblen samaralarining asosuy farqi shundaki, agar snob samarasida muayyan tovarga talab boshqalarning shu tovarni iste′mol qilish hajmiga bo`g`liq holda o`zgarsa, Veblen samarasida talab tovar narxining qimmat yoki arzonligiga qarab o`zgaradi.

Ne′matga xos xususiyatlardan xoli bo`lgan nofunksional talabga yana spekulyativ va noratsional talablar kiradi.

Spekulyativ talab inflyatsion kutishlar yuqori bo`lgan jamiyatlarda, kelgusida narxlarning oshib ketish xavfi joriy davrda qo`shimcha talab va iste′mol hajmini yuzaga keltirishi bilan izohlanadi.
Noratsional talab esa oldindan rejalashtirilmagan, lahzalik xohish, kayfiyatning o`zgarishi kabi omillar ta′sirida to`satdan paydo bo`ladi va u iste′molchining odatdagi turmush tarziga mos kelmaydi.

6.3. Iste′molchining afzal ko`rishi qoidalari
Iste′molchining eng yaxshi iste′mol ne′matlar majmuini tanlashini, ne′matlar turi ikkita bo`lgan hol uchun qaraymiz. Umuman olganda bu tahlilni keskin darajada cheklamaydi. Haqiqatdan ham iste′molchi tanlovini berilgan ne′mat bilan boshqa qolgan barcha ne′matlar o`rtasida
106


TU f ( X1, X 2 )
qarasak ham bo`ladi. Ikkita ne′mat uchun naflilik funksiyasi quyidagi ko`rinishga ega (6.6-rasm).

TU


TU2
TU1

A
B


X2




C


TU f ( X1, X 2 )






B1


0


A1










C1




X1
6.6-rasm. Ikki o`zgaruvchili naflilik funksiyasi grafigi
Yuqoridagi rasmda keltirilgan naflilik funksiyasining

grafigida funksiyaning TU1 va TU2 qiymatlariga to`g`ri keluvchi chiziqlar keltirilgan. Masalan, ABC chizig`i naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga mos keladi va shu ABC chiziqning har bir nuqtasiga mos keluvchi X1 va X2 ne′matlar miqdori kombinatsiyalari bir xil darajadagi naflilik TU1 ni ta′minlaydi. Grafikdagi ABC chiziqning X10X2 tekislikdagi proeksiyasi A1B1C1 egri chiziq naflilik funksiyasining TU1 qiymatiga to`g`ri keluvchi befarqlik egri chizig`i deyiladi. Naflilik funksiyasining TU1 va TU2 qiymatlariga mos keluvchi befarqlik chiziqlari quyidagi ko`rinishga ega (6.7-rasm). X2


TU2
TU1
0

X1
6.7-rasm. Befarqlik egri chiziqlari
107

Befarqlik egri chizig`i - bu iste′molchi uchun bir xil naf beruvchi ne′matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi (6.8-rasm). Faraz qilaylik, X1 - gamburger, X2 - fanta ichimligi.

X2


  1. A


2 B


0 1 2 X1
6.8-rasm. Gamburger va fanta ichimligi uchun befarqlik egri chizig`i
6.8-rasmdagi grafikda bitta gamburger bilan uchta fanta ichimligi (A nuqta) beradigan naf, 2 ta gamburger bilan 2 ta fanta ichimligi (B nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig`i bir xil naf beradigan
gamburger va fanta ichimliklari kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalardan iborat. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini hosil qiladi (6.9-rasm).
X2
TU3
TU2
TU1
0

X1
6.9-rasm. Befarqlik egri chiziqlari kartasi
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflilik shuncha yuqori bo`ladi: Masalan, 6.9-rasmdagi befarqlik egri chiziqlari joylashuviga ko`ra TU3TU2TU1 deb yozish mumkin.
108
Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosishi zonasi. Ne′matlarning bir-birini o`rnini bosish zonasi deb - bir ne′matni ikkinchi ne′mat bilan samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi (6.10-rasm).
X2

K V
F W


0 N L X1
6.10-rasm. Ne′matlarni bir-biri bilan almashtirish zonasi
Rasmdagi ON ga teng bo`lgan X1 ne′matning miqdori iste′molchi uchun shunday zaruriy minimal miqdor hisoblanadiki, u ushbu miqdordagi ne′matning o`rniga X2 ne′matdan qancha ko`p taklif qilinmasin voz kecha olmaydi. Xuddi shunday OF miqdorga teng bo`lgan X2 ne′matning miqdori ham iste′molchi uchun zaruriy minimal miqdor hisoblanadi. X1 va X2 ne′matlarning o`zaro almashish sohasi bo`lib VW oraliq hisoblanadi. Bu oraliqda, bu ikki ne′matning bir-biri bilan almashtirish mazmunga ega.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə