Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Tavakkalchilikni o`lchash



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə73/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Tavakkalchilikni o`lchash. Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga bo`ladi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki o`ynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol bo`lishi mumkin.
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya′ni faraz qilish yo`li orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to`g`risida statistik ma′lumotlar yo`q. Ehtimol sub′ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta′sir qiluvchi tasodifiy omillar ko`p va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning o`zini yo`qligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni ob′ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol sub′ektiv ehtimol bo`lib, biznesga xosdir. Ham ob′ektiv va ham sub′ektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Ob′ektiv ehtimol o`rtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, sub′ektiv ehtimol olinishi mumkin bo`lgan natijalarning o`zgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo`lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak bo`ladi.
130
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki o`lchovi.

n

E( X ) 1 х1 2 х2   n xn   i xi ,

i 1
Bu yerda: xi - mumkin bo`lgan natija; i - ushbu natijaning paydo


n
bo`lish ehtimoli, i 1 .


  1. 1


Masalan, firma yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar firmaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyani 10000 so`mdan sotish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 1000 so`m olinadi. Firma mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng bo`lsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:

E( X ) 100000,6 0,4 1000 6400 so`m/aksiya.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə