|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
|
səhifə | 123/193 | tarix | 17.12.2023 | ölçüsü | 2,71 Mb. | | #149778 |
| Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)P
D1 D2 S1
-
0 Q1 Q2 Q
13.10-rasm. Xarajatlari kamayuvchi tarmoqning uzoq muddatli taklif chizig`i (SL)
Natijada tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig`i unga pastga tomon yotiq bo`ladi.
Tarmoq kengayganda, uning xarajatlarni kamaytirish imkoniyati ham keng bo`ladi. Masalan, yirik tarmoqda transport tizimini samarali tashkil qilish evaziga xarajatlar kamayishi mumkin, yirik tarmoqda resurslardan ham optimal foydalanish imkoniyati tug`iladi (masshtab samarasi) bu ham pirovardda mahsulot narxini pasaytirishga olib kelishi mumkin. O`rtacha xarajatning va tovar narxining pasayishi kengayayotgan tarmoqni yangi muvozanat nuqtaga olib keladi (13.10-rasmda E2 nuqta).
Umumlashtirib ta′kidlash mumkinki, alohida firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati o`rtacha xarajati minimal bo`lib, nolga teng bo`lgan iqtisodiy foyda olish bilan tavsiflanadi. Bu, ya′ni PE min( ATC) bo`lishi yana shundan darak beradiki, iste′molchi o`zi talab qilgan hajmdagi mahsulotni mavjud xarajatlar imkoni darajasidagi eng minimal narxda sotib oladi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, raqobatlashgan bozor samarali ishlab chiqarishni ta′minlaydi.
233
Dostları ilə paylaş: |
|
|